Karimov Zafarbek Atabaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi: modernizatsiya va transformatsiya jarayonlari (ijtimoiy-falsafiy yondashuv)”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.DSc/Fal333
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat pedagogika instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.F.08.02.
Rasmiy opponentlar: Turdiev Bexruz Sobirovich, falsafa fanlari doktori, professor; Xakimov Nazar Xakimovich, falsafa fanlari doktori, professor; Yaxshilikov Juraboy Yaxshilikovich, falsafa fanlari doktori, professor;
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi modernizatsiyasi va transformatsiyasining o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ta’lim va falsafaning dialektik uyg‘unligi inson, bilim va jamiyat o‘rtasidagi ontologik (insonni ijtimoiy subekt sifatida shakllantirish, jamiyat borlig‘ini ishlab chiqish), gnoseologik (bilimni o‘zlashtirish, tanqidiy-tahliliy tafakkurni rivojlantirish) va aksiologik (ma’rifat, insonparvarlik va qadriyatlarni shaxs ongiga singdirish) asosida ta’limning inson kapitalini rivojlantirish, ma’rifatli ijtimoiy muhitni shakllantirish kabi sotsial vazifalari hamda inson kamolotida axloqiy masʼuliyatni yuksaltirishi, kasbiy-intellektual salohiyatni rivojlantirishi dalillangan;
ta’lim falsafasining tarixiy-falsafiy, ijtimoiy-madaniy va gnoseologik genezisi, axloqiy-ma’rifiy, ilm, aql va komil inson g‘oyasi, ratsional bilim va erkin shaxs konsepsiyasi, akademik erkinlik, raqamli, innovatsion va global ta’lim kabi shakllanish bosqichlari hamda ssientifik (ratsional tahlil, tizimli va metodologik tadqiq qilish) xususiyatlari va empirik (islohot natijalarini tahlil qilish, universitetlar faoliyati, ta’lim sifati) kabi tajribalarni umumlashtirish xususiyatlari ochib berilgan;
Yangi O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi shakllanishining milliy xususiyatlari (ma’naviy-ma’rifiy merosga tayanish, oliy ta’limni jamiyat ehtiyojlari va mehnat bozori talablari bilan uyg‘unlashtirish), uni innovatsion modellari darajasiga ko‘tarishning ta’lim sifatini xalqaro mezonlar asosida baholash, inson kapitaliga asoslangan raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ta’lim–ilm-fan–ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish yoʻnalishlari takomillashtirilgan;
o‘zbek oliy ta’limi milliy modelini shakllantirish bilan bog‘liq modernizatsiya jarayonlarining raqobatbardoshlik va innovatsion rivojlanish kabi prinsiplari, ta’lim transformatsiyasining raqamli moslashuvchanlik, integratsiya kabi prinsiplari hamda ta’lim sifati va mehnat bozori o‘rtasida nomutanosiblik, ilmiy-innovatsion muhit shakllanmagani kabi muammolarni ta’lim dasturlarini mehnat bozori bilan uyg‘unlashtirish, akademik halollikni kuchaytirish, ilm-fan–ishlab chiqarish–biznes integratsiyasini institutsionallashtirish asosida bartaraf etish imkoniyatlari asoslab berilgan;
O‘zbekistonda oliy ta’limni rivojlantirishning milliy modelini milliy anʼanalar, etnopedagogik meros va ma’naviy-ma’rifiy qadriyatlarni ilg‘or xorijiy oliy ta’lim modellari, xalqaro sifat standartlari, ta’lim–biznes integratsiyasi, malakali kadrlar reputatsiyasi va OTMlarning ta’lim eksporti salohiyati bilan uyg‘unlashtirish, xalqaro akademik makonga integratsiyalashtirish, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ta’lim xizmatlari eksportini rivojlantirish va universitetlarning ijtimoiy-iqtisodiy ta’sirini kuchaytirish kabi tamoyillari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yangi O‘zbekistonda oliy ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va milliy o‘zbek oliy ta’lim modelini shakllantirishga qaratilgan modernizatsiya va transformatsiya jarayonlarini ijtimoiy-falsafiy tahlil qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ta’lim va falsafaning dialektik uyg‘unligi inson, bilim va jamiyat o‘rtasidagi ontologik (insonni ijtimoiy subekt sifatida shakllantirish, jamiyat borlig‘ini ishlab chiqish), gnoseologik (bilimni o‘zlashtirish, tanqidiy-tahliliy tafakkurni rivojlantirish) va aksiologik (ma’rifat, insonparvarlik va qadriyatlarni shaxs ongiga singdirish) asosida ta’limning inson kapitalini rivojlantirish, ma’rifatli ijtimoiy muhitni shakllantirish kabi sotsial vazifalari hamda inson kamolotida axloqiy masʼuliyatini yuksaltirishi, kasbiy-intellektual salohiyatini rivojlantirishiga doir ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan “Erasmus-UNICAC: O‘rta Osiyo va Xitoy universitetlari orasida bilim ayirboshlash bo‘yicha hamkorlik” xalqaro loyihasi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetining 2025-yil 28-noyabrdagi 04/11-28703-son ma’lumotnomasi). Natijada, milliy OTMlardagi modernizatsiya va transformatsiya jarayonlarini milliy anʼanalar va ilg‘or xorijiy modellar bilan sintezlash muammolariga doir amaliy takliflar ishlab chiqishga xizmat qilgan;
ta’lim falsafasining tarixiy-falsafiy, ijtimoiy-madaniy va gnoseologik genezisi, axloqiy-ma’rifiy, ilm, aql va komil inson g‘oyasi, ratsional bilim va erkin shaxs konsepsiyasi, akademik erkinlik, raqamli, innovatsion va global ta’lim kabi shakllanish bosqichlari hamda ssientifik (ratsional tahlil, tizimli va metodologik tadqiq qilish) xususiyatlari va empirik (islohot natijalarini tahlil qilish, universitetlar faoliyati, ta’lim sifati) kabi tajribalarni umumlashtirish xususiyatlariga oid yangiliklar va umumlashmalardan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 9-iyuldagi 258-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan 555838-son guvohnomaga muvofiq “Ma’naviy tarbiyaning tarixiy nazariy asoslari” nomli o‘quv qo‘llanmaning mavzularini ochib berishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2025-yil 27-noyabrdagi 02/01-01-519-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda ijtimoiy-falsafiy dunyoqarashni rivojlantirib, ularning ta’limga bo‘lgan ongli yondashuvi va ma’naviy pozisiyasini mustahkamlashga xizmat qi1gan.
Yangi O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi shakllanishining milliy xususiyatlari (ma’naviy-ma’rifiy merosga tayanish, oliy ta’limni jamiyat ehtiyojlari va mehnat bozori talablari bilan uyg‘unlashtirish), uni innovatsion modellari darajasiga ko‘tarishning ta’lim sifatini xalqaro mezonlar asosida baholash, inson kapitaliga asoslangan raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, “ta’lim – ilm – fan – ishlab chiqarish” integratsiyasini kuchaytirish yoʻnalishlariga oid tahlillar va xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyatida, jumladan, 2025-yilda tashkil qilingan “Xotin-qizlar ta’limini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha berilgan imtiyoz va imkoniyatlar haqida”gi targ‘ibot ishlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining 2026-yil 12-yanvardagi 02-03/23-son ma’lumotnomasi). Natijada, xotin-qizlarning oliy ta’lim olish imkoniyatlari, ta’lim orqali inson kapitalini rivojlantirish, ijtimoiy faollikni kuchaytirish va gender tenglikni ta’minlashga xizmat qilgan;
o‘zbek oliy ta’limi milliy modelini shakllantirish bilan bog‘liq modernizatsiya jarayonlarining raqobatbardoshlik va innovatsion rivojlanish kabi prinsiplari, ta’lim transformatsiyasining raqamli moslashuvchanlik, integratsiya kabi prinsiplari hamda ta’lim sifati va mehnat bozori o‘rtasida nomutanosiblik, ilmiy-innovatsion muhit shakllanmagani kabi muammolarni ta’lim dasturlarini mehnat bozori bilan uyg‘unlashtirish, akademik halollikni kuchaytirish, ilm-fan–ishlab chiqarish–biznes integratsiyasini institutsionallashtirish asosida bartaraf etish imkoniyatlariga oid xulosalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining targ‘ibot faoliyatida, jumladan, 2024-yil uchun chora tadbirlar dasturining II yoʻnalishida belgilangan ““Strategiya-2030” davlat dasturining targ‘ibotiga doir chora-tadbirlari” 15-bandi “Strategiya-2030” davlat dasturining ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2025-yil 19-dekabrdagi 10/864-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimini modernizatsiya va transformatsiya jarayonlarini ijtimoiy-falsafiy yondashuv asosida tahlil etishga xizmat qilgan;
O‘zbekistonda oliy ta’limni rivojlantirishning milliy modelini milliy anʼanalar, etnopedagogik meros va ma’naviy-ma’rifiy qadriyatlarni ilg‘or xorijiy oliy ta’lim modellari, xalqaro sifat standartlari, ta’lim–biznes integratsiyasi, malakali kadrlar reputatsiyasi va OTMlarning ta’lim eksporti salohiyati bilan uyg‘unlashtirish, xalqaro akademik makonga integratsiyalashtirish, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ta’lim xizmatlari eksportini rivojlantirish va universitetlarning ijtimoiy-iqtisodiy ta’sirini kuchaytirish kabi tamoyillariga oid xulosalar va amaliy tavsiyalardan “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Ta’lim va taraqqiyot”, “Xalq bilan muloqot”, “O‘zbekiston yoshlari”, “Kun mavzusi” nomli dasturlar ssenariysini (2024-2025 yy) tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasini “O‘zbekiston–24” ijodiy birlashmasi davlat muassasasi 2025-yil 30-dekabrdagi 05-09-2137-son ma’lumotnomasi). Natijada, OTMlardagi ilmiy tadqiqotlar, ijtimoiy taraqqiyot va inson omilidan samarali foydalanish muammolarini ijtimoiy-falsafiy o‘rganish, yangi-yangi fan sohalari, nazariya va ta’limotlar, ularga muvofiq esa ssientik yondashuvlarni amalga oshirishga xizmat qilgan.