Turdiev Shoxjaxon Shermamat o‘g‘li ning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Geologik va gidrodinamik modellarni aniqlashtirish asosida olinishi qiyin bO‘lgan zaxiralarga ega neft konlarini ishlash samaradorligini oshirish (Sherkent neftgazkondensat koni misolida)”, 04.00.13 – Neft va gaz konlarini o‘zlashtirish hamda ishlatish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/T5617.
Ilmiy rahbar: Nazarov Azizbek Ulug‘bekovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami:  “O‘ZLITINEFTGAZ” AJ, DSc.36/2025.27.12.T.01.01.
Rasmiy opponentlar: Shevsov Vladimir Mixaylovich, texnika fanlari doktori, professor; Axmedov Mirzaanvar Moxidjonovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ishlashning so‘nggi bosqichda bo‘lgan konning geologik va gidrodinamik modelini yaratish, aniqlashtirish hamda qazib olish samaradorligini oshirish texnologiyasini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jami olingan neft va suyuqlik bog‘liqligini korrelyasion tahlil qilib mahsuldor qatlamning turli qismlarini gidrodinamik bog‘liqlik darajasi isbotlangan;
Sherkent neft-gaz konining geologik-fizik sharoitlarida neft olish oraliqlariga ozod gazni va ostki suvlarni yorib chiqish va quduqlarni ishlash muddatlarini qisqarishiga mahsuldor gorizontlarni katta teshish oraliqlari va qatlamlarga yuqori depressiya berilishi sabab ekanligi isbotlangan.
uglevodorod konlarining loyihaviy va amaliy ishlash ko‘rsatkichlarini farq qilishiga uyumlarning geologik-fizik sharoitlari va ishlatish ko‘rsatkichlarini xususiyatlovchi ajratmalar guruhlardagi omillarning turli darajada ta’sir etishi isbotlangan;
Buxoro-Xiva regioni mahsuldor gorizontlari sharoitlari uchun neft olishni jadallashtirish va chiqarib olish koeffisientini oshirishning yangi texnologiyalarni samarali qo‘llash geologik-fizik va texnologik me’yorlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Geologik va gidrodinamik modellarni aniqlashtirish asosida olinishi qiyin bO‘lgan zaxiralarga ega neft konlarini ishlash samaradorligini oshirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijlari asosida:
yon stvolni kesish orqali yuqori texnologik kapital ta’mirlashni o‘tkazish va ishga tushirish bo‘yicha tavsiyanoma “SANEG” MChJ XK Sherkent koni g‘arbiy gumbazining drenajlanmaydigan zonasidagi 14-sonli quduqda amaliyotga joriy etilgan (("SANEG" MChJ XKning 2025 yil 18 noyabrdagi 002-0750-2462-2025-sonli ma’lumotnoma). Natijada, qazib olinayotgan mahsulotning suvlanganligi 71% bo‘lganda, sutkalik neft debiti 6,5 tonnani tashkil etish imkonini bergan;
tugatilgan va harakatsiz quduqlarni ishga tushirish bo‘yicha tavsiyanoma"SANEG" MChJ XKning Sherkent konida joriy etilgan ("SANEG" MChJ XKning 2025 yil 18 noyabrdagi 002-0750-2462-2025-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, 1, 2M, 3M, 4, 8, 12-sonli quduqlarda yon stvol o‘yish orqali yuqori texnologiyali mukammal ta’mirlash ishlari o‘tkazilgach, har bir quduqdan olinadigan sutkalik neft debiti 3,8 tonnani tashkil etish va xarajatlar bir yil muddatda qoplash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish