Rashidova Xadicha Tursunalievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Asalarichilik mahsulotlari bozorini rivojlantirishda marketing strategiyasidan samarali foydalanish (Surxondaryo viloyati misolida)”, 08.00.11 - “Marketing”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Iqt6138.
Ilmiy rahbar: Mamadjanova Tuyg‘unoy Axmadjanovna, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori,  dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Matyakubov Umidjon Raximovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Matyusupov Bunyod Sheripbaevich iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi asalarichilik mahsulotlari bozorini rivojlantirishda marketing strategiyasidan samarali foydalanish boʻyicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
asalarichilik mahsulotlari bozorini rivojlantirish maqsadida marketing infratuzilmasining ekotizim modelini shakllantirish taklif qilingan;
asalarichilik tarmog‘ining o‘ziga xos xususiyatlarini (mavsumiylik — S, iqlim omillari — C, diversifikatsiya cheklanganligi — D) inobatga oluvchi "SCD-Marketing" mexanizmi asosida marketing strategiyasini shakllantirish uslubiyati ishlab chiqilgan;
asalarichilik mahsulotlari bozorida iste’molchilarni demografik, psixografik va xarid xulqi mezonlari bo‘yicha segmentlash indeksi (CSI = Σ(Dᵢ + Pᵢ + Bᵢ)/n) asosida maqsadli auditoriyani aniqlash va talabni boshqarishga yo‘naltirilgan marketing strategiyasi modeli takomillashtirilgan;
asalarichilik mahsulotlari bozorini rivojlantirishning 2030-yilgacha bo‘lgan davr uchun realistik va intensiv o‘sish ssenariylariga asoslangan ko‘p variantli prognoz parametrlari ishlab chiqilgan hamda marketing strategiyasiga integratsiya qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Asalarichilik mahsulotlari bozorini rivojlantirishda marketing strategiyalaridan samarali foydalanish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
asalarichilik mahsulotlari bozorini rivojlantirish maqsadida marketing infratuzilmasining ekotizim modelini shakllantirish bo‘yicha taklif O‘zbekiston asalarichilari uyushmasi tarkibidagi xo‘jalik sub’ektlari faoliyati amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston asalarichilari uyushmasining 2025-yil 13-noyabrdagi 207-11-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu yangilik natijasida Surxondaryo viloyatida asalarichilik mahsulotlari bozorida faoliyat olib borayotgan korxonalarda marketing infratuzilmasi komponentlarining sinergiya samaradorligiga erishilgan;
asalarichilik tarmog‘ining o‘ziga xos xususiyatlarini (mavsumiylik — S, iqlim omillari — C, diversifikatsiya cheklanganligi — D) inobatga oluvchi "SCD-Marketing" mexanizmi asosida marketing strategiyasini shakllantirish uslubiyati bo‘yicha taklif O‘zbekiston asalarichilari uyushmasi tarkibidagi xo‘jalik sub’ektlari faoliyati amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston asalarichilari uyushmasining 2025-yil 13-noyabrdagi 207-11-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklif natijasida Surxondaryo viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan asalarichilik korxonalarida marketing qarorlarining ilmiy asoslanganligi oshib, differensiallashtirishning samarali strategiyalaridan foydalanish natijasida mahsulot realizatsiyasi 2025-yilda 2024-yilga nisbatan 24,8 foizga o‘sish tendensiyasi aniqlangan; 
asalarichilik mahsulotlari bozorida iste’molchilarni demografik, psixografik va xarid xulqi mezonlari bo‘yicha segmentlash indeksi (CSI = Σ(Dᵢ + Pᵢ + Bᵢ)/n) asosida maqsadli auditoriyani aniqlash va talabni boshqarishga yo‘naltirilgan marketing strategiyasi modeli O‘zbekiston asalarichilari uyushmasi tarkibidagi xo‘jalik sub’ektlari faoliyati amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston asalarichilari uyushmasining 2025-yil 13-noyabrdagi 207-11-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur yangilik natijasida marketing texnologiyalaridan foydalanayotgan korxonalar ulushi 2023-yilga nisbatan 2024-yilda 18,7 foizga oshgan, asal va asal mahsulotlarini sotib olish chastotasidagi o‘zgarishlar sababli asalarichilik mahsulotlari ishlab chiqarish hamda sotish hajmi 2025-yilda 2024-yilga nisbatan 33,1 foizga o‘sgan; 
asalarichilik mahsulotlari bozorini rivojlantirishning 2030-yilgacha bo‘lgan davr uchun realistik va intensiv o‘sish ssenariylariga asoslangan ko‘p variantli prognoz parametrlari O‘zbekiston asalarichilari uyushmasi tarkibidagi xo‘jalik sub’ektlari faoliyati amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston asalarichilari uyushmasining 2025-yil 13-noyabrdagi 207-11-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu yangilikning joriy etilishi natijasida Surxondaryo viloyatida asalarichilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar soni 2025-yilda 21,1 foizga va mazkur sohadagi aholi bandligi darajasi 19,7 foizga o‘sgan. Ishlab chiqilgan prognoz parametrlariga ko‘ra, 2030-yilga kelib Surxondaryo viloyatida asalari oilalari soni realistik ssenariy bo‘yicha 112 982,1 minggacha, intensiv o‘sish ssenariysi bo‘yicha esa 138 287,1 minggacha (2024-yilga nisbatan 23,0 foizga) etishi, asal ishlab chiqarish hajmi esa realistik ssenariy bo‘yicha 1 900 tonnagacha, intensiv ssenariy bo‘yicha 12 500 tonnagacha o‘sishi prognoz qilingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish