Ayubov Mirzakamol Sobitjonovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda tarqalgan SARS-CoV-2 shtammlarining to‘liq genomlarini sekvenslash, ishonchli mutatsiyalarni aniqlash va vaksina uchun platforma yaratish », 03.00.14 – Genomika, proteomika va bioinformatika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.DSc/V297.
Ilmiy maslahatchi: Bo‘riev Zabardast Tojiboevich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Genomika va bioinformatika markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti, DSc.05/2025.27.12.B.24.01.
Rasmiy opponentlar: Adilov Bahtiyor Shuxratovich, biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Muhamedov Rustam Sultanovich, biologiya fanlari doktori, professor; Sasmakov Sobirdjan Anarmatovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Oʼzbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston hududida SARS-CoV-2 virusi bilan zararlangan bemorlardan olingan namunalar asosida virus genomining molekulyar-genetik xususiyatlarini, uning mutatsion o‘zgarishlarini aniqlash hamda olingan natijalar asosida potensial vaksina vektori yaratishda foydalanish imkoniyatlarini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor, O‘zbekiston hududida tarqalgan SARS-CoV-2 virus namunalari Toshkent viloyati epidemiologiya markazi hamda BiogenMed xususiy klinikasidan yig‘ilib, ulardan virus RNKsi ajratib olinib, amplikon sekvenslash uchun kutubxonalar tayyorlandi hamda bu mahalliy virus izolyatlarining to‘liq genomik tahlilini amalga oshirish mumkinligini asoslangan;
Ion Torrent S5 genom sekvenatori yordamida yuzdan ortiq SARS-CoV-2 virusining to‘liq genom sekvensi amalga oshirilib, genom tarkibidagi noyob mutatsiyalar identifikatsiya qilindi, xalqaro ma’lumotlar bazalari bilan qiyosiy tahlil natijasida O‘zbekistonda tarqalgan virus variantlarining molekulyar-genetik o‘ziga xosligi va filogenetik mansubligi aniqlangan;
genomik tahlillar asosida L452R, T478K hamda E156_R158delinsG mutatsiyalari aniqlanib, ushbu o‘zgarishlarning spike oqsilining RBD va NTD hududlarida virusning ACE2 reseptori bilan bog‘lanish affiniteti, transmissivligi va immun tizimdan qochish xususiyatlari bilan bog‘liqligi isbotlangan;
virus genomlaridagi I82T, D63G, R203M, D377Y, S202N va RG203KR kabi mutatsion kombinatsiyalar identifikatsiya qilinib, ularning SARS-CoV-2 virusining evolyusiyasi, genetik diversifikatsiyasi hamda epidemiologik moslashuvchanligi bilan bog‘liqligi aniqlangan;
aniqlangan noyob mutatsiyalar asosida SARS-CoV-2 virusining spike S1 genining immunogen NTD va RBD hududlari tanlab olinib, Saccharomyces cerevisiae ekspressiya tizimi uchun genetik konstruksiya yaratildi, rekombinant spike oqsili ekspressiyasi ta’minlanib, mahalliy virus izolyatlariga mos rekombinant vaksina platformasini yaratish mumkinligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda tarqalgan SARS-CoV-2 shtammlarining to‘liq genomlarini sekvenslash, ishonchli mutatsiyalarni aniqlash va vaksina uchun platforma yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
O‘zbekistonda tarqalgan SARS-CoV-2 virusining Uxan, Alpha va Delta variantlariga mansub genomlari to‘liq sekvenslanib, ularning nukleotid ketma-ketliklari xalqaro National Center for Biotechnology Information (NCBI) hamda Global Initiative on Sharing All Influenza Data (GISAID) ma’lumotlar bazalarida rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilgan (identifikatsiya raqamlari: MW853569.1–MW853559.1; EPI_ISL_1402423–EPI_ISL_1477049; EPI_ISL_3668627–EPI_ISL_3673673). Natijada, mazkur genomik ma’lumotlarning xalqaro ma’lumotlar bazalariga kiritilishi O‘zbekiston hududida aylanayotgan virus variantlari bo‘yicha global genomik monitoring tizimini boyitish bilan birga, mahalliy virus izolyatlariga asoslangan profilaktik biotexnologik ishlanmalarni yaratish uchun muhim amaliy manba bo‘lib xizmat qilgan;
SARS-CoV-2 virus genomlaridagi noyob mutatsiyalar hamda ularning bioinformatik tavsiflari haqidagi ilmiy asoslangan xulosalar yuqori impakt faktorga ega bo‘lgan xalqaro jurnallarda chop etilgan maqolalarda havolalar keltirilgan (PLOS ONE, 2022, DOI: 10.1371/journal.pone.0276171 – Scopus/Web of Science IF–2.6; Viruses, 2022, Volume 14, Issue 11, DOI: 10.3390/v14112375 – Scopus/Web of Science IF–3.5; Frontiers in Medicine, 2025, DOI: 10.3389/fmed.2025.1615467 – Scopus/Web of Science IF–3.0). Natijada, mazkur bioinformatik yondashuv virus genomlarini tezkor, ishonchli va qulay tahlil qilish imkonini yaratib, SARS-CoV-2 hamda boshqa virus genomlarini molekulyar-genetik tadqiq etish, qiyosiy genomik tahlillarni amalga oshirish va virus evolyusiyasini baholash ilmiy asoslarni shakllantirish imkonini bergan;
SARS-CoV-2 genomlarini assembly qilish, annotatsiyalash, mutatsiyalarni aniqlash hamda filogenetik tahlilni qisqa muddatda amalga oshirish imkonini beruvchi soddalashtirilgan bioinformatik tahlil algoritmi Ilg‘or texnologiyalar markazining SARS-CoV-2 bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarida foydalanilmoqda (Fanlar akademiyasining 2026 yil 9 yanvardagi  4/1255-59-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, genomik, bioinformatik va biotexnologik yondashuvlarni birlashtirgan ushbu platforma mahalliy virus shtammlariga mos vaksina nomzodlarini yaratish, import o‘rnini bosuvchi biotexnologik preparatlar ishlab chiqish hamda rekombinant oqsilga asoslangan profilaktik vositalarni yaratish bo‘yicha keyingi ilmiy-amaliy tadqiqotlar uchun muhim asos bo‘lib xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish