Muzaffarov Umurbek Umarovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Kimyo sanoati chiqindilaridan metallarni ajratib olish texnologiyasini ishlab chiqish”, 05.02.01– Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/T6167.
Ilmiy rahbar: Xoliqulov Doniyor Baxtiyorovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat texnika universiteti, PhD.03/2025.27.12.T.17.04.
Rasmiy opponentlar: Raxmatov Erkin Abdihafizovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Sharafutdinov Ulugbek Ziyatovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti “MISiS” ning Olmaliq shahridagi filiali.
Dissertatsiya ishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kimyo sanoati chiqindi eritmalarini akrilonitril eritmalari bilan birgalikda neytrallash asosida og‘ir metallarni cho‘ktirish, ekologik xavfsizlikni ta’minlovchi va iqtisodiy samarali texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tarkibida metallar bo‘lgan kislotali va ishqorli chiqindi eritmalarini birgalikda neytrallash va og‘ir metall ionlarini cho‘ktirishni tamoyillari aniqlangan;
“Navoiyazot” AJning AKN ishlab chiqarish sanoati kislotali chiqindilarini pH=8,5–9,2 oralig‘idagi tiomochevina oqova eritmalari ishtirokida mis, temir va rux ionlarining maksimal darajada cho‘kishi isbotlanib, maqbul texnologik sharoitlar aniqlangan;
neytrallash, ozonlash va sementatsiya bosqichlarini ketma-ket qo‘llash orqali chiqindi eritmalardagi og‘ir metall ionlarini 99 % gacha ajratib olish mumkinligi asoslangan;
ozonlash tarkibida temir bo‘lgan eritmani temirdan tozalashning samarali usuli ekanligi va misni sementatsiya usulida ajratib olish uchun kerakli muhitni yaratishi aniqlangan;
kimyo sanoati chiqindilarini zararsiz holga keltiradigan, uni aylanma suv sifatida ishlatish va tarkibida mis bo‘lgan mahsulot olish imkonini beradigan takomillashtirilgan texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Navoiyazot” AJ AKN va tiomochevina ishlab chiqarish sexlari oqova eritmalarini neytrallab cho‘ktirish orqali rangli metallar ajratib olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“Navoiyazot” AJ akril kislotasi nitrili ishlab chiqarish oqova eritmalaridan og‘ir metall ionlarini cho‘ktirish va chiqindi eritmalarni neytrallashga asoslangan ishlab chiqilgan kompleks texnologiya “Navoiyazot” AJning tiomochevina ishlab chiqarish va akril kislotasi nitrili ishlab chiqarish sexlarida amaliyotga joriy etilgan (“Navoiyazot” AJning 2025 yil 19 dekabrdagi 03/1295-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mis, temir va rux ionlarining cho‘kish darajasi 98–99 % gacha oshirilgan, chiqindi eritmalarning pH ko‘rsatkichi 9,2 bo‘lganda og‘ir metallarning maksimal cho‘kishi aniqlangan, hamda tarkibida 32,9 % mis saqlagan olingan kek metallurgik boyitma sifatida qayta ishlash imkonini bergan;
eritmadan temirni ozonlab cho‘ktirish va eritmani sementatsiyalab, sementlangan mis olish texnologiyasi “Navoiyazot” AJning tiomochevina ishlab chiqarish va akril kislotasi nitrili ishlab chiqarish sexlarida amaliyotga joriy etilgan (“Navoiyazot” AJning 2025 yil 19 dekabrdagi 03/1295-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, eritmaning pH ko‘rsatkichini 3,5 ga tushirib, temir kukuni qo‘llagan holda tarkibida 92 % mis bo‘lgan sement mis olish imkonini bergan;
ishlab chiqarish jarayoni chiqindilarni zararsizlantirishga asoslangan taklif etilgan yangi texnologik sxema “Navoiyazot” AJning tiomochevina ishlab chiqarish va akril kislotasi nitrili ishlab chiqarish sexlarida amaliyotga joriy etilgan (“Navoiyazot” AJning 2025 yil 19 dekabrdagi №03/1295-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, korxonada ekologik xavfsizlik darajasini oshirish, chiqindilarni kamaytirish, ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish hamda resurs tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish