Jabbarova Aziza Shixnazarovnaning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Integrativ yondashuv asosida boshlang‘ich sinflarda xalq og‘zaki ijodi namunalarini o‘qitish metodikasini takomillashtirish” 13.00.02 – ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Ped4999
Ilmiy rahbar: Xaitov Xamza Ahmadovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti, PhD. 03/2025.27.12.Ped.08.04
Rasmiy opponentlar: Rajabov To‘xtasin Ibodovich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Adizova Nigora Baxtiyorovna pedagogika fanlari doktori (DSc), professor
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat pedagogika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi integrativ yondashuv asosida boshlang‘ich sinflarda xalq og‘zaki ijodi namunalarini o‘qitish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xalq og‘zaki ijodining falsafiy-pedagogik mohiyati boshlang‘ich ta’limdagi darsliklar mazmuniga singdirilgan folklor janrlarini o‘quvchilarining ma’naviy-axloqiy shakllanishi va emotsional intellektini rivojlantirishga yo‘naltirilgan “qadriyat – tushuncha – obraz – xulq” tizimli zanjiri hamda ularning hissiy-psixologik, ijodiy-pedagogik va faoliyatli-didaktik imkoniyatlari integrativ ta’lim kontekstida ochib berilgan;
boshlang‘ich ta’limda integrativ yondashuvning didaktik tamoyillari "ona tili – o‘qish savodxonligi – musiqa madaniyati – tasviriy san’at – tarbiya – tabiiy fanlar" o‘zaro aloqadorligi negizida xalq og‘zaki ijodi materiallaridan foydalanish bosqichlari multidissiplinar – interdissiplinar – transdissiplinar integratsiya darajalariga mos keluvchi didaktik mexanizmlar tasniflangan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yosh-psixologik xususiyatlari 1–4-sinflar kesimida folklor janrlarini tabaqalashtirishning didaktik mezonlarini (yosh mosligi, qiziqish darajasi, kognitiv yuklama, til-nutq imkoniyati, qadriyatiy mazmun) o‘quvchilarning rivojlanish darajasini aniqlashga xizmat qiluvchi kognitiv, aksiologik va pragmatik ko‘rsatkichlarni e’tiborga olish orqali takomillashtirilgan;
xalq og‘zaki ijodi namunalarini integrativ o‘qitishning pedagogik modeli aksiologik, qadriyatli, tizimli-faoliyatli va rivojlantiruvchi komponentlarni ijodkorlik, tanqidiy fikrlash va refleksivlik tamoyillariga ustuvorlik berish asosida loyiha, ijodiy mashqlar, folklor-ustaxona, ertak-inssenirovka kabi texnologiyalarning bosqichli qo‘llanilish mexanizmlarini kiritish orqali takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Integrativ yondashuv asosida boshlang‘ich sinflarda xalq og‘zaki ijodi namunalarini o‘qitishni metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
xalq og‘zaki ijodining falsafiy-pedagogik mohiyati boshlang‘ich ta’limdagi darsliklar mazmuniga singdirilgan folklor janrlarini o‘quvchilarining ma’naviy-axloqiy shakllanishi va emotsional intellektini rivojlantirishga yo‘naltirilgan “qadriyat – tushuncha – obraz – xulq” tizimli zanjiri hamda ularning hissiy-psixologik, ijodiy-pedagogik va faoliyatli-didaktik imkoniyatlari integrativ ta’lim kontekstida ochib berilgan taklif va tavsiyalardan “ona tili o‘qitish metodikasi” nomli darslik mazmunini boyitishda foydalanilgan. (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 4-martdagi 55-son buyrug‘i asosida berilgan 912221-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari, yosh mutaxassislar, pedagogika oliy o‘quv yurti talabalari, malaka oshirish kurslari tinglovchilarining xalq og‘zaki ijodini o‘rgatish mahoratini muayyan darajada oshirishga erishilgan;
boshlang‘ich ta’limda integrativ yondashuvning didaktik tamoyillari "ona tili – o‘qish savodxonligi – musiqa madaniyati – tasviriy san’at – tarbiya – tabiiy fanlar" o‘zaro aloqadorligi negizida xalq og‘zaki ijodi materiallaridan foydalanish bosqichlari multidissiplinar – interdissiplinar – transdissiplinar integratsiya darajalariga mos keluvchi didaktik mexanizmlar tasniflangan tavsiyalar asosida ijodiy mashq loyihalarining mazmunini boyitishda foydalanildi. (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 9-sentyabr 11-05-4700/04- son dalolatnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining shaxsiy hamda hayotiy funksional kompetensiyalarini rivojlantirish tizimini metodik takomillashtirishga yo‘naltirilgan takliflaridan xalq og‘zaki ijodi janrlarini tanlashning didaktik talablarini modernizatsiyalash imkoni kengaytirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yosh-psixologik xususiyatlari 1–4-sinflar kesimida folklor janrlarini tabaqalashtirishning didaktik mezonlarini (yosh mosligi, qiziqish darajasi, kognitiv yuklama, til-nutq imkoniyati, qadriyatiy mazmun) o‘quvchilarning rivojlanish darajasini aniqlashga xizmat qiluvchi kognitiv, aksiologik va pragmatik ko‘rsatkichlarni e’tiborga olish orqali takomillashtirilgan taklif va tavsiyalari asosida maqolalar to‘plami mazmuni boyitildi. (Qori Niyoziy nomidagi tarbiya pedagogikasi milliy institutining 2024-yil 24-sentyabrdagi 01/15-09/40-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida xalq og‘zaki ijodini integrativ tashkil etish orqali o‘quvchilar savodxonligi, shaxsiy sifatlari va ularni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash tizimini mazmunan boyitilishiga erishilgan;
xalq og‘zaki ijodi namunalarini integrativ o‘qitishning pedagogik modeli aksiologik, qadriyatli, tizimli-faoliyatli va rivojlantiruvchi komponentlarni ijodkorlik, tanqidiy fikrlash va refleksivlik tamoyillariga ustuvorlik berish asosida loyiha, ijodiy mashqlar, folklor-ustaxona, ertak-inssenirovka kabi texnologiyalarning bosqichli qo‘llanilish mexanizmlarini kiritish orqali takomillashtirilgan tavsiyalar asosida “ona tili-o‘qish savodxonligi va uni o‘qitish metodikasi” o‘quv qo‘llanmasi mazmuni boyitilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 09-iyuldagi 258-son buyrug‘i asosida berilgan 161160 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, kichik yoshdagi o‘quvchilarning xalq og‘zaki ijodini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishiga imkoniyat kengaygan.