Rajabov Tolib Toshtemir o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumot. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘simliklarni o‘sishini jadallashtiruvchi va suv resurslarini tejovchi biogidrogel yaratish”, 03.00.12 - Biotexnologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 2025.1.PhD/V1421.
Ilmiy rahbar: Tashmuxamedova Shoxista Sabirovna, biologiya fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.B.08.09.
Rasmiy opponentlar: Nasmetova Saodat Mamajanovna, biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Qo‘shiev Habibjon Hojiboboevich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tarkibida uzoq muddat suv saqlaydigan, tuproqlarni ifloslantirmaydigan va shu bilan birga immobillangan mikroorganizm hujayralari asosida sho‘rlangan tuproqlarda ham o‘simlik ildizini turli makro va mikroelementlar bilan ta’minlaydigan biogidrogellarni sintez qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor KMS asosida tuproqlarni ifloslantirmaydigan, oson parchalanadigan va bo‘kish yordamida tarkibida uzoq muddat suv saqlaydigan biogidrogel sintez qilish sharoitlari aniqlangan;
sintezlangan biogidrogellarni fizik-kimyoviy xususiyatlari jihatdan samaradorligi eng yuqori bo‘lganlari ajratilgan;
ilk bor sho‘rlangan tuproqlarda o‘simlik ildizini turli makro va mikroelementlar bilan ta’minlaydigan biogidrogellarga bakteriya hujayralari immobillangan;
tarkibida mikroorganizm hujayralarini tutgan biogidrogellar sho‘rlangan tuproqlarda qo‘llanilganda, tuproqda namlikni uzoq muddat saqlashi va o‘simliklarni sug‘orishda suv sarfi kamaytirishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tarkibida uzoq muddat suvni saqlaydigan, tuproqlarni ifloslantirmaydigan va shu bilan birga immobillangan mikroorganizm hujayralari asosida sho‘rlangan tuproqlarda ham o‘simlik ildizini turli makro va mikroelementlar bilan ta’minlaydigan biogidrogellarni sintez qilish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
o‘simliklarni o‘sishini jadallashtiruvchi va suv resurslarini tejovchi TERIA-S bakteriyalarini o‘zida saqlagan biogidrogel Surxondaryo viloyatidagi “Qiziriq Davlat O‘rmon xo‘jaligi” amaliyotiga joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi kengashining 2025-yil 25 - mart 03-03/1-03/3-2882-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Ferula tadshikorum dorivor o‘simligi urug‘larining unuvchanligi oshib, ildiz tizimi faol rivojlanishi rag‘batlantirilishi orqali o‘simliklarning fosfor, kaliy, kalsiy, kremniy, oltingugurt, azot hamda boshqa zarur makro va mikroelementlar bilan oziqlanishi yaxshilanadi, biogidrogelning suvni saqlash xususiyati esa ularning namlikka bo‘lgan ehtiyojini qondirib, o‘sish-rivojlanish jarayonlarini jadallashtiradi hamda hosildorlik va dorivor mahsulot sifatining oshishiga xizmat qilgan;
KMS asosida tuproqni ifloslantirmaydigan, oson parchalanadigan va suvni uzoq vaqt o‘zida saqlaydigan biogidrogellar bilan inkapsullangan Ferula tadshikorum dorivor o‘simligining urug‘lari “Boysun Davlat O‘rmon xo‘jaligi”da amaliyotga joriy qilingan. (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi kengashining 2025-yil 25 - mart 03-03/1-03/3-2882-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, sellyuloza chiqindilarini modifikatsiyalash asosida yaratilgan biogidrogellar bilan inkapsullangan Ferula tadshikorum dorivor o‘simligi urug‘larining unib chiqish ko‘rsatkichini 40–45 foizdan 70–75 foizgacha oshirish imkonini bergan.