Xabibov Faxriddin Yusupovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘simlik moyi missellasini ko‘p pog‘onali purkash usulida yakuniy distillyasiyalash jarayonini va apparatini takomillashtirish», 02.00.16–Kimyo texnologiyasi va oziq-ovqat ishlab chiqarish jarayonlari va apparatlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/T653.
Ilmiy rahbar: Narziev Mirzo Saidovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti huzuridagi DSc.27.06.2017.T.04.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Gulyamov Shuxrat Mannapovich, texnika fanlari doktori, professor; Yunusov Ismat Inog‘omovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: «Yogʻ-moy sanoati korxonalari uyushmasi».
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘simlik moyi missellasini ko‘p pog‘onali purkash asosida yakuniy distillyasiyalash jarayonini va apparatini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fazalarning to‘liq aralashuvini ta’minlaydigan injektor tipidagi purkagichdan foydalanib, o‘simlik moyi missellasini ochiq bug‘ kinetik energiyasi hisobidan so‘rilishi va tomchilar hosil qilib harakatlanishi natijasida fazalararo modda almashinuv jarayonini olib borish vaqtining kamayishi, fazalararo modda almashinish yuzasining oshishi asoslangan;
o‘simlik moyi missellasini yakuniy distillyasiyalash jarayonining uzluksiz texnologik rejimlari va ko‘p bosqichli purkash asosida ishlaydigan yakuniy distillyasiyalash apparati o‘lchamlari ishlab chiqilgan;
o‘simlik moyi missellasini ko‘p pog‘onali purkashning yangi konstruksiyali apparatda missella tomchilarining o‘lchamlari va parametrlari aniqlangan;
o‘simlik moyi missellasini ko‘p pog‘onali purkash asosida yakuniy distillyasiyalash jarayonini texnologik parametrlarining maqbul qiymatlari aniqlangan;
o‘simlik moyi missellasini ko‘p pog‘onali sachratish asosida yakuniy distillyasiyalash jarayoni va apparati takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘simlik moyi missellasini ko‘p pog‘onali yakuniy distillyasiyalash texnologik jarayonini va apparatini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘simlik moyi missellasini ko‘p pog‘onali purkash usulida ishlaydigan yakuniy distillyasiyalash apparati Buxoro viloyati «Mexanika zavodi»da amaliyotga joriy etilgan («Yogʻ-moy sanoati korxonalari uyushmasi»ning 2019 yil 18 iyundagi GP/3-718-son ma’lumotnomasi). Natijada, konstruksiyasining oddiyligi, energiya tejamkorligini ta’minlash va ochiq suv bug‘i sarfini 2 barobarga kamaytirish (0,6 dan 0,3 t/t) imkonini bergan;
ko‘p bosqichli o‘simlik moyi missellasini yakuniy distillyasiyalash apparati «Evrosnar» MChJ va «Rizqu Tojir» XKda amaliyotga joriy etilgan («Yogʻ-moy sanoati korxonalari uyushmasi»ning 2019 yil 18 iyundagi GP/3-718-son ma’lumotnomasi). Natijada, jarayonni ikki barobarga jadallashtirish hamda o‘simlik moyi missellasining yakuniy distillyasiyalash qurilmasida bo‘lish vaqtini 1,5–2 barobarga qisqartirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish