Raximova Mushtariy begim Muhammadg‘olib qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sanoat tarmog‘ining iqtisodiy samaradorligini oshirish yo‘llari”, 08.00.03 - “Sanoat iqtisodiyoti”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Iqt4568
Ilmiy rahbar: Nazarova Ra’no Rustamovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.1.23.03.
Rasmiy opponentlar: Karrieva Yoqutxon Karimovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Madraximova Gulasal Ro‘zimboy qizi, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sanoat tarmog‘ining iqtisodiy samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
mezon va ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni hisobga olgan holda sanoat tarmog‘ining iqtisodiy samaradorligini integral baholash uslubi “indikator–mezon–integral natija” yondashuvi asosida takomillashtirilgan;
sanoat tarmog‘ining iqtisodiy samaradorligini baholashning integral usuli investisiyalar samaradorligi, asosiy fondlardan foydalanish va mehnat unumdorligi mezonlarining normalizatsiyalangan ko‘rsatkichlari, geometrik samaradorlik indeks (GEI) hamda yuqori 
(0.8-0.1), qoniqarli (0.6-0.79), o‘rtacha (0.4-0.59), xavf darajasi (0.0-0.39) shkalalarini kiritish asosida takomillashtirilgan; 
sanoat tarmog‘ida ishlab chiqarish jarayonidagi tizimli uzilishlar va samaradorlikni oshiruvchi institutsional-tashkiliy mexanizmi ortiqcha quvvatlarni aniqlash, ausorsing va subkontrakt tizimi, soha faoliyatiga “unumdorlik matrisalari” hamda “S‑curve” modelini kiritish asosida takomillashtirilgan;
sanoat tarmog‘ining innovatsion va investision omillarini uyg‘unlashtiruvchi integratsiyalashgan iqtisodiy mexanizmi investisiya faolligini rag‘batlantirish, texnologik yangilanishni tezlashtirish, energiya tejamkorligini oshirish hamda ESG standartlari asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sanoat tarmog‘ining iqtisodiy samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar asosida:
mezon va ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni hisobga olgan holda sanoat tarmog‘ining iqtisodiy samaradorligini integral baholash uslubi “indikator–mezon–integral natija” yondashuvi asosida takomillashtirish bo‘yicha takliflari “Javohir grand – biznes”  MChJ, “Metall ASIA” MCh va  “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi  sanoat korxonalari faoliyatida qo‘llash uchun qabul qilingan va amaliyotga joriy etilgan. (O‘zbekiston savdo - sanoat palatasining 2026-yil 16-martdagi 01-06-30-2517- sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishida iqtisodiy siyosatni optimallashtirish, tarmoq ichidagi nomutanosibliklarni kamaytirish va samaradorlikni oshirish bo‘yicha ilmiy asoslangan qarorlarni qabul qilish uchun amaliy asos vazifasini bajargan;
sanoat tarmog‘ining iqtisodiy samaradorligini baholashning integral usuli investisiyalar samaradorligi, asosiy fondlardan foydalanish va mehnat unumdorligi mezonlarining normalizatsiyalangan ko‘rsatkichlari, geometrik samaradorlik indeks (GEI) hamda yuqori 
(0.8-0.1), qoniqarli (0.6-0.79), o‘rtacha (0.4-0.59), xavf darajasi (0.0-0.39) shkalalarini kiritish bo‘yicha berilgan takliflar “Javohir grand – biznes”  MChJ, “Metall ASIA” MCh va  “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi  sanoat korxonalari faoliyatida qo‘llash uchun qabul qilingan va amaliyotga joriy etilgan. (O‘zbekiston savdo - sanoat palatasining 2026-yil 16-martdagi 01-06-30-2517 - sonli ma’lumotnomasi). Ushbu baholash uslubi orqali sanoat tarmog‘ining iqtisodiy samaradorlik darajasi 0.438 ga tengligi asoslangan; 
sanoat tarmog‘ida ishlab chiqarish jarayonidagi tizimli uzilishlar va samaradorlikni oshiruvchi institutsional-tashkiliy mexanizmi ortiqcha quvvatlarni aniqlash, ausorsing va subkontrakt tizimi, soha faoliyatiga “unumdorlik matrisalari” hamda “S‑curve” modelini kiritish bo‘yicha berilgan takliflar “Javohir grand – biznes”  MChJ, “Metall ASIA” MCh va  “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi  sanoat korxonalari faoliyatida qo‘llash uchun qabul qilingan va amaliyotga joriy etilgan. (O‘zbekiston savdo - sanoat palatasining 2026-yil 16-martdagi 01-06-30-2517- sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning joriy etilishi ishlab chiqarish jarayonidagi ortiqcha quvvatlar aniqlash, ausorsing va subkontrakt tizimi asosida resurslarni qayta taqsimlash, tarmoqdagi texnologik uzilishlarni qisqartirish, ishlab chiqarish xarajatlarini 10–15%ga kamaytirish imkonini bergan;
sanoat tarmog‘ining innovatsion va investision omillarini uyg‘unlashtiruvchi integratsiyalashgan iqtisodiy mexanizmi investisiya faolligini rag‘batlantirish, texnologik yangilanishni tezlashtirish, energiya tejamkorligini oshirish hamda ESG standartlari asosida takomillashtirish bo‘yicha berilgan takliflar “Javohir grand – biznes”  MChJ, “Metall ASIA” MCh va  “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi  sanoat korxonalari faoliyatida qo‘llash uchun qabul qilingan va amaliyotga joriy etilgan. (O‘zbekiston savdo - sanoat palatasining 2026-yil 16-martdagi 01-06-30-2517- sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning joriy etilishi natijasida asosiy fondlar va uskunalardagi ekspluatatsiya muddatining qisqarishi 12–18% gacha hamda tarmoq samaradorligini 18–22%ga oshirish imkoniyatini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish