Berdieva Dilfuza Axatovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri:  “Zamonaviy uy-joy fondi boshqaruvini samarali tashkil etish metodologiyasi” “Menejment” (iqtisodiyot fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.DSc/Iqt359
  Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Sanakulova Barnogul Rizakulovna iqtisodiyot fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/2025.12.27.I.07.02.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Abdujabbor, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Kambarov Jamoliddin Xikmatillaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Xodjieva Nodira Abdurashidovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: zamonaviy uy-joy fondi boshqaruvini samarali tashkil etishda amaldagi metodologiyani takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
zamonaviy uy-joy boshqaruvining institutsional tizimini optimalashtirish orqali samarali boshqaruv tizimini barpo etish hisobiga iste’molchilar manfaatlarini himoya qilishda raqobatbardosh zamonaviy xizmat ko‘rsatuvchi provayderlar sonining ko‘payishi taklifi asoslangan; 
zamonaviy uy-joy fondi boshqaruv xizmatining aholi talab va ehtiyojlariga proporsional asosda shakllantirishda hududlar miqyosida boshqaruv servis kompaniyalari o‘rtasida raqobat muhitini shakllantirishga yoʻnaltirilgan yoʻl xaritasini ishlab chiqish taklifi asoslangan;
zamonaviy uy-joy fondi boshqaruvi shaffofligini ta’minlash, moliyaviy resurslardan samarali foydalanish hamda operatsion va jamoaviy boshqaruvni yo‘lga qo‘yish maqsadida avtomatlashtirilgan billing axborot tizimi platformasidan foydalanish taklifi asoslangan; 
boshqaruv servis kompaniyalarida raqamli boshqaruv tizimini yangi bosqichga olib chiqish hamda HR (Human resources) faoliyatini samarali tashkil etishga erishish maqsadida kadrlar bankini yaratish taklifi asoslangan;
zamonaviy uy-joy fondini samarali tashkil etish bilan bog‘liq asosiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha 2026-2030-yillarga mo‘ljallangan o‘rta muddatli prognoz ssenariylari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Zamonaviy uy-joy fondi boshqaruvini samarali tashkil etish metodologiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
zamonaviy uy-joy boshqaruvining institutsional tizimini optimalashtirish orqali samarali boshqaruv tizimini barpo etish hisobiga iste’molchilar manfaatlarini himoya qilishda raqobatbardosh zamonaviy xizmat ko‘rsatuvchi provayderlar sonining ko‘payishi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ko‘p kvartirali uy-joylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2021-yil 19-iyundagi PQ-5152-son qarorida inobatga olindi. Bugungi kunda hududlar bo‘yicha uy -joy xizmatlari bozorini qiyosiy tahlil qilishga hamda uy-joy boshqaruv kompaniyalarining xizmat sifatini sertifikatlashtirishga erishildi (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2026-yil 25-maydagi 12-06/7004-sonli ma’lumotnomasi). Natijada sertifikatlashtirilgan zamonaviy xizmat ko‘rsatuvchi provayderlar soni 300 tani tashkil etib, boshqaruv servis kompaniyasining komission rag‘batlantirish ulushi 5 foizdan 15 foizga oshirildi;
zamonaviy uy-joy fondi boshqaruv xizmatining aholi talab va ehtiyojlariga proporsional asosda shakllantirishda hududlar miqyosida boshqaruv servis kompaniyalari o‘rtasida raqobat muhitini shakllantirishga yoʻnaltirilgan yoʻl xaritasini ishlab chiqish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘gʻrisida” 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmonida inobatga olindi (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2026-yil 25-maydagi 12-06/7004-sonli ma’lumotnomasi). Natijada uy-joy boshqaruv tizimi bilan bog‘liq jarayonlarni optimallashtirish orqali uy-joy xizmatlarini ko‘rsatishdagi hududiy tafovutlarni 20 foizga qisqartirishga hamda zamonaviy uy-joy fondi boshqaruv xizmati narxlarini aholining talab va ehtiyojlariga proporsional asosda shakllantirishga erishildi.
zamonaviy uy-joy fondi boshqaruvi shaffofligini ta’minlash, moliyaviy resurslardan samarali foydalanish hamda operatsion va jamoaviy boshqaruvni yo‘lga qo‘yish maqsadida avtomatlashtirilgan billing axborot tizimi platformasidan foydalanish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli O‘zbekiston-2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 5-oktyabrdagi PF-6079-son Farmonida inobatga olindi (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2026-yil 25-maydagi 12-06/7004-sonli ma’lumotnomasi). Natijada real vaqt rejimida aholining zamonaviy uy-joy xizmatlaridan foydalanish jarayonining nazorat monitoringini yo‘lga qo‘yish, uy-joy xizmatlarini tashkil etishni hududlar kesimidagi faoliyat natijadorligini qiyosiy tahlil qilish hamda zamonaviy uy-joy xizmatlarini tashkil etishni samarali transformatsiyasini ta’minlashga doir boshqaruv xarajatlarini yillik 12 foizga qisqartirishga erishildi.
boshqaruv servis kompaniyalarida raqamli boshqaruv tizimini yangi bosqichga olib chiqish hamda HR (Human resources) faoliyatini samarali tashkil etishga erishish maqsadida kadrlar bankini yaratish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 5-oktyabrdagi PF-6079-son Farmoni hamda “O‘zbekiston Respublikasi milliy malaka tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 30-sentyabrdagi PQ-345-son qarorida inobatga olindi. (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2026-yil 25-maydagi 12-06/7004-sonli ma’lumotnomasi). Natijada bugunga kelib qurilish hamda uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasiga oid 9 ta kasb, bu kasblarni qamrab oluvchi 38 ta kasbiy standartlar loyihalari ishlab chiqildi va Milliy malakalarni rivojlantirish institutiga ekspertizadan o‘tkazish uchun topshirildi.  
zamonaviy uy-joy fondini samarali tashkil etish bilan bog‘liq asosiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha 2026-2030-yillarga mo‘ljallangan o‘rta muddatli prognoz ssenariylari O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2026-yil 25-maydagi 12-06/7004-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida, uy-joy fondi boshqaruvini dinamik prognoz ssenariylari asosida ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar o‘sish surʼati 115,6 foizni, qurilish ishlari hajmi 108,2 foizni, uy-joylarning umumiy maydonini 18375,2 kv.m.ni tashkil etishini bashoratlash imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish