Tursunov Ikrom No‘mon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kungaboqar navlarini maqbul sug‘orish tartibida ko‘p o‘zgaruvchan chiziqli regressiya modeli asosida hosildorlikni baholash uslubini takomillashtirish”.06.01.02 - “Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/T5785
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Axmedov Sharifboy Ro‘zievich, texnika fanlari nomzodi, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qarshi davlat texnika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/2025.27.12.T.17.02. raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar:
Sherov Anvar G‘ulomovich – Texnika fanlari doktori, (DSc), professor.
Quvvatov Dilshod Ashuralievich – Texnika fanlari falsafa doktori,
(PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Buxoro viloyatining kungaboqar navlarini maqbul sug‘orish tartibida etishtirish sharoitida agroiqlim va sug‘orish omillarini kompleks hisobga olgan holda ko‘p o‘zgaruvchan chiziqli regressiya modeli asosida hosildorlikni baholash uslubini takomillashtirish, modelning aniqligi va ishonchliligini oshirish hamda hosildorlikni prognozlashning amaliy samaradorligini kuchaytirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Kungaboqar hosildorligini baholash uchun agroiqlim omillari va sug‘orish rejimlarini birgalikda hisobga oluvchi ko‘p o‘zgaruvchan regressiya modeli ishlab chiqilib hamda asosiy omillar ta’siri aniqlanib, turli sharoitlarda hosildorlikni aniq prognozlash imkoni takomillastirilgan;
hosildorlikni prognozlash jarayonida sug‘orish tartibi va agroiqlim omillari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik matematik modellashtirish asosida asoslandi hamda ushbu omillarning birgalikdagi ta’siri hosildorlik o‘zgarishini aniqlash va aniq prognozlashda asosiy omil ekanligi takomillashtirilgan;
model parametrlarini aniqlash va optimallashtirish orqali hosildorlikni baholash aniqligi oshirildi, ya’ni regressiya modelining asosiy koeffisientlari tajriba ma’lumotlari asosida sozlanib, prognozlash xatoliklari kamaytirildi hamda natijalarning ishonchliligi takomillashtirilgan.
maqbul sug‘orish sharoitida hosildorlikni prognoz qilishning yangi uslubiy yondashuvi taklif etilib, agroiqlim omillari va sug‘orish me’yorlari ko‘p o‘zgaruvchan regressiya modeli asosida ularning ta’siri miqdori aniq prognozlash usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Er osti suvlari ta’sirida maqbul sug‘orish sharoitida etishtiriladigan kungaboqar navlari hosildorligini morfologik ko‘rsatkichlar asosida:
“Takroriy ekin sifatida etishtirilgan “Dushko F1” va “Dilbar” kungaboqar navlarini er osti suvlari sharoitida sug‘orishda sug‘orish oldi tuproq namligini ChDNSga nisbatan 70–75–70 % rejimda saqlash hamda suv resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar Buxoro viloyatining suv tanqis fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 5-iyundagi 02/19-2515-sonli ma’lumotnomasi). Natijada mavsumiy sug‘orish me’yorlarini maqbullashtirish hisobiga “Dushko F1” navida 214,42 m³/ga va “Dilbar” navida 309,09 m³/ga suv sarfi ta’minlanib, sug‘orish suvidan foydalanish samaradorligi oshirildi hamda 6,7–8,4 % gacha suv tejalishi imkoni yaratilgan;
kungaboqar navlari hosildorligini morfologik ko‘rsatkichlar asosida ko‘p omilli chiziqli regressiya modellari yordamida oldindan baholash bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar Buxoro viloyatidagi tajriba maydonlari va fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 5-iyundagi 02/19-2515-sonli ma’lumotnomasi). Natijada “Dushko F1” (R²=0,85) va “Dilbar” (R²=0,82) navlari uchun ishlab chiqilgan regressiya modellar asosida hosildorlikni oldindan aniqlash imkoniyati yaratilib, sug‘orish tartiblarini maqbullashtirish asosida 23,5 s/ga va 16,0 s/ga don hosili olishga erishilgan.