Yuldashev Rustam Daniyorovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Falsafiy tarbiya – milliy yuksalish davrida yoshlarning dunyoviy va diniy dunyoqarashini uyg‘unlashtirishning metodologik asosi”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.DSc/Fal77
Ilmiy rahbar: Yaxshilikov Juraboy Yaxshilikovich, falsafa fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.F.08.02.
Rasmiy opponentlar: Choriev Sanjarbek Anvarovich, falsafa fanlari doktori, professor; G‘aybullaev Otabek Muhammadievich, falsafa fanlari doktori, professor; Rustamov Ramz Rizoqulovich, falsafa fanlari doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi milliy yuksalish davrida yoshlarning dunyoviy va diniy dunyoqarashini uyg‘un shakllantirishda falsafiy tarbiyaning ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
falsafiy ta’limning “assotsiativ-reflektor”, “yoshlar aqliy qobiliyat va tushunchalarni bosqichma-bosqich shakllantirib borish”, “rivojlanib boruvchi falsafiy ta’lim” va “innovatsion ta’lim” konsepsiyalarining yoshlar dunyoviy va diniy dunyoqarashlarini uyg‘unlashtirishdagi kognitiv(dunyoviy bilim va diniy-ma’rifiy tasavvurlarni o‘zaro bog‘liq holda idrok etish), axloqiy-me’yoriy (e’tiqod, axloq, mas’uliyat, bag‘rikenglik va fuqarolik pozisiyasini muvozanatlashtirish), refleksiv-analitik (diniy va dunyoviy qarashlarni tanqidiy tahlil qilish, baholash va mustaqil xulosa chiqarish) ahamiyati aniqlashtirilgan;
falsafiy tarbiyaning jamiyat manfaatlariga mos kelish, tarbiya yo‘nalishlarini belgilash, ijtimoiy buyurtmaga muvofiqlik, ta’lim va tarbiyaning dialektik birligi, ta’limning tarbiya jarayonini ilmiylashtirishi, tarbiyaning ta’limni insoniylashtirib borishi, tarbiyachi va tarbiyalanuvchining uzviy aloqadorligi kabi qonuniyatlari ochib berilgan; 
yoshlarning dunyoviy va diniy dunyoqarashini uyg‘un shakllantirish va rivojlantirishda diniy-ma’rifiy ta’lim-tarbiyaning e’tiqodga nisbatan mustaqil fikr yuritish, diniy qadriyatlarning mazmun-mohiyatini tushunish va tushuntirish, Allohni anglashda tabiat mo‘jizalarini ilmiy-ma’rifiy asosda o‘rganish kabi komponentlari yoshlar ongida aqida va tafakkur, e’tiqod va bilim, diniy anglash va dunyoviy idrok o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlovchi metodologik omillar sifatida asoslangan;
yoshlar dunyoviy va diniy dunyoqarashini uyg‘unlashtirishning jamoaviylik, oshkoralik, keng qamrovlilik, o‘z-o‘zini tarbiyalash, o‘zaro hamjihatlik, istiqbolni ko‘zlash, onglilik, mas’uliyat, yuksak talabchanlik va inson qadr-qimmatini hurmat qilish, samarali mehnat qilishga o‘rgatish kabi tashkiliy-metodik prinsiplari hamda ishontirish, namuna ko‘rsatish, odatga aylantirish, mashq qildirish, rag‘batlantirish, tanbeh berish va jazolash metodlari dalillangan; 
Yangi O‘zbekiston sharoitida yoshlarning dunyoviy va diniy dunyoqarashini uyg‘un shakllantirish va rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish hamda uni bosqichma-bosqich amalga oshirish jarayonining ijtimoiy(yoshlar faolligini oshirish, barqarorlik va bag‘rikenglik muhitini mustahkamlash, hamkorlik va o‘zaro ishonchni kuchaytirish), ma’naviy (milliy qadriyatlarga hurmat, ma’naviy immunitet va mafkuraviy hushyorlikni shakllantirish), ma’rifiy (dunyoviy bilim va diniy-ma’rifiy tushunchalarni uyg‘un anglash, jaholatga qarshi ma’rifat tamoyili asosida yoshlarning intellektual salohiyatini kuchaytirish) zarurati asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda yoshlarga falsafiy ta’lim-tarbiya berish orqali ularning dunyoviy va diniy dunyoqarashlarini uyg‘un tarzda shakllantirish va rivojlantirish zarurati bilan bog‘liq olib borilgan tadqiqot natijalari asosida: 
falsafiy ta’limning “assotsiativ-reflektor”, “yoshlar aqliy qobiliyat va tushunchalarni bosqichma-bosqich shakllantirib borish”, “rivojlanib boruvchi falsafiy ta’lim” va “innovatsion ta’lim” konsepsiyalarining yoshlar dunyoviy va diniy dunyoqarashlarini uyg‘unlashtirishdagi kognitiv(dunyoviy bilim va diniy-ma’rifiy tasavvurlarni o‘zaro bog‘liq holda idrok etish), axloqiy-me’yoriy (e’tiqod, axloq, mas’uliyat, bag‘rikenglik va fuqarolik pozisiyasini muvozanatlashtirish), refleksiv-analitik (diniy va dunyoviy qarashlarni tanqidiy tahlil qilish, baholash va mustaqil xulosa chiqarish) ahamiyatiga oid ilmiy xulosalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yil chora-tadbirlar dasturining VIII “Millatlararo totuvlik va dinlararo bag‘rikenglik bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlari, aholi o‘rtasida radikalizm illatini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar” 56-band “Jamiyatda radikallashuv kuchayishini oldini olish, yoshlar ongini buzg‘unchi yot g‘oyalar bilan zaharlashga qaratilgan turli xil harakatlarga qarshi kurashish borasidagi ustuvor vazifalarni belgilash va amalga oshirish” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2025-yil 6-noyabrdagi 10/730-son ma’lumotnomasi). Natijada, falsafiy tarbiya milliy yuksalish davrida yoshlar dunyoviy va diniy dunyoqarashini uyg‘unlashtirishning metodologik asosini o‘rganishga xizmat qilgan;
falsafiy tarbiyaning jamiyat manfaatlariga mos kelish, tarbiya yo‘nalishlarini belgilash, ijtimoiy buyurtmaga muvofiqlik, ta’lim va tarbiyaning dialektik birligi, ta’limning tarbiya jarayonini ilmiylashtirishi, tarbiyaning ta’limni insoniylashtirib borishi, tarbiyachi va tarbiyalanuvchining uzviy aloqadorligi kabi qonuniyatlariga oid ilmiy yangilik va xulosalardan “lstiqbol” mintaqaviy tadqiqot markazining 68-1l/78 raqam “Aholi huquqiy madaniyatini yuksaltirishda jamoatchilik ta’sirini oshirishning innovatsion yo'llarini .joriy etish” mavzusidagi grant loyihasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (“Istiqbol” mintaqaviy tadqiqot markazining 2025-yil 2-noyabrdagi 18-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlar dunyoviy va diniy dunyoqarashini uyg‘unlashtirishning tashkiliy metodik prinsiplari hamda metodlarini muvaffaqiyatli qo‘llashda manba bo‘lib xizmat qilgan; 
yoshlarning dunyoviy va diniy dunyoqarashini uyg‘un shakllantirish va rivojlantirishda diniy-ma’rifiy ta’lim-tarbiyaning e’tiqodga nisbatan mustaqil fikr yuritish, diniy qadriyatlarning mazmun-mohiyatini tushunish va tushuntirish, Allohni anglashda tabiat mo‘jizalarini ilmiy-ma’rifiy asosda o‘rganish kabi komponentlari yoshlar ongida aqida va tafakkur, e’tiqod va bilim, diniy anglash va dunyoviy idrok o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlovchi metodologik omillarga oid xulosa va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining yoshlar o‘rtasida diniy-ma’rifiy targ‘ibot ishlarini takomillashtirish, diniy bag‘rikenglik, huquqiy madaniyat va sog‘lom e’tiqodni shakllantirishga qaratilgan ma’rifiy tadbirlarini tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining 2025-yil 30-oktyabrdagi 02-02/02/1/3018-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlar o‘rtasida dunyoviy bilim va diniy-ma’rifiy savodxonlikni uyg‘un rivojlantirish, sog‘lom e’tiqod, bag‘rikenglik, huquqiy madaniyat va axloqiy mas’uliyatni shakllantirish, diniy mutaassiblik va ekstremistik g‘oyalarga qarshi ma’rifiy immunitetni kuchaytirishga xizmat qilgan;
yoshlar dunyoviy va diniy dunyoqarashini uyg‘unlashtirishning jamoaviylik, oshkoralik, keng qamrovlilik, o‘z-o‘zini tarbiyalash, o‘zaro hamjihatlik, istiqbolni ko‘zlash, onglilik, mas’uliyat, yuksak talabchanlik va inson qadr-qimmatini hurmat qilish, samarali mehnat qilishga o‘rgatish kabi tashkiliy-metodik prinsiplari hamda ishontirish, namuna ko‘rsatish, odatga aylantirish, mashq qildirish, rag‘batlantirish, tanbeh berish va jazolash metodlariga doir xulosalar, taklif va tavsiyalardan “Samarqand viloyati teleradiokanali”ning 2025-yil-“Atrof muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili” davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida yaratilgan ko‘rsatuv va eshittirishlarining senariylarini tayyorlashda, jumladan Samarqand telekanalida 2024-2025-yillarda efirga uzatilgan “Samarqand tamadduni” nomli ko‘rsatuvlar ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Samarqand viloyati teleradiokanalining 2025-yil 6-noyabrdagi 01-07/355-son ma’lumotnomasi). Natijada, Yangi O‘zbekistonda yoshlarga falsafiy tarbiya berish orqali, ularning dunyoviy va diniy dunyoqarashlarini uyg‘un shakllantirish va rivojlantirishning ma’naviy ma’rifiylikka asoslangan bilimlarining dinamik o‘sishiga xizmat qilgan;
Yangi O‘zbekiston sharoitida yoshlarning dunyoviy va diniy dunyoqarashini uyg‘un shakllantirish va rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish hamda uni bosqichma-bosqich amalga oshirish jarayonining ijtimoiy(yoshlar faolligini oshirish, barqarorlik va bag‘rikenglik muhitini mustahkamlash, hamkorlik va o‘zaro ishonchni kuchaytirish), ma’naviy (milliy qadriyatlarga hurmat, ma’naviy immunitet va mafkuraviy hushyorlikni shakllantirish), ma’rifiy (dunyoviy bilim va diniy-ma’rifiy tushunchalarni uyg‘un anglash, jaholatga qarshi ma’rifat tamoyili asosida yoshlarning intellektual salohiyatini kuchaytirish) zaruratiga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2025-yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2025-yil 11-noyabrdagi 4-10-21-6064-son ma’lumotnomasi). Natijada, har bir yoshning dunyoviy va diniy dunyoqarashlarining uyg‘unlashgan tarzda shaklanish va rivojlanishiga motivatsiya beruvchi kuch sifatida xizmat qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish