Kurbonova Shaxrinoz Avazxonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “To‘qimachilik korxonalarida asosiy vositalar buxgalteriya hisobi va tahlilini moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari asosida takomillashtirish masalalari”; 08.00.08 – “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Iqt3554
Ilmiy rahbar: Kudbiev Sherzod Davlyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, DSc.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Farg‘ona davlat texnika universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.19.05.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Abdurauf, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Achilov Abror Niyatqobilovich, iqtisodiyot bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: to‘qimachilik korxonalarida asosiy vositalarning buxgalteriya hisobi va tahlilini moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari asosida takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
moddiy javobgar shaxs va buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini inventarizatsiyadan oldingi va keyingi ma’lumotlarini o‘zida mujassamlashtirgan “Inventarizatsiyadan o‘tkazish ro‘yxati” nomli buxgalteriya hisobi registrining takomillashgan namunaviy shakli ishlab chiqilgan;
uzoq muddatli aktivlarni foydalanish maqsadidan kelib chiqib “Asosiy vositalar”, “Investision ko‘chmas mulk”, “Sotish uchun mo‘ljallangan asosiy vositalar” va “Uzoq yillik biologik aktivlar”ga qayta tasniflash jarayonini hujjatlashtirishda yuritiladigan “Qayta tasniflash dalolatnomasi” nomli buxgalteriya hisobi registrining takomillashgan namunaviy shakli ishlab chiqilgan;
ko‘chmas mulk sifatidagi asosiy vositalar dastlabki qiymatini MHXS mezonlari asosida belgilashda kelgusidagi demontaj xarajatlarini hisobga olish va ularni buxgalteriya hisobini yuritish maqsadida 7291-“Asosiy vositani demontaj qilish majburiyati” nomli ishchi schyot taklif etilgan;
to‘qimachilik korxonalarida asosiy vositalardan foydalanish samaradorligi tahlilining uslubiyoti ESG tamoyillariga asoslangan ko‘rsatkichlar tizimi asosida takomillashtirilgan..
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. To‘qimachilik korxonalarida asosiy vositalar hisobi va tahlilini MHXSlari asosida takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“Inventarizatsiyadan o‘tkazish ro‘yxati” nomli buxgalteriya hisobi registrining takomillashgan namunaviy shakli bo‘yicha berilgan tavsiya to‘qimachilik korxonalari buxgalteriya hisobi amaliyotida qo‘llash uchun qabul qilingan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2025-yil 18-dekabrdagi 02-06/2907-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi natijasida to‘qimachilik korxonalarida asosiy vositalar bo‘yicha moddiy javobgar shaxslar va buxgalteriya hisobi ma’lumotlari o‘rtasidagi tafovutni inventarizatsiyadan oldin aniqlash, kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda asosiy vositalar kamomadi yoki ortiqcha chiqishi bo‘yicha axborotlarni aniq va obektiv olish, shuningdek, foyda soligʻi bazasini to‘gʻri shakllantirish imkoni yaxshilangan;
“Qayta tasniflash dalolatnomasi” nomli buxgalteriya hisobi registrining takomillashgan namunaviy shakli to‘qimachilik korxonalarida buxgalteriya hisobida foydalanish uchun qabul qilingan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2025-yil 18-dekabrdagi 02-06/2907-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida uzoq muddatli aktivlarning buxgalteriya hisobida muqaddam hisobga olingan toifasidan MHXSlari talablariga mos hisob toifasiga o‘tkazish jarayonlarini rasman hujjatlashtirish va tasdiqlash imkoniyati yaratilib, aktivlarni buxgalteriya hisobida tan olish, baholash, hisobini yuritish va hisobotlarda aks ettirish, shuningdek audit tashkilotlari tomonidan o‘tkazilayotgan audit jarayonlari va soliq idoralari tomonidan amalga oshirilayotgan kameral nazorat hamda soliq auditi jarayonlarida kelib chiqadigan savollar bo‘yicha asoslantiruvchi hujjatlar manbasi yaratilgan;
ko‘chmas mulk sifatidagi asosiy vositalarning dastlabki qiymatiga kiritiladigan kelgusidagi demontaj xarajatlarini hisobini yuritish uchun tavsiya etilgan ishchi boyicha berilgan taklif schyotni “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tarkibidagi korxonalar buxgalteriya hisobida foydalanishga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2025-yil 18-dekabrdagi 02-06/2907-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi moliyaviy hisob va hisobotda tegishli asosiy vositaning real iqtisodiy qiymatini, shuningdek, kelgusidagi majburiyatlar ko‘lamini to‘liq hamda to‘gʻri aks ettirish imkoniyatini yaratib, asosiy vositalarni hisobga olishda ham moliyaviy, ham ekologik va ijtimoiy risklarni o‘z ichiga olgan keng qamrovli baholash tizimini shakllanishiga xizmat qilgan;
asosiy vositalardan foydalanish samaradorligi tahlilida ESG tamoyillariga asoslangan ko‘rsatkichlar tizimidan foydalanish bo‘yicha berilgan tavsiyalar  “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tarkibidagi korxonalarda asosiy vositalar tahlilini amalga oshirish jarayonlarida foydalanish uchun qabul qilingan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2025-yil 18-dekabrdagi 02-06/2907-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning tahlil amaliyotida joriy etilishi natijasida korxona aktivlari strukturasi, investision salohiyati va moliyaviy barqarorligi, yaʼni asosiy vositalarga yo‘naltirilgan investisiyalarni samaradorlik darajasi, ularni mahsulot tannarxi hamda rentabellikka ta’siri, iqtisodiy resurslardan foydalanish samaradorligi, shuningdek, asosiy vositalarni texnik holati, yangilanish va texnologik darajasi hamda energiya samaradorlik hamda “yashil texnologiyalar” ulushi bo‘yicha obektiv xulosalar olish imkoniyati yaxshilangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish