O‘taganova Umida Egamberdi qizining
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Farmatsevtika sanoati rivojlanish tendensiyalarini statistik tadqiqoti” (Surxondaryo viloyati misolida), 08.00.06 - “Ekonometrika va statistika”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/Iqt6373
Ilmiy rahbar: Juraev Xusan Atamuratovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.06.04.
Rasmiy opponentlar: Bayxonov Bahodir Tursunboevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Qidirniyazov Ajiniyaz Sherniyazovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Hududlarda farmatsevtika tizimida asosiy rivojlanish tendensiyalarining ekonometrik modellarini tuzish va istiqbollarini prognozlash hamda ushbu yo‘nalishda ilmiy asoslangan takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
farmatsevtika sanoatining innovatsion faolligi indeksi (FIFI) «juda yuqori» (0.80 < FIFI ≤ 1.00), «yaxshi» (0.60 < FIFI ≤ 0.80), «o‘rta» (0.40 < FIFI ≤ 0.60), «past» (0.20 < FIFI ≤ 0.40), «juda past» (0.00 ≤ FIFI ≤ 0.20) guruhlari bo‘yicha faollik darajasi qiymatini baholash taklif etilgan;
mintaqalarda farmatsevtika sohasi rivojlanishini samarali va ishonchli ta’minlash bosqichlarining mantiqiy-tuzilmasi asosida ekonometrik modellashtirish mexanizmi taklif etilgan;
mintaqada asosiy farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarishining o‘sish tezligini vaqt yoki boshqa uzlyuksiz omillar bo‘yicha o‘zgaruvchi jarayon sifatida miqdoriy ekonometrik baholashning ((dN(t))/dt=αN(t)(1-(N(t))/N_max )+β_1 X_1 (t)-β_2 X_2 (t)+ε_t) differensial modeli taklif etilgan;
Surxondaryo viloyati asosiy farmasevtika mahsulotlari va pereparatlari ishlab chiqarish tendensiyalarining differensial ekonometrik modellari asosida 2030-yilgacha bo‘lgan prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Farmaseftika sanoatining rivojlanish tendensiyalarini iqtisodiy-statistik tahlil qilish hamda asosiy ko‘rsatkichlarini ekonometrik modellashtirish boʻyicha olingan ilmiy natijalar asosida:
farmatsevtika sanoatining innovatsion faolligi indeksi (FIFI) «juda yuqori» (0.80 < FIFI ≤ 1.00), «yaxshi» (0.60 < FIFI ≤ 0.80), «o‘rta» (0.40 < FIFI ≤ 0.60), «past» (0.20 < FIFI ≤ 0.40), «juda past» (0.00 ≤ FIFI ≤ 0.20) guruhlari bo‘yicha faollik darajasi qiymatini baholash taklifi Surxondaryo viloyat hokimining 531-8-0-Q/23-son qarorini tayyorlashda foydalanilgan (Surxondaryo viloyati hokimligining 2026-yil 17-yanvardagi 05-05/543-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, asosiy farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalarni individual yondashuv asosida qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan dasturlar ishlab chiqilgan bo‘lib, ularning amalga oshirilishi natijasida farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 1,21 barobarga o‘sishi aniqlangan;
mintaqalarda farmatsevtika sohasi rivojlanishini samarali va ishonchli ta’minlash bosqichlarining mantiqiy-tuzilmasi asosida ekonometrik modellashtirish mexanizmi bo‘yicha taklif Surxondaryo viloyat hokimining 531-8-0-Q/23-son qarorini tayyorlashda foydalanilgan (Surxondaryo viloyati hokimligining 2026-yil 17-yanvardagi 05-05/543-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklif Surxondaryo viloyatida asosiy farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish samaradorligini 6-7 foizga oshirish imkonini yaratgan;
mintaqada asosiy farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarishining o‘sish tezligini vaqt yoki boshqa uzlyuksiz omillar bo‘yicha o‘zgaruvchi jarayon sifatida miqdoriy ekonometrik baholashning ((dN(t))/dt=αN(t)(1-(N(t))/N_max )+β_1 X_1 (t)-β_2 X_2 (t)+ε_t) differensial modeli boʻyicha taklif Surxondaryo viloyat hokimining 531-8-0-Q/23-son qarorini tayyorlashda foydalanilgan (Surxondaryo viloyati hokimligining 2026-yil 17-yanvardagi 05-05/543-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish natijasida Surxondaryo viloyatida asosiy farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish qamrovi kengaytirilib, ishlab chiqarish infratuzilmasi va boshqaruv jarayonlari optimallashtirilgan, resurslardan foydalanish samaradorligi oshirilgan hamda aholining sifatli va arzon dori vositalari bilan ta’minlanish darajasi yaxshilangan;
Surxondaryo viloyati asosiy farmasevtika mahsulotlari va pereparatlari ishlab chiqarish tendensiyalarining differensial ekonometrik modellari asosida 2030-yilgacha bo‘lgan prognoz parametrlari Surxondaryo viloyat hokimining 531-8-0-Q/23-son qarorini tayyorlashda foydalanilgan (Surxondaryo viloyati hokimligining 2026-yil 17-yanvardagi 05-05/543-sonli ma’lumotnomasi). Olingan prognoz natijalari asosida Surxondaryo viloyatida asosiy farmatsevtika mahsulotlarini 2030-yilgacha ishlab chiqarish bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilib, ularning uzoq muddatli istiqboldagi o‘sish tendensiyalari belgilangan.