Ermatov Zoxid Shavkatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Tibbiyot muassasalarida moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish”; 08.00.07 - Moliya, pul muomalasi va kredit.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.I.PhD/Iqt 518
Ilmiy rahbar: Jahongirov Ilimdorjon Jahongirjon o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Farg‘ona davlat texnika universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.19.05 
Rasmiy opponentlar: Mo‘minova Elnoraxon Abdukarimovna. Iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor; Jumaev Nodir Xosiyatovich. Iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ftiziatriya tibbiyot muassasalarining moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy asoslangan taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
tibbiyot muassasalari xarajatlarini xalqaro tajriba asosida “Xarajat markazlarini aniqlash”, “To‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatlarni biriktirish”, “Yordamchi bo‘lim xarajatlarini taqsimlash”, “Bosqichma-bosqich taqsimlash” va “Xizmatni yakuniy tannarxini aniqlash” bosqichlari orqali nisbatlash uslubiyoti ishlab chiqilgan;
ftiziatriya muassasalarida bemorlarni davolash xarajatlarini kasallikni klinik og‘irligi, davolash murakkabligi va resurs sarfini inobatga oluvchi klinik-xarajat guruhlari (KXG) hamda ularning vazn koeffisientlari ishlab chiqilgan;
silga qarshi kurashish muassasalarida bemorlarni statsionar davolash xarajatlarini yangicha yondashuv sifatida har bir davolangan holat uchun “Klinik-xarajat guruhlari” (KXG) asosida moliyalashtirish mexanizmi ishlab chiqilgan;
ftiziatriya muassasalarini “global byudjet”, “klinik-xarajat guruhlari asosida”, “laboratoriya xizmatlari bo‘yicha”, “Sil (TB) nazoratini muvofiqlashtirish” yondoshuvlari asosida kompleks moliyalashtirish tizimi taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston Respublikasi davlat tibbiy sug‘urtasi tizimi va ftiziatriya xizmati tibbiyot muassasalarini moliyalashtirishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tibbiyot muassasalari xarajatlarini xalqaro tajriba asosida “Xarajat markazlarini aniqlash”, “To‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatlarni biriktirish”, “Yordamchi bo‘lim xarajatlarini taqsimlash”, “Bosqichma-bosqich taqsimlash” va “Xizmatni yakuniy tannarxini aniqlash” bosqichlari orqali nisbatlash uslubiyoti bo‘yicha tavsiyasi Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi amaliy faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2026-yil 25-fevraldagi 02-28/4987-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyani joriy etilishi har bir tibbiy xizmat uchun aniq va asoslangan tannarxni shakllanishiga, ortiqcha yoki samarasiz xarajatlarni aniqlash, ularni qisqartirishga, moliyaviy nazorat hamda boshqaruv sifatini yaxshilashga xizmat qilib, moliyalashtirish jarayonini real xarajatlarga moslashtirish, ta’riflarni asosli belgilash, yordamchi bo‘limlar xarajatlarini to‘g‘ri taqsimlash va xizmatlar tannarxi ob’ektivligini ta’minlash imkoniyatlarini kengaytirgan;
ftiziatriya muassasalarida bemorlarni davolash xarajatlarini kasallikni klinik og‘irligi, davolash murakkabligi va resurs sarfini inobatga oluvchi klinik-xarajat guruhlari (KXG) hamda ularning vazn koeffisientlari bo‘yicha taklifi Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi faoliyatida joriy etilgan(O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2026-yil 25-fevraldagi 02-28/4987-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyani joriy etilishi har bir bemor yoki kasallik turi (darajasi) bo‘yicha davolashning real tannarxini aniq belgilash, tibbiy xizmatlar samaradorligini baholash, muassasalar faoliyatini taqqoslash va namunali amaliyotlarni joriy etish imkoniyatlarini yaxshilanib, moliyaviy rejalashtirish, buydjetlashtirish, davolash sifatini yaxshilanishiga hamda statsionar davolash muddatlarini optimallashtirishga xizmat qilgan;
silga qarshi kurashish muassasalarida bemorlarni statsionar davolash xarajatlarini har bir davolash turi amaliyotining xususiyatlaridan kelib chiqib “Klinik-xarajat guruhlari” (KXG) asosida moliyalashtirish mexanizmi bo‘yicha tavsiyasi Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi faoliyatida joriy etilgan(O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2026-yil 25-fevraldagi 02-28/4987-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyani joriy etilishi ’davolash xarajatlarini kasallik darajasi va resurs sarfiga mos ravishda differensial tarzda baholash imkonini berib, moliyalashtirishning adolatli hamda shaffof tizimini shakllantirishga, tibbiyot muassasalari o‘rtasida resurslar taqsimotini optimallashtirishga, samarasiz xarajatlarni qisqartirishga, tibbiy xizmatlar tannarxini aniq belgilash va ularning sifatini yaxshilanishiga xizmat qilgan;
ftiziatriya muassasalarini “global byudjet”, “klinik-xarajat guruhlari asosida”, “laboratoriya xizmatlari bo‘yicha”, “Sil (TB) nazoratini muvofiqlashtirish” yondoshuvlari asosida kompleks moliyalashtirish tizimi bo‘yicha tavsiyasi Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi faoliyatida joriy etilgan(O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2026-yil 25-fevraldagi 02-28/4987-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyani joriy etilishi resurslarni maqbul va maqsadli taqsimlanishiga, muassasaning umumiy barqaror faoliyatini ta’minlashga, moliyaviy intizomning kuchayishi orqali ortiqcha xarajatlar qisqarishiga hamda resurslardan foydalanish samaradorligini ortishiga, shuningdek, davolash sifati yaxshilanib, statsionar davolanish muddati qisqarishiga, yotoq fondidan foydalanish samaradorligini yaxshilanishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish