Karlibaeva Baxtigul Perdebaevnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Orol dengizi Artemia partenogenetica sistasidan ajratib olingan xitin asosida xitozan va uning hosilalarini olish usullarini ishlab chiqish”, 02.00.10 – Bioorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/K1085.
Ilmiy rahbar: Berdimbetova Gulsara Esenovna, kimyo fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.K.10.06.
Rasmiy opponentlar: Matchanov Alimjon Davlatboevich, kimyo fanlari doktori, professor; Jalolov Iqboljon Jamolovich, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: Artemia partenogenetica sifatsiz sistalaridan xitin asosida xitozan va uning hosilalarini olish hamda ularning fizik-kimyoviy xossalari va biologik faolliklarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Orol dengizining Artemia parthenogenetica sifatsiz sistalaridan xitin va xitozan olish uchun xom ashyo sifatida foydalanish imkoniyati asoslanib, ularning organoleptik, biometrik va fizik-kimyoviy xususiyatlari hamda xitinning kul miqdori xom ashyoning tozalanish darajasiga bog‘liqligi isbotlangan;
xitin va xitozan olishning maqbul sharoitlari aniqlanib, DP–DM–DK–DA ketma-ketligining yuqori samaradorligi asoslangan, oqsil va mineral aralashmalarni samarali ajratib olishda oldindan maydalangan sistalardan foydalanish afzalligi hamda oraliq xitin ajratib olmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xitozan olish imkoniyati ishlab chiqilgan;
birinchi marotaba xitozanning amfifil hosilalari - N-oleoil- va N-setilxitozanlar sintez qilingan, tuzilishi va fizik-kimyoviy xossalari aniqlangan;
KMXT, KMXZ va SXZ sintez qilingan, molekulyar-massaviy xarakteristikalarini tahlil qilishda 0,1M NaNO₃ eritmasi optimal elyuent ekanligi ilmiy jihatdan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Orol dengizi Artemia parthenogenetica sifatli va sifatsiz sistalarining organoleptik, kimyoviy va fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Artemia parthenogenetica sifatsiz sistalaridan xitin/xitozan olish uchun istiqbolli xom ashyo sifatida foydalanish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar “OROL ARTEMIYa SANOAT” MChJ amaliyotiga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2023-yil 6-sentyabrdagi 01/18-2-658-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, sanoatda xitin va xitozanni xom ashyo sifatida olish imkonini bergan;
Artemia parthenogenetica sistalaridan “Karboksimetilxitini sintez qilish usuli” foydali modelga patent olingan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining №FAP2482 raqamli patenti). Natijada, xitin asosida karboksimetilxitin sintez qilish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish