Xodjabaev Farxod Davlatbaevichning falsafa doktori (PhD) 
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalarning ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlash tillariga oid Kompetentligini rivojlantirishda aralash ta’lim texnologiyasidan foydalanish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ped6626
Ilmiy rahbar: Mirsanov Uralboy Muxammadievich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/2025.27.12.T.09.06 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Hamidov Jalil Abdurasulovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Yusupov Ozod Rabbimovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Talabalarning ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlash tillariga oid Kompetentligini rivojlantirishda aralash ta’lim texnologiyasidan foydalanish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlash tillariga oid mantiqiy, algoritmik fikrlashini va Kompetentligini rivojlantirishning intellektual faoliyat bosqichlari, tayyorgarlik darajalari aralash ta’limning yuzma-yuz olib boruvchi, rotatsion, moslashuvchan, boyitilgan virtual ta’lim modellaridan hamda muammoli, veb-kvest, guruhli, loyihalash texnologiyalari, keys metodi va ta’lim muhitlaridan foydalanishga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalarida ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlash tillaridan mashg‘ulotlarning o‘quv-tashkiliy tuzilmasi, aralash ta’limning yuzma-yuz olib boruvchi, rotatsion, moslashuvchan modellari va muammoli, guruhli, loyihalash texnologiyalarini integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlash tillaridan laboratoriya mashg‘ulotlarini tashkil etish bosqichlari, aralash ta’limning moslashuvchan modeli va talabalarning vizual loyihalar tayyorlashga oid Kompetentligini rivojlantirish texnologiyasi, kichik guruhlarda ishlash, loyihalash texnologiyalari va virtual muhitlar asosida takomillashtirilgan;
talabalarning ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlash tillariga doir mustaqil ta’limini tashkil etishning pedagogik tuzilmasi ikki bosqichli (vizual, frilanserlik) topshiriqlar hamda aralash ta’lim texnologiyasining o‘z-o‘zidan aralashgan modeli mazmunini ochib berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarning ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlash tillariga oid Kompetentligini rivojlantirishda aralash ta’lim texnologiyasidan foydalanish metodikasini takomillashtirishga oid ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
talabalarning ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlash tillariga oid mantiqiy, algoritmik fikrlashini va Kompetentligini rivojlantirishning intellektual faoliyat bosqichlari, tayyorgarlik darajalari aralash ta’limning yuzma-yuz olib boruvchi, rotatsion, moslashuvchan, boyitilgan virtual ta’lim modellaridan hamda muammoli, veb-kvest, guruhli, loyihalash texnologiyalari, keys metodi va ta’lim muhitlaridan foydalanishga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirish hamda oliy ta’lim muassasalarida ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlash tillaridan mashg‘ulotlarning o‘quv-tashkiliy tuzilmasi, aralash ta’limning yuzma-yuz olib boruvchi, rotatsion, moslashuvchan modellari va muammoli, guruhli, loyihalash texnologiyalari integratsiyalash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Zamonaviy dasturlash tillari” nomli darslikning mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-sentyabrdagi 438-son buyrug‘i, 923361-raqamli guvohnomasi). Natijada, talabalarning ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlashga oid Kompetentligini rivojlantirishga erishilgan;
ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlash tillaridan laboratoriya mashg‘ulotlarini tashkil etish bosqichlari aralash ta’limning moslashuvchan modeli va talabalarning vizual loyihalar tayyorlashga oid Kompetentligini rivojlantirish texnologiyasi, kichik guruhlarda ishlash, loyihalash texnologiyalari va virtual muhitlari asosida takomillashtirishga oid takliflar “Dasturlash tillari” nomli o‘quv qo‘llanmaning mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 14-apreldagi 136-son buyrug‘i, 747314-raqamli guvohnomasi). Natijada, ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlash tillaridan laboratoriya mashg‘ulotlarining tashkiliy bosqichlarini takomillashtirishga va talabalarning virtual muhitda loyihalash Kompetentligini rivojlantirishga xizmat qilgan;
talabalarning ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlash tillariga doir mustaqil ta’limini tashkil etishning pedagogik tuzilmasi ikki bosqichli (vizual,  frilanserlik) topshiriqlar hamda aralash ta’lim texnologiyasining o‘z-o‘zidan aralashgan modeli mazmunini ochib berish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Kompyuter grafikasi va vizuallashtirish” nomli o‘quv qo‘llanmaning mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 14-apreldagi 136-son buyrug‘i, 149677-raqamli guvohnomasi). Natijada, talabalarning ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlash tillaridan mustaqil ta’limini tashkil etish tizimi takomillashtirilgan;
tadqiqot doirasida talabalarning ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlash tillaridan Kompetentligini rivojlantirish uchun ishlab chiqilgan metodikaning samaradorligini aniqlash maqsadida o‘tkazilgan tajriba-sinov natijalariga ko‘ra, tajriba guruhining ko‘rsatkichi nazorat guruhiga nisbatan 11,1 foizga yuqori ekanligi aniqlandi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish