Shukurullaev Botir Amanboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Neft quyqalaridan yo‘llarning asosi uchun bog‘lovchi olish texnologiyasi», 02.00.11–Kolloid va membrana kimyosi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/T499.
Ilmiy rahbar: Yusupov Farhod Mahkamovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Hamidov Bosit Nabievich, texnika fanlari doktori, professor; Ismatov Dilmurod Nurullaevich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatiga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy neft` quyqalarining kolloid-kimyoviy xususiyatlarini e’tiborga olgan holda va uni qayta ishlash natijasida yo‘llar asosi uchun bog‘lovchi olish texnologiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
neft` dispersion tizimlarning tamoyillari nuqtai nazaridan bog‘lovchi ishlab chiqarishda xomashyo sifatida neft` quyqasidan oksidlash orqali bog‘lovchi olish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
suyuq neft` quyqalari tarkibidan engil fraksiyalarni ajratib olish va qoldiq massalarni oksidlash orqali olingan bog‘lovchining kimyoviy tarkibi, yuqori molekulyar parafinli birikmalar miqdori 25–30%, aromatik kondensirlangan birikmalar 8–25%, aromatik naftenlar 15–35%, smolali asfal`tenlar miqdori 15–35% bo‘lishi isbotlangan;
yaratilgan bog‘lovchining tarkibida 19,23% normal dokasan, 17,75% n-genikosan, 15,03% n-ikosan 13,09 % n-trikosan, 8,95% n-nonadekan, 5,03% n-oktadekan kabi to‘yingan organik uglevodorodlar borligi isbotlangan;
neft` quyqasi tarkibida SO2 guruhi borligi undagi oltingugurt (S)ning miqdori 1,28% ekanligi, bog‘lovchining eyilishga chidamliligini oshirishi aniqlangan;
neft` quyqalarining kinematik qovushqoqligi harorat o‘zgarishi intervali 600–1400 oralig‘ida 1,13 martaga kamayish, neft` quyqasining zichligi 1,08 martaga pasayishi, mexanik qo‘shimchalar 5,24%, suv miqdori 28,3%, cilikagel` smolalar 25,9%, asfal`tenlar 15,77%, 1,5% xlorli tuzlar tashkil qilishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Neft` quyqalaridan yo‘llarning asosi uchun bog‘lovchi olish texnologiyasini yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yo‘llarning asosi uchun kon neft quyqasidan oksidlangan bog‘lovchi olishning texnologik shartlari «O‘zstandart» agentligi tomonidan tasdiqlangan (Ts 23766064-11:2019). Mazkur texnik shart mahsulotning sifati va texnologik jarayonni nazorat qilish imkonini bergan;
neft` quyqalari asosida yo‘llarning asosi uchun olingan bog‘lovchi “Bekobodyo‘lsanoat” UKda amaliyotga joriy qilingan (“O‘zbekneftgaz” AJning 2019 yil 20 dekabrdagi 03-17-1-5/241-son ma’lumotnomasi). Natijada mahalliy neft` quyqa chiqindilari asosida yangi bog‘lovchi materiali ishlab chiqarish samardorligini 35% ga oshirish imkonini bergan.