Sattarov Farrux Quchqar o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “YO‘llardagi muzlamalarni eritish uchun atrof-muhitga zarar etkazmaydigan vosita olish texnologiyasi”, 11.00.05 –Atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/T6609
Ilmiy rahbar: Erkabaev Furqat Ilyasovich, texnika fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.18/2025.27.12.T.01.01 raqamli ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Po‘latov Xayrulla Lutpullaevich, kimyo fanlari doktori, professor. Keldiyorova Gulmira Farhodovna, texnika fanlari falsafa doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi. Texnika yo‘nalishi. Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yo‘llardagi muzlamalarni eritish uchun atrof-muhitga zarar etkazmaydigan vosita olish texnologiyasini ishlab chiqish maqsadida yo‘llarda muzlamalarni eritish uchun sepiladigan natriy xlorid asosidagi vositaning o‘rniga, yo‘l bo‘yidagi o‘simliklarga va atrof-muhitga salbiy ta’siri nisbatan kam bo‘lgan vosita olish va amaliyotda qo‘llashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yo‘llardagi muzlamalarni eritish uchun NaCl asosidagi vositalarning o‘rniga  Ca(NO3)2 asosidagi vosita qo‘llanganda,  Ca(NO3)2 ning yumshoq ta’siri tufayli yo‘l chetidagi  daraxtlar va o‘simliklar rivoji jadallashib, salbiy ta’siri keskin kamayishi hisobiga belgilangan hududda yashil massa 20 % ga oshganligi aniqlangan;
muzlamalarni eritish uchun NaCl asosidagi vositaning o‘rniga  Ca(NO3)2 asosidagi taklif qilinayotgan vosita qo‘llanilganda -210C gacha past xaroratlarda yo‘llardagi muzlamalarni 95-98 % eritishi aniqlangan;
taklif etilayotgan yangi Ca(NO3)2 asosidagi vosita muzlamalarni eritishi bilan birga daraxt va o‘simliklarni Ca2+ elementlari bilan ta’minlashi natijasida ularning tanasi mustahkamlanib, immuniteti ortishi hisobiga tajriba maydonidagi yashil qoplamalar rivojlanishi 18-21 % oshganganligi aniqlangan.
yo‘llardagi muzlamalarni eritishda ekologik va korroziyaviy omillarni inobatga olgan holda Ca(NO₃)₂ asosidagi reagent hamda korroziyaga qarshi ingibitor qo‘llanilganda, avtomobil qismlarining korroziyalanish darajasi NaCl ga nisbatan 7,2 marta, atrof-muhitga salbiy ta’siri esa 15,5 marta kamayishi ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. YO‘llarda muzlamalarni eritish uchun  atrof-muhitga zarar etkazmaydigan vosita  olish texnologiyasi  bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yo‘llardagi muzlamalarni eritish uchun NaCl asosidagi vositalarning o‘rniga  Ca(NO3)2 asosidagi vosita “GRANT ShARQ OMADI” MChJ da amaliyotga joriy qilingan (2025-yil 29-oktyabrdagi 03-03/1-03/3-11022-sonli Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi ma’lumotnomasi). Natijada 960 kg nisbatan kam zararli Ca(NO3)2 asosidagi yo‘llardagi muzlamalarni eritish vositasi etkazib berilgan.
muzlamalarni eritish uchun NaCl asosidagi vositaning o‘rniga Ca(NO3)2 asosidagi taklif qilinayotgan vosita Toshkent shahar obodonlashtirish boshqarmasida joriy etilgan (2025-yil 29-oktyabrdagi 03-03/1-03/3-11022-sonli Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi ma’lumotnomasi). Natijada qish mavsumida -80C xaroratda yo‘llardagi muzlamalarni samarali eritdigan.  
belgilangan hududlarda yo‘llardagi muzlamalarni eritish uchun yangi Ca(NO3)2 asosidagi o‘simliklarga oziqa hisoblanuvchi vosita Toshkent shahar obodonlashtirish boshqarmasida joriy etilgan (2025-yil 29-oktyabrdagi 03-03/1-03/3-11022-sonli Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi ma’lumotnomasi). Natijada daraxt va o‘simliklarning tanasi mustahkamlanib, immuniteti ortishi hisobiga tajriba maydonidagi yashil massa 18-21 % ortganligi aniqlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish