Shaymardanov Azamat Zokirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘rta Osiyo qadimgi davlatlarida boshqaruv titullari tarixi”, “07.00.01 – O‘zbekiston tarixi”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Tar2232.
Ilmiy rahbar: Shaydullaev Shapulat Bazarovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Tar.11.01
Rasmiy opponentlar: tarix fanlari doktori (DSc), dotsent Xushvaqov Nabi Olimovich, tarix fanlari doktori (DSc), dotsent Abdullaev O‘tkir Ismoilovich.
Yetakchi tashkilot: Yahyo G‘ulomov nomidagi Samarqand arxeologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Tadqiqotning asosiy maqsadi O‘zbek davlatchiligi tarixi uchun muhim o‘rin tutgan boshqaruv titullarining paydo bo‘lishi, evolusiyasi hamda qadimgi boshqaruv tizimining rivojlanib borishini ashyoviy va yozma manbalar asosida ilmiy tahlil etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
O‘rta Osiyo hukmdorlarining fanga ma’lum tituli “Kavi” bo‘lib, bu titul Avestada “kavi Vishtasp” atamasi bilan o‘z aksini topganligi, “Kavi” qadimgi oriy qabilalari boshliqlarining tituli bo‘lib, u bir vaqtning o‘zida dunyoviy va diniy hokimiyat egasi bo‘lganligi, agar Avesta Baqtriyada yaratilganligini hisobga oladigan bo‘lsak, bu o‘lkada ilk temir (mil. avv. IX-VI asrlar) davrida ko‘plab mayda mulklar bo‘lib, ularning hukmdorlari ham xuddi Baqtriya podshosi kabi “kavi” titulini olganligi, shuningdek, mayda mulklar shu titulda bo‘lganligi ko‘rsatib berilgan;
Qadimgi titullar davlat hukmdorlaridan vorisiga meros sifatida o‘tish yoki boshqa teng huquqli davlat taxt davogarlari bilan hokimiyat uchun kurash jarayonida qo‘lga kiritilishi, oddiy titulga (qabila, tuman, viloyat) ega bo‘lgan hukmdorning shaxsiyati, hukmdorlik tituli mos ravishda o‘zgarib, ilohiylashtirilib borilganligi, ba’zi hollarda hukmdorlarni xudolar bilan qarindosh (“Raning o‘g‘li” – Misrda, “xudoning o‘g‘li” yoki “osmon farzandi” – Xitoyda, “devaputra”, xudoning o‘g‘li – hindlarda, “bogopairo”, xudoning o‘g‘li – baqtriyaliklarda, “Teos”, xudo – salavkiylarda) deb hisoblashishgacha borilganligi aniqlangan;
Aleksandr Makedonskiy ahamoniylar hokimiyatining barcha hududlariga ega bo‘lib qolmasdan, mahalliy aholi tomonidan yangi podsho sifatida qabul qilinganligi, Aleksandr ahamoniylar hukmdorlari titullarining ba’zi hususiyatlarini ya’ni “Buyuk podshoh”, “shohlar shohi”, “shahanshoh”, “mamlakatlar podshosi” titullarini meros qilib olganligi, Aleksandr O‘rta Osiyoning janubiy hududlarini egallagandan keyin bu hududlarda yunonlarga xos “Basilevs” – shoh va “Basilevs basileon” – shohlar shohi titullari oliy darajadagi hukmdorlar tituliga aylanganligi ochib berilgan;
Miloddan avvalgi I asrdan boshlab dastlab Baqtriyaning shimoliy qismida, keyin butun o‘lkada “yabg‘u” tituli tarqala boshlaganligi, shu tituldagi hukmdorlar alohida mulklarni keyinchalik butun Baqtriya miqyosda idora qilganliklari, kushon tangalaridagi “yavugasa” ya’ni “yetakchi”, “rahbar” tituli turkiy yabg‘u tituli bilan o‘zaro yaqin leksik-fonetik xususiyatlarga ega ekanligini inobatga olgan holda kushonlarning kelib chiqishi ham turkiy qabilalarga oid bo‘lishi mumkinligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘rta Osiyo qadimgi davlatlari boshqaruv titullari tarixi mavzusiga oid ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va tadqiqotlar asosida:
O‘rta Osiyo hukmdorlarining fanga ma’lum tituli “Kavi” bo‘lib, bu titul Avestada “kavi Vishtasp” atamasi bilan o‘z aksini topganligi, “Kavi” qadimgi oriy qabilalari boshliqlarining tituli bo‘lib, u bir vaqtning o‘zida dunyoviy va diniy hokimiyat egasi bo‘lganligi, agar Avesta Baqtriyada yaratilganligini hisobga oladigan bo‘lsak, bu o‘lkada ilk temir (mil. avv. IX-VI asrlar) davrida ko‘plab mayda mulklar bo‘lib, ularning hukmdorlari ham xuddi Baqtriya podshosi kabi “kavi” titulini olganligi, shuningdek, mayda mulklar shu titulda bo‘lganligi haqidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston tarixi” telekanalida “Ibtido” ko‘rsatuvida “Titullar ibtidosi” dasturlarini tayyorlashda joriylandi (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 4-fevraldagi 01-33/38-son ma’lumotnomasi). Ushbu ko‘rsatuvlar keng jamoatchilikda O‘rta Osiyo qadimgi davlatlari, Baqtriya kaviligi titullari, ellinizm davri titullarining mintaqa ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o‘rni va kushon imperiyasi hukmdor va boshqaruv titullari taraqqiyoti xususida kengroq tushunishga imkon bergan.
Qadimgi titullar davlat hukmdorlaridan vorisiga meros sifatida o‘tish yoki boshqa teng huquqli davlat taxt davogarlari bilan hokimiyat uchun kurash jarayonida qo‘lga kiritilishi, oddiy titulga (qabila, tuman, viloyat) ega bo‘lgan hukmdorning shaxsiyati, hukmdorlik tituli mos ravishda o‘zgarib, ilohiylashtirilib borilganligi, ba’zi hollarda hukmdorlarni xudolar bilan qarindosh (“Raning o‘g‘li” – Misrda, “xudoning o‘g‘li” yoki “osmon farzandi” – Xitoyda, “devaputra”, xudoning o‘g‘li – hindlarda, “bogopairo”, xudoning o‘g‘li – baqtriyaliklarda, “Teos”, xudo – salavkiylarda) deb hisoblashishgacha borilganligi haqidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston tarixi” telekanalida “Ibtido” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda joriylanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 4-fevraldagi 01-33/38-son ma’lumotnomasi). Natijada teletomoshabinlar qadimgi davr davlatlarida amalda bo‘lgan titular haqida ma’lumotga ega bo‘lishgan.
Aleksandr Makedonskiy ahamoniylar hokimiyatining barcha hududlariga ega bo‘lib qolmasdan, mahalliy aholi tomonidan yangi podsho sifatida qabul qilinganligi, Aleksandr ahamoniylar hukmdorlari titullarining ba’zi hususiyatlarini ya’ni “Buyuk podshoh”, “shohlar shohi”, “shahanshoh”, “mamlakatlar podshosi” titullarini meros qilib olganligi, Aleksandr O‘rta Osiyoning janubiy hududlarini egallagandan keyin bu hududlarda yunonlarga xos “Basilevs” – shoh va “Basilevs basileon” – shohlar shohi titullari oliy darajadagi hukmdorlar tituliga aylanganligini ko‘rsatuvchi arxeologik va yozma manbalar asosida muzeylar ekspozisiyasini boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2025-yil 14-fevraldagi 04-05/575-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek davlatchiligi tarixida qadimgi davr hukmdor va boshqaruv titullari haqidagi ma’lumotlar muzeylarga tashrif buyuruvchilarda ajdodlarimizning qadimgi boshqaruv haqidagi bilimini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etgan.
Miloddan avvalgi I asrdan boshlab dastlab Baqtriyaning shimoliy qismida, keyin butun o‘lkada “yabg‘u” tituli tarqala boshlaganligi, shu tituldagi hukmdorlar alohida mulklarni keyinchalik butun Baqtriya miqyosda idora qilganliklari, kushon tangalaridagi “yavugasa”, ya’ni “yetakchi”, “rahbar” tituli turkiy yabg‘u tituli bilan o‘zaro yaqin leksik-fonetik xususiyatlarga ega ekanligini inobatga olgan holda kushonlarning kelib chiqishi ham turkiy qabilalarga oid bo‘lganligi muzeylar ekspozisiyasini boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2025-yil 14-fevraldagi 04-05/575-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘lkada “yabg‘u” tituli tarqala boshlaganligi kushon tangalaridagi “yavugasa”, ya’ni “yetakchi”, “rahbar” tituli turkiy yabg‘u tituli bilan o‘zaro yaqin leksik-fonetik xususiyatlarga ega ekanligini inobatga olgan holda kushonlarning kelib chiqishi ham turkiy qabilalarga oid bo‘lganligi ko‘rsatib berilgan.