Xikmatov Ravshan Mansurdjanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, “Neft va gaz sanoati korxonalarining iqtisodiy salohiyatidan foydalanishni takomillashtirish”, ixtisoslik shifri 08.00.03 – “Sanoat iqtisodiyoti”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.2.PhD/Iqt4897
Ilmiy rahbar: iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent Salomova Sarvinoz Salimovna.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.02.05.
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Qosimova Dilorom Sobirovna, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori, Yuldashev Sobir Fayzullaevich.  
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnalogiya instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sanoat korxonalarida iqtisodiy salohiyatni oshirishni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
resurslar samaradorligini oshirishda institusonal, texnologik va iqtisodiy jarayonlarni uyg‘unligi yondashuvi sarflanayotgan resurs hajmi va samaradorligi mutanosibligi, qayta ishlash va energiya tejamkorlikni tizimli integratsiyalash kabilarga ko‘ra taklif etilgan “Resurslarni optimal-lashtirish va aylanma iqtisodyot” (ROAI-M) mexanizmi negizida takomil-lashtirilgan;
iqtisodiy barqarorlik bilan bir qatorda ijtimoiy-ekologik mas’u-liyatni qamrab olishda korxona resurslar qiymati, ESG parametrlari va qiymat zanjiri samaradorligini birlashtirgan holda iqtisodiy salohiyatni endogen tarzda baholash negizida “Integral kompozit model” taklif etilgan;
raqamli platformalarga ko‘ra boshqaruv qarorlarini optimallash-tirishda ishlab chiqarish jarayonining real vaqt rejimidagi nazoratni tashkil qilish, resurs samaradorligida chiqindilar monitoringini RII, QTK, ESN asosida amalga oshirish, investisiya boshqaruvida ssenariyli modellashtirishga ustuvorlik berishga asoslangan “Raqamli birlashuv - tizimli boshkaruv” algoritmi taklif etilgan;
neft va gaz korxonalarining iqtisodiy salohiyatini oshirishning ekonometrik modeli asosida 2030 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Neft-gaz sanoati korxonalarining iqtisodiy salohiyatini oshirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
resurslar samaradorligini oshirishda institusonal, texnologik va iqtisodiy jarayonlarni uyg‘unligi yondashuvi sarflanayotgan resurs hajmi va samaradorligi mutanosibligi, qayta ishlash va energiya tejamkorlikni tizimli integratsiyalash kabilarga ko‘ra taklif etilgan “Resurslarni optimal-lashtirish va aylanma iqtisodyot” (ROAI-M) mexanizmi negizida takomillash-tirish bo‘yicha taklif “O‘zbekneftgaz” AJ faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatining 2026 yil 16 martdagi 02-18-8-224-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklif aksiyadorlik jamiyati bo‘yicha ishlab chiqarish jarayonlarini real vaqtda baholagan holda  optimal qarorlar qabul qilinishiga muayyan darajada xizmat qilgan;
iqtisodiy barqarorlik bilan bir qatorda ijtimoiy-ekologik mas’u-liyatni qamrab olishda korxona resurslar qiymati, ESG parametrlari va qiymat zanjiri samaradorligini birlashtirgan holda iqtisodiy salohiyatni endogen tarzda baholash negizida taklif etilgan “Integral kompozit model” bo‘yicha taklif “O‘zbekneftgaz” AJ faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatining 2026 yil 16 martdagi 02-18-8-224-sonli ma’lumot-nomasi). Mazkur model Aksiyadorlik jamiyati korxonalarida qayta ishlash jarayonining qo‘shimcha qiymat yaratilishini 1,5% ga oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
raqamli platformalarga ko‘ra boshqaruv qarorlarini optimallash-tirishda ishlab chiqarish jarayonining real vaqt rejimidagi nazoratni tashkil qilish, resurs samaradorligida chiqindilar monitoringini RII, QTK, ESN asosida amalga oshirish, investisiya boshqaruvida ssenariyli modellashtirishga ustuvorlik berishga asoslangan “Raqamli birlashuv - tizimli boshkaruv” algoritmi taklifi “O‘zbekneftgaz” AJ faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatining 2026 yil 16 martdagi 02-18-8-224-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklif aksiyadordlik jamiyatida resurslar samaradorligi xatoliklarini 2–2,5% darajasida kamaytirish, energiya tejamkorligini 1,5–2% darajasida amalga oshirish, xalqaro ESG reytingida pozisiyani yaxshilanishiga muayyan darajadar xizmat qilgan;
neft va gaz korxonalarining iqtisodiy salohiyatini oshirishning ekonometrik modeli asosida 2030 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari bo‘yicha takliflar (“O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan investision-rivojlanish dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatining 2026 yil 16 martdagi 02-18-8-224-sonli ma’lumotnomasi). Taklif neft va gaz korxonalari iqtisodiy salohiyatini oshirishning qo‘shimcha imkoniyatlarini ishlab chiqarishga jalb qilishga muayyan darajada xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish