Ktaybekov Azamat Mamanovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon matni

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar (1991-2021 yy.), 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Tar1415.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Kobzeva Olga Petrovna, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Tar.06.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Koshanov Baxit Abdikerimovich, tarix fanlari doktori, professor; Xujamuratov Umarjon Rustamovich, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD), dotsenti.
Yetakchi tashkilot nomi: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida 1991–2021-yillar davomida bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarni tahlil qilish. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
Mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘istondagi ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarning asosiy bosqichlari aniqlandi, islohotlarning asosiy muammolari va yutuqlari ajratib ko‘rsatildi, shuningdek, mintaqa iqtisodiyoti tuzilishidagi o‘zgarishlar tahlil qilinib, sanoat, qishloq xo‘jaligi va tadbirkorlik sektorining rivojlanish sabablari ochiqlandi;
 Qoraqalpog‘iston iqtisodiyotining yangi strategik yoʻnalishi sifatida turizm sohasi, mintaqaning iqtisodiy salohiyatini shakllantirishda investisiyalar hamda tashqi iqtisodiy faoliyat va xalqaro hamkorlikning roli baholandi, bozor islohotlarining aholi turmush darajasi, bandlik darajasi, demografik o‘zgarishlar va ijtimoiy siyosatga ta'siri sabablari dalillandi;
 innovatsion texnologiyalarga asoslangan va tabiiy resurslardan samarali foydalanish orqali sanoat va qishloq xo‘jaligi sektorini modernizatsiya qilish zarurligi asoslandi;
 investisiyalarni jalb qilish samaradorligini oshirish, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish hamda mintaqada tadbirkorlik muhitini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar taklif qilindi, shuningdek, ijtimoiy siyosatni, jumladan, bandlik va uy-joy ta’minotini yaxshilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Qoraqalpog‘iston Respublikasida ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar (1991–2021-yillar)” mavzusidagi dissertatsiya tadqiqoti natijalari bir qator davlat muassasalarining amaliy faoliyatiga joriy etildi hamda hududiy rivojlanish dasturlarini ishlab chiqishda foydalanildi:
mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘istondagi ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarning asosiy bosqichlari aniqlandi, islohotlarning asosiy muammolari va yutuqlari ajratib ko‘rsatildi shuningdek, mintaqa iqtisodiyoti tuzilishidagi o‘zgarishlar tahlil qilinib sanoat, qishloq xo‘jaligi va tadbirkorlik sektorining rivojlanish sabablari ochiqlanganligi tahliliy materiallar sifatida qo‘llanildi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025-yil 24-oktyabrdagi № 12/00-01/6384-sonli ma’lumotnomasi). Dissertatsiya tadqiqoti davomida olingan xulosalar hududning barqaror rivojlanishiga qaratilgan strategik dasturlar samaradorligini oshirishga xizmat qildi hamda mintaqaviy iqtisodiyot va ijtimoiy tarixning dolzarb muammolari bo‘yicha bibliografik sharhlar tayyorlashda foydalanildi;
Qoraqalpog‘iston iqtisodiyotining yangi strategik yoʻnalishi sifatida turizm sohasi, mintaqaning iqtisodiy salohiyatini shakllantirishda investisiylar hamda tashqi iqtisodiy faoliyat va xalqaro hamkorlikning roli baholandi, bozor islohotlarining aholi turmush darajasi, bandlik darajasi, demografik o‘zgarishlar va ijtimoiy siyosatga ta’siri sabablari qo‘llanildi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2025-yil 4-noyabrdagi № 05-09/16-11/875-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu natijalardan foydalanish respublikaning tashqi iqtisodiy faoliyatini rivojlantirish va investisiya salohiyatini oshirish dasturlarini joriy etish imkonini berdi;
innovatsion texnologiyalarga asoslangan va tabiiy resurslardan samarali foydalanish orqali sanoat va qishloq xo‘jaligi sektorini modernizatsiya qilish zarurligi asoslab berilgan natijalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi tele va radio kanallarida “Yangi O‘zbekiston” va “Xabar” (qoraqalpoq tilida) ko‘rsatuvlarida foydalanildi (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi tele va radio kanali davlat muassasasining 2025-yil 28-noyabrdagi № 05-22/683-sonli ma’lumotnomasi). Bu keng jamoatchilikda tarixiy jarayonlarga qiziqishni kuchaytirish hamda vatanparvarlik va milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyaviy ishlarni mustahkamlashga xizmat qildi;
investisiyalarni jalb qilish samaradorligini oshirish, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish hamda mintaqada tadbirkorlik muhitini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar taklif qilindi, shuningdek, ijtimoiy siyosatni, jumladan, bandlik va uy-joy ta’minotini yaxshilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradio kanallarida “Yangi O‘zbekiston” va “Xabar” (qoraqalpoq tilida) ko‘rsatuvlarida qo‘llanildi. Natijada tomoshabinlarning O‘zbekiston davlatining Qoraqalpog‘istonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan siyosati haqidagi tasavvurlari kengaydi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish