Shaniyazov Userbay Buxarbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Janubiy Orolbuyi cho‘l ekotizimidagi kemiruvchilarining fon turlarining bioekologik xususiyatlari», 03.00.10–Ekologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/B247.
Ilmiy rahbar: Mambetullaeva Svetlana Mirzamuratovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.02/30.12.2019.B.79.01.
Rasmiy opponentlar: Ametov Yakub Idrisovich, biologiya fanlari doktori, dotsent; Atanazarov Quralbay Maulenovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Janubiy Orolbo‘yi cho‘l ekotizimlari kemiruvchilari fon turlarining ekologik xususiyatlarini aniqlash, ularni biotestlash va bioindeksatsiya uchun foydalanish imkoniyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqa uchun uzoq muddatli muntazam kuzatuvlar va ko‘lamli statistik materiallar asosida Janubiy Orolbo‘yi cho‘l ekotizimlari fon kemiruvchi turlarining populyasiyasi dinamikasining asosiy xususiyatlari aniqlangan;
cho‘l zonasi kemiruvchilari fon turlarining ular sonining tabiiy dinamikasi jarayonida oziq-ovqat sharoitlarining o‘zgarishlariga eng asosiy reaksiyalari baholangan;
kemiruvchi fon turlarining cho‘l ekotizmlari texnogen omillar ta’siri ostida populyasiyalarining reproduktiv xususiyatlarini ta’minlash imkoniyatlari aniqlangan.   
mavjud asinxronlanish jarayonlari ko‘rinishida  Janubiy Orolbo‘yi cho‘l ekotizimlaridagi turli xil fazoviy tuzilmalariga ega bo‘lgan kemiruvchilar fon turlarining son dinamikasi xususiyatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Janubiy Orolbo‘yi qum ekotizimlaridagi fonga oid kemiruvchilar ekologik o‘ziga xosliklari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
cho‘l ekotizmlari holati ko‘rsatkichi sifatida kemiruvchi fon turlarining xududiy-vaqtinchalik tarqalishining hozirgi holati bo‘yicha olingan ma’lumotlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tamonidan Janubiy Orolbo‘yi sharoitida mayda sutemizuvchilar faunasi bioxilma-xilligini saqlash va ekologik monitoring qilish dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining 2019 yil 28 avgustdagi 536-son  ma’lumotnomasi). Natijada, kemiruvchilar faunasi ekologik holatini va ular populyasion strukturalariga cho‘llanish va aridizatsiya jarayonlarining ta’siri hamda kemiruvchilar fonga oid turlari tarqalish areallari suksession jarayonlarini baholash imkonini bergan;
Qizilqum va Ustyurt platosining shimoliy-g‘arbiy qismida kemiruvchilarning fon turlari populyasiyalarining dinamikasi va ichki populyasion xususiyatlarini bashorat kilish uchun ishlab chiqilgan mezonlar Respublika o‘lat, karantin va o‘ta kavfli yuqumli kasalliklar muhofazasi markazi Qoraqalpog‘iston filiali amaliyotida joriy qilingan (Respublika o‘lat, karantin  va o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar muhofazasi markazi Qoraqalpog‘iston filialining 2019 yil
12 sentyabrdagi 95-son ma’lumotnomasi). Natijada, mintaqaning turg‘un rivojlanishi doirasidagi va epidemiyalogik o‘choqlar tarqalish prognozlarini o‘tkazish bo‘yicha Janubiy Orolbo‘yi cho‘l ekotizimlarini boshqarish dasturlarini tuzish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish