Azamatova Gulnoza Sunnatovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Nemis va o‘zbek tillarida son kategoriyasining qiyosiy tahlili”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Fil3815
Ilmiy rahbar: Mirzaev Ibodulla Kamolovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/2025.27.12.Fil.37.02
Rasmiy opponentlar: Begmatov Muxtor Begmatovich, filologiya fanlari nomzodi, professor; Ro‘ziev Yarash Bozorovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi nemis va o‘zbek tillaridagi son kategoriyasining tahlili, ularning oʻziga xosliklari va farqlarini ochib berishdan iborat, bu esa lingvistik bilimlarni kengaytirish va qiyosiy lingvistika sohasiga yangi yondashuvlarni taklif qilishni koʻzda tutadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek tilining agglutinativ va nemis tilining flektiv xususiyatlari hisobga olingan holda, ushbu tadqiqotda son kategoriyasining morfologik, leksik va sintaktik usullari qiyosiy-lingvistik yondashuv asosida tizimli ravishda dalillangan;
o‘zbek tilidagi “bir” va nemis tilidagi “ein” birliklarining artikl, olmosh, son va uslubiy ko‘makchi sifatidagi grammatik-semantik vazifalarining tahlili asosida, ularning kontekstga ko‘ra ma’no o‘zgarishi va frazeologik birliklar tarkibidagi o‘ziga xos jihatlari ilmiy asoslangan;
son birliklarining nemis va o‘zbek tillarida frazeologik vosita sifatida ishlatilish xususiyatlari qiyosiy tadqiqi asosida, ularning milliy-madaniy tafakkurda obraz yaratishdagi roli, metaforik yuklamasi hamda nutqdagi funksional ko‘lami aniqlangan;
nemis va o‘zbek tillarida numeralizatsiya hamda denumeralizatsiya hodisalarining lingvistik transformatsiya orqali amalga oshish mexanizmlari farqlanib, bu tilning morfologik tipiga bevosita bog‘liqligi ilmiy jihatdan dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot jarayonida ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
o‘zbek tilining agglutinativ va nemis tilining flektiv xususiyatlari hisobga olingan holda, son kategoriyasining morfologik, leksik va sintaktik darajadagi ifodalanish usullarining qiyosiy-lingvistik tahlili materiallar asosidagi xulosalardan O‘zRFA QQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan 2017-2020-yillarda bajarilgan FZ-2016-0908165532 raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” mavzusida bajarilgan fundamental loyihada foydalanilgan (T.N.Qori Niyoziy nomidagi Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filiali 2024-yil 9-iyuldagi 284/1-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, fundamental loyiha doirasida tayyorlangan metodologik yondashuvlar asosida son kategoriyasning morfologik, qiyosiy, umumiy-leksik tizimdagi o‘rnini belgilash matn va tilshunoslik haqidagi olib borilgan tadqiqotlarning ilmiy saviyasini oshirishga yordam bergan;
o‘zbek tilidagi “bir” va nemis tilidagi “ein” birliklarining artikl, olmosh, son va uslubiy ko‘makchi sifatidagi grammatik-semantik vazifalari tahlil qilinib, ularning kontekstga ko‘ra ma’no o‘zgarishi va frazeologik birliklar tarkibidagi o‘ziga xos jihatlari ilmiy asoslanganligi haqidagi xulosalardan 2024-yillarda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Bedorlik”, “Ijod zavqi”, “Taʼlim va taraqqiyot”, “Millat va maʼnaviyat” eshittirishlari navbatdagi sonining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat muassasining 2024-yil 20-yanvardagi 26-36-938-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu radioeshittirish mazmunan takomillashtirilib, ilmiy ma’lumotlar bilan boyitilishiga erishilgan. Dissertatsiyada ilgari surilgan muhim ilmiy-ijodiy ahamiyatga ega bo‘lgan taklif va tavsiyalardan teleradiokompaniyaning ko‘rsatuv va eshittirishlarini tayyorlashga xizmat qilgan;
son birliklarining nemis va o‘zbek tillarida frazeologik vosita sifatida ishlatilish xususiyatlari qiyosiy tahlil qilinib, ularning milliy-madaniy tafakkurdagi obraz yaratishdagi roli, metaforik yuklamasi hamda nutqdagi funksional ko‘lami aniqlanganligi haqidagi xulosalardan Buxoro davlat universitetida amalga oshirilayotgan O‘zbekiston AQSh 2020-2022-yillarga mo‘ljallangan “ACCESS MICROSCHOLORSHIP PROGRAMM” dasturida foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2025-yil 8-sentyabrdagi 06-01-06-57-son ma’lumotnomasi). Natijada, til o‘rganuvchilarning bilimlarini tizimli rivojlantirish, nemis va o‘zbek tillaridagi son kategoriyasining frazeologik vosita sifatiga qo‘llanilishga doir erishilgan ilmiy natijalar ikki mamlakat ma’lumotlar bazasini qiyosiy ishlab chiqish va shakllantirish takomillashtirilgan;
numeralizatsiya va denumeralizatsiya hodisalarining nemis va o‘zbek hodisalarining lingvistik transformatsiya orqali amalga oshish mexanizmlar qo‘llanilishi bo‘yicha tizimlashtirilgan materiallar tarjimasi ilmiy jihatdan yoritilganligi haqidagi xulosalardan 2022-2024-yillarda amalga oshirilgan № IL-402104209 raqamli “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” nomli innovation grant loyihasini amalga oshirishda foydalanildi. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-til 15-martdagi 01/4-948-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha doirasida shakllantirilgan elektron platformada nemis va o‘zbek tillarida son kategoriyasini avtomatik tarjima qilinishiga xizmat qiluvchi dasturlar yaratish uchun xizmat qilishga erishilgan.