Xomidov Mirodiljon Xasanboy o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Sanoat korxonalari kooperatsiyasini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish”; 08.00.03 – “Sanoat iqtisodiyoti”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Iqt4898
Ilmiy rahbar: Turg‘unov Muxriddin Mo‘ydinjon o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc). 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat texnika universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Andijon Davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.I.60.03 Raqamli ilmiy kengash  asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Abdujabbor iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Qodirov Sardorbek Isroiljon o‘g‘li iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD).
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mamlakatimizda avtomobilsozlik korxonalari faoliyatida sanoat kooperatsiyasini tashkil etish va rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
avtomobilsozlik korxonalarida sanoat kooperatsiyasidan foydalanish samaradorligini “past” - (1≤Kef≤25), “quyi-o‘rta” - (1≤Kef≤25), “o‘rta-yuqori” - (1≤Kef≤25), “yuqori” (1≤Kef≤25) kabi mezonlari asosida baholash taklif etilgan;
avtomobilsozlik sanoatida sanoat kooperatsiyasini huquqiy, tashkiliy-boshqaruv, iqtisodiy, axborot kooperatsiyasi yordamida tizimlashtirish asosida avtomobilsozlik korxonalari uchun takomillashgan sanoat kooperatsiyasini tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi ishlab chiqilgan;
avtomobilsozlik sanoati korxonalarida sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishning tahlil, tayyorgarlik, sinov tariqasida joriy etish hamda kooperatsiyani kengaytirish va takomillashtirish bosqichlariga asoslangan ko‘p variantli ssenariylari ishlab chiqilib, ular asosida korxonalar faoliyatini rivojlantirish taklif etilgan;
avtomobilsozlik korxonlarida sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishni hisobga olgan holda ko‘p omilli ARIMA modeli asosida avtomobilsozlik tarmog‘ining yalpi mahsuloti hajmini 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sanoat korxonalari kooperatsiyasini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish mavzusidagi bo‘yicha yozilgan dissertatsiyasini bajarish jarayonida ishlab chiqilgan ilmiy natijalari bo‘yicha ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar asosida quyidagi ishlar amalga oshirildi:
avtomobilsozlik korxonalarida sanoat kooperatsiyasidan foydalanish samaradorligini “past” - (1≤Kef≤25), “quyi-o‘rta” - (1≤Kef≤25), “o‘rta-yuqori” - (1≤Kef≤25), “yuqori” (1≤Kef≤25) kabi mezonlari asosida baholash taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi PF-37-son “O‘zbekiston-2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmoni bilan tasdiqlangan Davlat dasturining 19-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2025-yil 18-iyundagi № 04-07-27-6367-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida avtomobilsozlik korxonalari faoliyatida sanoat kooperatsiyasidan foydalanish  darajasini baholash aniqligi ortgan;
avtomobilsozlik sanoatida sanoat kooperatsiyasini huquqiy, tashkiliy-boshqaruv, iqtisodiy, axborot kooperatsiyasi yordamida tizimlashtirish asosida avtomobilsozlik korxonalari uchun takomillashgan sanoat kooperatsiyasini tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi ishlab chiqish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 4-fevraldagi PF-17-son “Mahalliy ishlab chiqarish va sanoat kooperatsiyasini yangi tizim asosida rivojlantirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonining IV bo‘lim 7-bandining ’v’ kichik bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2025-yil 18-iyundagi №04-07-27-6367-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida avtomobilsozlik sanoati korxonalarida huquqiy, boshqaruv va tashkiliy, iqtisodiy hamda axborot jarayonlarni muvofiqlashtirish yordamida sanoat kooperatsiyasini amalga oshirishda jarayonlar ketma-ketligini ta’minlash imkoniyati kengaygan;
avtomobilsozlik sanoati korxonalarida sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishning tahlil, tayyorgarlik, sinov tariqasida joriy etish hamda kooperatsiyani kengaytirish va takomillashtirish bosqichlariga asoslangan ko‘p variantli ssenariylari ishlab chiqilib, ular asosida korxonalar faoliyatini rivojlantirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-16-son “O‘zbekiston - 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili’da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmoni bilan tasdiqlangan Davlat dasturining 76-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2025-yil 18-iyundagi № 04-07-27-6367-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi avtomobilsozlik korxonalarining iqtisodiy - texnologik salohiyatini oshirish, moliyaviy barqarorlikni ta’minlash strategiyasini shakllantirishga xizmat qilgan;
avtomobilsozlik korxonlarida sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishni hisobga olgan holda ko‘p omilli ARIMA modeli asosida avtomobilsozlik tarmog‘ining yalpi mahsuloti hajmini 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi PF-37-son “O‘zbekiston-2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmoni bilan tasdiqlangan davlat dasturining 47-maqsadi doirasidagi 7-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2025-yil 18-iyundagi № 04-07-27-6367-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida avtomobilsozlik sanoati korxonalari o‘rtasida kooperatsion faoliyati uchun o‘rta va uzoq  muddatli davrga maqsadli ko‘rsatkichlarini shakllantirish aniqligi 3-5 foizga ortgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish