Sultonova Mushtariy Abdulabbosovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):
“Davlat tibbiyot muassasalarida buxgalteriya hisobi va hisobotini takomillashtirish”; 08.00.08 – “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1. PhD/Iqt3839
Ilmiy rahbar: Xojaev Azizxon Saidaloxonovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Farg‘ona davlat texnika universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.19.05
Rasmiy opponentlar: Ostonaqulov Azamat Abdukarimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
Tursunov Ulug‘bek Sativoldievich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: davlat tibbiyot muassasalarida buxgalteriya hisobi va hisobotini takomillashtirishga oid ilmiy takliflar hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
davlat tibbiyot muassasalari hisob siyosati tibbiy pullik xizmatlar ko‘rsatish orqali olingan daromad hisobidan xodimlarga hisoblanadigan ish haqi taxliliy (analitik) hisobni kiritish asosida takomillashtirilgan;
davlat tibbiyot muassasalarida QQS bo‘yicha olingan imtiyoz summalari va bu mablag‘larni ishlatilishini analitik hisobini yuritish maqsadida 986 100 - “QQS boyicha hisoblangan soliq imtiyozlarini xodimlarni moddiy rag‘batlantirishga ajratilgan qismi” va 986 200 - “QQS boyicha hisoblangan soliq imtiyozlarini moddiy texnika bazasini rivojlantirishga ajratilgan qismi” nomli ishchi schyotlari taklif etilgan;
davlat tibbiyot muassasalarida kassa va haqiqiy xarajatlar o‘rtasida yuzaga keladigan farqlarni “tafovut indikatori” asosida aniqlash orqali bartaraf etishga qaratilgan analitik hisob model ishlab chiqilgan;
dasturiy majmualariga monitoring modul tizimini integratsiyalash orqali real vaqt rejimida debitorlik va kreditorlik qarzdorliklar bo‘yicha hisobotlarni axborot imkoniyatlarini kengaytirish asoslangan..
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Davlat tibbiyot muassasalarida tibbiy pullik xizmatlar ko‘rsatish orqali olingan daromad hisobidan xodimlarga hisoblanadigan ish haqi taxliliy (analitik) hisobini yuritilishi muassalarda daromad va xarajatlar bo‘yicha axborotlarni shaffofligini ortishiga, ish haqini adolatli taqsimlanishiga, samarali boshqaruv tizimini shakllanishi orqali pulli xizmatlar sifatini yaxshilanishiga xizmat qilgan;
QQS bo‘yicha olingan imtiyoz summalari va bu mablag‘larni ishlatilishini analitik hisobini yuritish maqsadida taklif etigan ishchi schyotlaridan foydalanish davlat tibbiyot muassasalarida maqsadli yonalishda ishlatish uchun muassasa ixtiyorida qoldirilgan mablag‘larni to‘g‘ri taqsimlanishi hamda ishlatilishini shaffofligini ta’minlashga xizmat qilgan;
tibbiyot muassasalarida kassa va haqiqiy xarajatlar o‘rtasidagi farqlarni “tafovut indikatori” asosida aniqlashga qaratilgan analitik modeldan foydalanish kassa va haqiqiy xarajatlar o‘rtasidagi nomuvofiqliklar operativ aniqlashga, byudjet ijrosi ustidan nazorat kuchayishiga, mablag‘lardan maqsadsiz foydalanish holatlari kamayishiga, moliyaviy intizom mustahkamlanishiga, tafovutlar sabablarini tahlil qilish orqali resurslarni taqsimlashdagi kamchiliklar bartaraf etilishiga yordam bergan. Bu esa moliyaviy ma’lumotlarning shaffofligini oshirish, yashirin yoki noto‘g‘ri aks ettirilgan xarajatlarni aniqlash, rejalashtirish jarayonlarini takomillashtirish hamda tibbiyot muassasalarining moliyaviy boshqaruv samaradorligini oshirish imkoniyatlarini yaxshilagan;
byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritish va elektron hisob-fakturalar hamda to‘lov hujjatlarini yuritish dasturlarida avtomatlashtirilgan monitoring modulini integratsiyalash orqali takomillashtirish qarzdorliklar bo‘yicha tezkor va ishonchli axborot shakllanishiga, qarzdorliklar dinamikasi monitoringini muntazamliligiga, monitoring jarayonida inson omilini kamayishiga, muddati o‘tgan qarzlarni vaqtli aniqlash, ularni undirish yoki to‘lovlarni tartibga solish jarayonlarini tezlashtirishga xizmat qilgan.