Yaxyaev Abdulla Abdujabborovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i): “O‘zbekiston me’moriy yodgorliklarini ta’mirlash, ularning muhofaza hududini aniqlash amaliyoti va metodologiyasi”, 18.00.01-Arxitektura nazariyasi va tarixi. Arxitektura yodgorliklarini ta’mirlash va tiklash (arxitektura).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.2.DSc/A15.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Ilmiy maslahatchi: Mamatmusaev Toxir Shaydulovich, arxitektura fanlari doktori (DSc), professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti huzuridagi PhD.03/2025.27.12.A.04.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi Bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ziyaev Abdumannop Abduraximovich, arxitektura fanlari doktori, professor; Sultanova Dilshoda Namazovna, arxitektura fanlari doktori, professor; Koshanov Baxitbay Abdikerimovich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi me’moriy yodgorliklarni ta’mirlash usullari va tamoyillarini baholash orqali ularni ta’mirlash, muhofaza hududlarini aniqlash amaliyoti va metodologiyasini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ta’mir loyihalari bir yoki ikki bosqichli tarkibda bo‘lishi, jumladan bir bosqichli ta’mir loyihalari asosan murakkab muammolari mavjud bo‘lmagan, asl holati isbotlangan, texnik holati, me’moriy echimlari muammo tug‘dirmaydigan obidalar uchun, ikki bosqichli ta’mir loyihalari asosan ko‘p qismli, muammoli yodgorliklarni ta’mirlash uchun qo‘llanilishi dalillangan;
me’moriy yodgorliklarning muhofaza maydonlarini ilmiy asosda shakllantirishda har bir madaniy meros ob’ektining o‘ziga xos tarixiy-shaharsozlik, me’moriy, ijtimoiy-iqtisodiy omillarini, ularning muhofaza hududini aniqlashdagi ta’sirini to‘g‘ri baholash va shu hududga mos keladigan samarador faoliyatni belgilash asosida tashkil etish maqsadga muvofiqligi isbotlangan;
madaniy meros ob’ektlarini yangi funksiyalarga moslashtirish loyihalari XX asrning 2-yarmidan boshlanganligi aniqlanib, Buxoro shahridagi Mextar Ambar ko‘chasida joylashgan turar-joy binosi hududidan chiqqan hammomni (XVI asr) konservatsiya qilish hamda arxeologiya muzeyiga aylantirish va atrof hududini mehmonxonaga moslashtirish loyiha taklifi ishlab chiqilgan;
me’moriy yodgorliklarni ta’mirlash metodologiyasi ilmiy - tarihiy yondashuv, konservatsiya (qotirish) yondashuvi, restavratsiya yondashuvi, rekonstruksiya (qayta tiklash)ga cheklangan munosabat, milliy va xalqaro me’yorlar asosida yondashuv, zamonaviy texnologiyalar bilan uyg‘unlashtirish kabi tamoyillarga asoslanganligi isbotlangan;
Surxondaryo viloyatida joylashgan Fayoztepa Kushonlar davri Buddaviylik ehromi (I asr)ni konservatsiya qilish va grafik qayta tiklash, Kampirtepa (II asr) va Eski Termiz shaharlari mudofaa devorlari (X asr)ni yog‘och anker bilan mustahkamlash yordamida qayta tiklash hamda Payg‘ambar orolidagi Zul-Kifl me’moriy majmuasini (XI-XII asr) peshtoq qismini ta’mirlash yuzasidan taklif loyihalari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston me’moriy yodgorliklarini ta’mirlash, ularning muhofaza hududini aniqlash amaliyoti va metodologiyasi mavzusi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ta’mir loyihalari bir yoki ikki bosqichli tarkibda bo‘lishi, jumladan bir bosqichli ta’mir loyihalari asosan murakkab muammolari mavjud bo‘lmagan, asl holati isbotlangan, texnik holati, me’moriy echimlari muammo tug‘dirmaydigan obidalar uchun, ikki bosqichli ta’mir loyihalari asosan ko‘p qismli, muammoli yodgorliklarni ta’mirlash uchun qo‘llanilishi dalillanganligi hamda Buxoro shahrida joylashgan Rashid karvonsaroyida olib borilgan arxeologik qazishmalar, shurf qazish, zondaj ochish ishlari natijasida buzilgan hujralar va xonalar poydevorini qoldiqlari topilib, karvonsaroyning ikkinchi qavatida shurf va zandaj ochish ishlari natijasida buzilib ketgan xujralar devor qoldiqlari aniqlanganligi, shuningdek bosh tarz peshtoqi ikki yonidagi tarz devorlarini yuqori qismi turli yillarda bo‘lib o‘tgan zilzilalar, olib borilgan tuzatish-ta’mir ishlari natijasida karvonsaroy o‘zining dastlabki ko‘rinishini yo‘qotganligi, karvonsaroyni ta’mirlash va moslashtirish loyiha takliflari O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi amaliyotida foydanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2023 yil 03 noyabrdagi 04-08/3990 - son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanilishi hududning turistik salohiyatini oshirish va yangi sayyohlik mashrutlarini shakllantirish imkonini yaratgan;
me’moriy yodgorliklarning muhofaza maydonlarini ilmiy asosda shakllantirishda har bir madaniy meros ob’ektining o‘ziga xos tarixiy-shaharsozlik, me’moriy, ijtimoiy-iqtisodiy omillarini, ularning muhofaza hududini aniqlashdagi ta’sirini to‘g‘ri baholash va shu hududga mos keladigan samarador faoliyatni belgilash asosida tashkil etish maqsadga muvofiqligi isbotlanganligi yuzasidan takliflar Toshkent viloyati Qurilish bosh boshqarmasi faoliyatida foydanilgan (“Toshkentboshplan LITI” DUK ning 2022 yil 01 avgustdagi ShILB-1370-A-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanilishi ziyoratgohning zamon talabi darajasida qayta tiklash imkonini bergan;
madaniy meros ob’ektlarini yangi funksiyalarga moslashtirish loyihalari XX asrning 2-yarmidan boshlanganligi aniqlanib, Buxoro shahridagi Mextar Ambar ko‘chasida joylashgan turar-joy binosi hududidan chiqqan hammomni (XVI asr) konservatsiya qilish hamda arxeologiya muzeyiga aylantirish va atrof hududini mehmonxonaga moslashtirish hamda XVII asrda qurilgan Mag‘oki ko‘rpa masjidini gilam to‘qish korxonasiga, Passaj-2 binosini mehmonxonaga moslashtirish loyiha takliflari O‘zbekiston Respublikasi Madaniy me’ros agentligi faoliyatida foydanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy me’ros agentligining 2022 yil 04 avgustdagi 01-06/2392-son ma’lumotnomasi). Natijada inshootlarning me’moriy kompozision echimini yaqqol tasavvur qilish imkoniyati yaratilgan;
me’moriy yodgorliklarni ta’mirlash metodologiyasi ilmiy - tarihiy yondashuv, konservatsiya (qotirish) yondashuvi, restavratsiya yondashuvi, rekonstruksiya (qayta tiklash)ga cheklangan munosabat, milliy va xalqaro me’yorlar asosida yondashuv, zamonaviy texnologiyalar bilan uyg‘unlashtirish kabi tamoyillarga asoslanganligi isbotlanganligi hamda Buxoro viloyati Turkman madrasasining Bosh tarzini peshtoqi ro‘parasiga an’anaviy uslubda zinapoyalar qilinib, tarzlari bo‘ylab tirgak devorlarini tiklash, shuningdek madrasa binosini bosh tarz peshtoqi, guldastasi, mezana va tarz devorlarini yuqori qismlarini ta’mirlash, madrasani mehmonxonaga moslashtirish bo‘yicha grafik loyiha takliflari O‘zbekiston Respublikasi Madaniy me’ros agentligi faoliyatida foydanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy me’ros agentligining 2022 yil 04 oktyabrdagi 01-05/3118-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanishi hududda qulay imkoniyatlarga ega turistik marshrutlarni tuzish imkoniyatini yaratgan;
Surxondaryo viloyatida joylashgan Kampirtepa qal’a devorining barcha elementlari taklif loyihasini yaratish (devorning pastki qismida tuynuklar qilingan uzun yo‘lak, shifti ravoqli xonalar, qo‘riqchilar yurishi uchun yo‘lakchalar, shinaklar, to‘rt burchak shaklidagi kuzatuv minoralari ishlangan galereya bilan yakunlash) hamda Fayoztepa Kushonlar davri Buddaviylik ehromi (I asr)ni konservatsiya qilish va grafik qayta tiklash, Kampirtepa (II asr) va Eski Termiz shaharlarini xom g‘isht va paxsadan qilingan mudofaa devorlari (X asr)ni yog‘och ankerlar bilan mustahkamlash yordamida qayta tiklash hamda Payg‘ambar orolidagi Zul-Kifl me’moriy majmuasini (XI-XII asr) peshtoq qismini ta’mirlash yuzasidan taklif loyihalari yuzasidan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi faoliyatida foydanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2024 yil 16 senyabrdagi 04-10/3447-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanilishi hududning turistik salohiyatini oshirishda yangi sayyohlik marshrutlarini shakllantirish imkonini bergan.