Sabirova Nargiza Nusratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yog‘li mahsulotlar sifatini oshirish va ozuqaviy xavfsizligini ta’minlash», 02.00.17–Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/T440.
Ilmiy rahbar: Abduraximov Saidakbar Abduraxmanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Dodaev Kuchkor Odilovich, texnika fanlari doktori, professor; Qurbonov Jamshed Majidovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: «Yog’-moy sanoati korxonalari uyushmasi».
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: paxta, soya, zig‘ir moylari asosida shortening yog‘lari va margarin mahsulotlarini olish texnologiyasini ishlab chiqish va ozuqaviy xavfsizligini ta’minlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxta, soya va zig‘ir moylari asosida shortening yog‘lari olish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
yog‘li shorteninglarning ozuqaviy qiymati va xavfsizligi aniqlangan;
yangi turdagi yog‘li shorteninglarning tarkibi va resepturasi yaratilgan;
yog‘li shorteninglarning kristallanish xususiyatlari aniqlangan;
yog‘li shorteninglarning haroratga bardoshlilik xususiyatlari aniqlangan;
yog‘li shorteninglar asosida margarin mahsulotlarni ishlab chiqarish texnologiyasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yog‘li mahsulotlar sifatini oshirish va ozuqaviy xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tarkibida to‘yintirilgan paxta (10-90 %) va soya (40-60 %) moylarini qo‘llab, shortening yog‘larining yangi resepturaviy tarkibi «Toshkent yog‘-moy kombinati» AJ korxonasida amaliyotga joriy etilgan («O‘zyog‘moysanoati» uyushmasining 2019 yil 12 sentyabrdagi GP/3-1257-son ma’lumotnomasi). Natijada, mahalliy xomashyolardan shortening yog‘i olish imkonini bergan;
yaratilgan shortening yog‘lari asosida margarin mahsulotlari olish texnologiyasi «Toshkent yog‘-moy kombinati» AJ korxonasida amaliyotga joriy etilgan («O‘zyog‘moysanoati» uyushmasining 2019 yil 12 sentyabrdagi GP/3-1257-son ma’lumotnomasi). Natijada margarin mahsulotlarining yog‘ miqdorini 10–15%ga oshirish, tayyor mahsulot turlarini 50%ga, ozuqaviyligini 95–98%ga oshirish, xavfsizligini 100% ta’minlash va tannarxini 15%ga kamaytirish imkonini bergan.