Islomov Ilhom Mustonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Nasos stansiyalarining oqiziq tutuvchi suzuvchi moslamasini takomillashtirishni asoslash” 05.09.06 – “Gidrotexnika va melioratsiya qurilishi”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2025.3.PhD/T6047
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Rustam Xo‘jaqulov, texnika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy - tadqiqot institutida bajarilgan
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qarshi davlat texnika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/2025.27.12.T.17.02. raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Shakirov Baxtiyar Maxmudovich- texnika fanlari doktori, professor; Rahmatov Norqobul - texnika fanlari doktori, dotsent;
Yetakchi tashkilot: Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Nasos stansiyasining oqiziq tutuvchi suzuvchi moslamasini takomillashtirishni asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
avtomatik boshqaruv moduli va gidrodinamik flyugerlar bilan jihozlanganligini inobatga olib, o‘rnatish burchagi α = 45–50° oralig‘ida o‘z-o‘zidan moslashtiruvchi suzuvchi konstruksiya ishlab chiqilgan;
to‘g‘onsiz suv olish inshootlari uchun suzuvchi moslama konstruksiyalarini hisoblashning nazariy asoslari yaratilgan: ikkita ingichka qanot atrofidagi kavitatsion oqim integral tenglamalar tizimi sifatida ifodalanligini inobatga olib, diskret xususiyatlar usuli yordamida kavitatsion bo‘shliq uzunliklari l₁, l₂ va kavitatsion son σ orasidagi bog‘liqliklar sonli olingan;
o‘zi boshqariladigan suzuvchi konstruksiya atrofidagi nostatsionar uch o‘lchovli oqimning gidrodinamik xususiyatlari aniqlanganligi asosida o‘rnatish burchagi β = 45–75° da maksimal tashish qobiliyati, Re = 1,04–1,62×10⁶ da turbulent rejim saqlanishi isbotlangan;
yarim ellips shaklidagi qanot profilining (λ = 2,6; ε = 0,335) gidrodinamik xususiyatlariga geometrik parametrlar ta’siri aniqlanganligini inobatga olib, maksimal sifat α = 1–2° hujum burchagida, qarshilik koeffisienti laminar rejimda 0,002, turbulent rejimda 0,01 gacha o‘zgarishini hisoblash matematik modeli orqali asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Nasos stansiyalarining oqiziq tutuvchi suzuvchi moslamasini takomillashtirishni gidravlik asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
oqiziq tutuvchi suzuvchi qurilma konstruksiyasi va ularning o‘tkazish qobiliyatini hisoblash usuli takomillashtirilgan, nostatsionar uch o‘lcho‘vli oqim harakatining gidrodinamik xususiyatlarini aniqlash usullari, konstruksiyaning qanot profilini geometrik parametrlarini inobatga olib uning gidrodinamik xususiyatlariga ta’sirini aniqlangan hamda hisoblash uchun ishlab chiqilgan matematik model va to‘g‘onsiz suv olish inshootlari uchun oqiziq tutuvchi suzuvchi moslama konstruksiyalari sinfini hisoblashning nazariy asoslari joriy etilgan. (Suv xo‘jaligi vazirligining 12.01.2026 y.dagi 04/20-120-sonli malumotnomasi). Natijada nasos stansiyasi avankamerasini oqiziqlardan tozalash va energiya xarajatlarini 8-10 % ga tejash imkoniyati yaratilgan.
nasos stansiyalari oldida to‘plangan suzuvchi jismlarni tozalash uchun ishlab chiqilgan suzuvchi qurilma konstruksiyasi va ularning texnologiyasi ishlab chiqilgan bo‘lib, nostatsionar uch o‘lcho‘vli oqim harakatining gidrodinamik xususiyatlarini aniqlash usullari joriy etilgan. (Suv xo‘jaligi vazirligining 12.01.2026 y.dagi 04/20-120-sonli malumotnomasi). Natijada ushbu qurilma keltiruvchi kanalga suv olishda oqiziqlar va loyqa miqdorini ushlab qolinishini ta’minlab, nasos stansiyasiga suv olinishini 5-8 % ga oshirish imkoniyati yaratilgan.