Karimova Lola Muzafarovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xotin-qizlar ijtimoiy mobilligini takomillashtirish qonuniyatlarining Yangi O‘zbekistonga xos namoyon bo‘lish xususiyatlari”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/Fal297
Ilmiy maslahatchi: Sharipov Abduxakimjon Ziyoitdinovich, falsafa fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.F.08.02.
Rasmiy opponentlar: Safarova Nigora Olimovna, falsafa fanlari doktori, professor; Nurmatova Mukarram Axmedovna, falsafa fanlari doktori, professor; Sodiqova Shoxida Marhaboevna, sotsiologiya fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi xotin-qizlar ijtimoiy mobilligini takomillashtirish qonuniyatlarining O‘zbekistonda namoyon bo‘lish xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xotin-qizlar ijtimoiy mobilligini ta’minlovchi gorizontal (oila va nikoh, ta’lim, mehnat, madaniyat, ijtimoiy muhit) va vertikal (siyosiy partiyalar, davlat boshqaruvi, fuqarolik jamiyati institutlari, kasbiy o‘sish va migratsiya) harakatlar tizimining ayollar ijtimoiy maqomining yangilanishi, teng imkoniyatli muhitning shakllanishi va faol ijtimoiy subekt sifatida namoyon bo‘lishidagi funksional-integrativ roli aniqlangan;
modernizatsion islohotlar sharoitida xotin-qizlar ijtimoiy mobilligini harakatga keltiruvchi qadriyatlar, ta’lim, kasbiy o‘sish, iqtisodiy mustaqillik, ijtimoiy tan olinish kabi ichki ma’naviy-psixologik motivlar tizimi xotin-qizlarning shaxsiy salohiyatini ijtimoiy kapitalga aylantirish, maqom o‘sishini jadallashtirish va islohotlarga daxldorlik tuyg‘uֲlarini rivojlantirishi dalillangan;
xotin-qizlar ijtimoiy mobilligining ontologik (maqom, resurs, madaniy-huquqiy, dinamik komponentlar) va antropologik (ehtiyoj, manfaatdorlik, kompetentlik, identiklik, adaptivlik elementlar) xususiyatlari asosida ijtimoiy mobillikni takomillashtirishning institutsional imkoniyatlarni shaxsiy salohiyatga o‘tish, shaxsiy salohiyatni ijtimoiy kapitalga aylanish, ijtimoiy kapitalni maqom o‘sishiga olib kelish, maqom o‘sishi ijtimoiy masʼuliyat va tashabbuskorlikni rivojlantirish qonuniyatlari ochib berilgan;
O‘zbekistonda “Besh muhim tashabbus” xotin-qizlar ijtimoiy mobilligiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi gender stereotiplarini (xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini tor doirada tushunish) yumshatish, ijtimoiy disproporsiyalarni (ta’lim, kasb, ish bilan ta’minlanish, tadbirkorlik imkoniyatlarining cheklanganligi) kamaytirish, institutsional to‘siqlarni (ijtimoiy o‘sishga to‘sqinlik qiluvchi tashkiliy, huquqiy, iqtisodiy, ta’lim va boshqaruvga oid muammolar) bartaraf etishi hamda xotin-qizlarning ijtimoiy resurslardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishi, iqtisodiy mustaqilligini kuchaytirishi asoslab berilgan;
xotin-qizlar ijtimoiy mobilligini takomillashtirishda davlat (huquqiy, tashkiliy va moliyaviy sharoit yaratish), mahalla (manzilli ijtimoiy himoya va real ehtiyojni aniqlash), ta’lim (bilim, kasb va kompetensiya berish), fuqarolik jamiyati institutlari (tashabbus, ijtimoiy ishtirok va jamoaviy faollikni kuchaytirish), OAV va raqamli muhit (ijtimoiy ong, huquqiy madaniyat va stereotiplarni o‘zgartirishi) hamda mehnat bozori subektlari (bandlik, kasbiy o‘sish va iqtisodiy mustaqillik imkoniyatlarini kengaytirish) o‘rtasidagi konstruktiv ijtimoiy hamkorlik zarurati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xotin-qizlar ijtimoiy mobilligini takomillashtirish qonuniyatlarining Yangi O‘zbekiston sharoitida namoyon bo‘lish xususiyatlarini ijtimoiy-falsafiy tahlil etish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
xotin-qizlar ijtimoiy mobilligini ta’minlovchi gorizontal (oila va nikoh, ta’lim, mehnat, madaniyat, ijtimoiy muhit) va vertikal (siyosiy partiyalar, davlat boshqaruvi, fuqarolik jamiyati institutlari, kasbiy o‘sish va migratsiya) harakatlar tizimining ayollar ijtimoiy maqomining yangilanishi, teng imkoniyatli muhitning shakllanishi va faol ijtimoiy subekt sifatida namoyon bo‘lishidagi funksional-integrativ roliga doir yangilik va takliflardan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2025-2029 yillarga mo‘ljallangan Saylovoldi dasturining “III. Oilani mustahkamlash, ayollar va yoshlarga munosib sharoitlar yaratish” bobi “3.1. Oila instituti va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash” hamda “3.2. Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash” yo‘nalishlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashining 2025-yil 17-iyundagi 02/05-96-son ma’lumotnomasi). Natijada, partiya yo‘l xaritasida belgilangan dasturlarini amalga oshirishga, partiya tizimidagi xodimlarning ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish, o‘quv-uslubiy hamda mafkuraviy targ‘ibot ishlarini xolisona yoritishda ilmiy manba bo‘lib xizmat qilgan;
modernizatsion islohotlar sharoitida xotin-qizlar ijtimoiy mobilligini harakatga keltiruvchi qadriyatlar, ta’lim, kasbiy o‘sish, iqtisodiy mustaqillik, ijtimoiy tan olinish kabi ichki ma’naviy-psixologik motivlar tizimi xotin-qizlarning shaxsiy salohiyatini ijtimoiy kapitalga aylantirish, maqom o‘sishini jadallashtirish va islohotlarga daxldorlik tuyg‘ularini rivojlantirishiga oid ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, gender tenglik madaniyatini mustahkamlash, oilada va jamiyatda ayolning ijtimoiy mavqeini yuksaltirishga qaratilgan faoliyatida, 2025-yilda ma’naviy ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining III yo‘nalishida belgilangan “Milliy g‘oya targ‘ibotini kuchaytirish, jamiyatda sog‘lom mafkura, yangi ma’naviy makon, ma’rifatli jamiyatni barpo etishga qaratilgan chora-tadbirlar”ni tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2026-yil 24-fevralfagi 10/128-son ma’lumotnomasi). Natijada, xotin-qizlarning jamiyatdagi ijtimoiy faolligini oshirish, ularning huquqiy va ma’naviy madaniyatini yuksaltirish, gender tenglikka doir ijtimoiy qarashlarni sog‘lomlashtirish hamda oilada ayolning tarbiyaviy, ma’naviy va ijtimoiy maqomini mustahkamlashga qaratilgan targ‘ibot materiallarini mazmunan boyitishga va ma’naviy-ma’rifiy ishlarning ta’sirchanligini oshirishga xizmat qilgan;
xotin-qizlar ijtimoiy mobilligining ontologik (maqom, resurs, madaniy-huquqiy, dinamik komponentlar) va antropologik (ehtiyoj, manfaatdorlik, kompetentlik, identiklik, adaptivlik elementlar) xususiyatlari asosida ijtimoiy mobillikni takomillashtirishning institutsional imkoniyatlarni shaxsiy salohiyatga o‘tish, shaxsiy salohiyatni ijtimoiy kapitalga aylanish, ijtimoiy kapitalni maqom o‘sishiga olib kelish, maqom o‘sishi ijtimoiy masʼuliyat va tashabbuskorlikni rivojlantirish qonuniyatlariga oid materiallar, xulosa va takliflardan Buxoro davlat universitetida davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida bajarilgan OT-F1-002 raqamli “Yoshlarda milliy g‘oya va mafkuraviy immunitetni shakllantirishning psixologik mexanizmlari” (2019-2023 yy) fundamental loyiha doirasida amaliy tavsiyanoma va metodik qo‘llanma ishlab chiqishda foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2026-yil 17-fevraldagi 01-11-05/1038-son ma’lumotnomasi). Natijada, xotin-qizlar faolligini oshirish, ularning ijtimoiy masʼuliyatini kuchaytirish va davlat hamda jamoat tuzilmalari bilan muloqot madaniyatini rivojlantirish samaradorligini ortishiga xizmat qilgan;
O‘zbekistonda “Besh muhim tashabbus” xotin-qizlar ijtimoiy mobilligiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi gender stereotiplarini (xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini tor doirada tushunish) yumshatish, ijtimoiy disproporsiyalarni (ta’lim, kasb, ish bilan ta’minlanish, tadbirkorlik imkoniyatlarining cheklanganligi) kamaytirish, institutsional to‘siqlarni (ijtimoiy o‘sishga to‘sqinlik qiluvchi tashkiliy, huquqiy, iqtisodiy, ta’lim va boshqaruvga oid muammolar) bartaraf etishi hamda xotin-qizlarning ijtimoiy resurslardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishi, iqtisodiy mustaqilligini kuchaytirishiga doir yangiliklar va tavsiyalardan Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Respublika markazi faoliyatida, jumladan “Ayollar ijtimoiy faolligini baholash indeksi”ni takomillashtirishda va “Faol xotin-qizlar” reestrini yaratish bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqishda, “Ayollar va ma’naviyat”, “Oila barqarorligi va ijtimoiy madaniyat” mavzusidagi seminar-trening materiallarini tayyorlashda hamda Demokratiya va inson huquqlari instituti faoliyatida, xususan, “Ayollar huquq va manfaatlarini himoya qilish” bo‘yicha monitoring jarayonlarida, “Xotin-qizlar huquqlarini ta’minlash va gender tenglikni rivojlantirish” mavzusidagi tahliliy hisobotlarni hamda amaliy tavsiyanoma va metodik qo‘llanma ishlab chiqishda foydalanilgan (Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Respublika markazining 2025-yil 20-oktyabrdagi 17-son hamda Demokratiya va inson huquqlari institutining 2026-yil 5-fevraldagi 10-son ma’lumotnomasi ma’lumotnomalari). Natijada, qo‘mita faoliyatida xotin-qizlar ijtimoiy faolligini rag‘batlantirish, ularning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlash va oila barqarorligini mustahkamlashga, davlat va jamoat tashkilotlari faoliyatida ayolning ijtimoiy subekt sifatidagi maqomini mustahkamlashga hamda inson huquqlari sohasida ayollar ishtirokini kengaytirish, ularning siyosiy ishonchini mustahkamlash va jamiyatdagi mavqeini oshirish bo‘yicha tashkiliy, ma’naviy va huquqiy mexanizmlar amaliyotga tatbiq etishga xizmat qilgan;
xotin-qizlar ijtimoiy mobilligini takomillashtirishda davlat (huquqiy, tashkiliy va mg‘oliyaviy sharoit yaratish), mahalla (manzilli ijtimoiy himoya va real ehtiyojni aniqlash), ta’lim (bilim, kasb va kompetensiya berish), fuqarolik jamiyati institutlari (tashabbus, ijtimoiy ishtirok va jamoaviy faollikni kuchaytirish), OAV va raqamli muhit (ijtimoiy ong, huquqiy madaniyat va stereotiplarni o‘zgartirishi) hamda mehnat bozori subektlari (bandlik, kasbiy o‘sish va iqtisodiy mustaqillik imkoniyatlarini kengaytirish) o‘rtasidagi konstruktiv ijtimoiy hamkorlik zaruratiga oid ilmiy natijalaridan “O‘zbekiston” telekanalida 2025-yil yanvar-dekabr oylari davomida efirga uzatilgan “Munosabat”, “Echimi bor”,“Ayol baxti, “Ko‘ngil obodligi” kabi ko‘rsatuvlar ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasi davlat muassasasining 2026-yil 16-martdagi 05-09-445-son ma’lumotnomasi). Natijada, teledastur va ko‘rsatuvlar orqali jamiyatda ayollarning ta’lim, mehnat va ijtimoiy hayotdagi faolligini oshirish hamda ularning islohotlarga daxldorlik qadriyatlarini mustahkamlashga xizmat qilgan.