Abdullaev Botir Baxtiyor o‘g‘lining
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Intellektual tizimlar vositasida talabalarning kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish nazariyasi va amaliyoti”, 13.00.06– Raqamli ta’lim nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Ped1203
Ilmiy maslahatchi: Mamarajabov Mirsalim Elmirzaevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jizzax politexnika instituti, PhD.03/2025.27.12.T.20.01.
Rasmiy opponentlar: pedagogika fanlari doktori (DSc), professor Askarov Ixtiyor Baxtiyorovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent Allambergenova Muxabbat Xasanbaevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor O‘rinov Uyg‘un Abdullaevich.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi intellektual tizimlar vositasida talabalarning kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish bo’yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
intellektual tizimlar vositasida talabalarning kasbiy tayyorgarligini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari xorijiy ilg‘or tajribalarning adaptiv transferini intellektual tizimlarning didaktik xususiyatlari va funksiyalariga implementatsiya qilish orqali aktivlashtirish, hamda professional faoliyatga yo‘naltirilgan funksional birliklarga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
intellektual tizimlar vositasida talabalarning kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish modeli ta’lim tamoyillarini zamonaviy pedagogik yondashuvlarga kooperatsiyalash, fanlararo integratsiya va modullashtirishning tarkibiy qismlari, raqamli hamda ochiq ta’lim resurslari va talabalarning moslashtirilgan o‘quv traektoriyalarini ta’lim dasturlari va materiallariga tizimli tatbiq etish asosida takomillashtirilgan;
intellektual tizimlar vositasida talabalarning kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish texnologiyasi kasbiy yo‘naltirilgan intellektual tizim konfiguratsiyasini tanlov fanlarini belgilash jarayoniga qo‘llash, kurs loyihasi va amaliyot bosqichlarini raqamli formatga integratsiyalashgan refleksiya tizimi orqali mashg‘ulot topshiriqlarini kasbiy faoliyatning funksional segmentlari bilan konvergensiyalash hamda sun’iy intellekt asosida shaxsiylashtirilgan mustaqil ta’lim topshiriqlari tanlovi tizimini diversifikatsiya qilish asosida takomillashtirilgan;
intellektual tizimlar vositasida talabalarning kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish metodikasi kognitiv-analitik yondashuvga asoslangan raqamli rejalashtirish, texno-didaktik kompleks muhitida ta’lim jarayonining barqarorligi va moslashuvchanligini ta’minlash hamda kasbiy rivojlanish jarayonining individuallashtirilgan tuzulmasini bir butun metodologik tizimda mujassamlashtirish asosida takomillashtirilgan;
intellektual tizimlar vositasida talabalarning kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish samaradorligi kasbiy baholash mezonlariga tayangan holda intellektual monitoring bosqichlarida yuqori, o‘rta va quyi darajalarni aniqlash hamda kasbiy tayyorgarlik komponentlarini spiral-metodologik jarayonida progresiv rivojlantirish parametrlarini sinergetik transformatsiyalash va bilim darajasining dinamikasini ta’minlash asosida oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Intellektual tizimlar vositasida talabalarning kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish bo’yicha olingan natijalar asosida:
intellektual tizimlar vositasida talabalarning kasbiy tayyorgarligini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari xorijiy ilg‘or tajribalarning adaptiv transferini intellektual tizimlarning didaktik xususiyatlari va funksiyalariga implementatsiya qilish orqali aktivlashtirish, hamda professional faoliyatga yo‘naltirilgan funksional birliklarga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirishga oid tavsiyalar “Axborot texnologiyalari” nomli darsligi mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 23-yanvardagi 01/01-01-29-sonli ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning kasbiy tayyorgarligi raqamli va intellektual kompetensiyalar bilan boyib, o‘quv jarayonining amaliy yo‘naltirilganligi, individuallashuvi va samaradorligi sezilarli darajada oshishiga xizmat qilgan;
intellektual tizimlar vositasida talabalarning kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish modeli ta’lim tamoyillarini zamonaviy pedagogik yondashuvlarga kooperatsiyalash, fanlararo integratsiya va modullashtirishning tarkibiy qismlari, raqamli hamda ochiq ta’lim resurslari va talabalarning moslashtirilgan o‘quv traektoriyalarini ta’lim dasturlari va materiallariga tizimli tatbiq etish asosida takomillashtirishga oid takliflar “60720400 – Texnologik mashinalar va jihozlar” bakalavriat ta’lim yo‘nalishining Malaka talablarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining 2026-yil 14-apreldagi 02-12-119-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim jarayonining ilmiy-metodik asoslanganligi va moslashuvchanligi kuchayib, talabalarning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish samaradorligi hamda individual rivojlanish traektoriyalari ta’minlanishiga erishilgan;
intellektual tizimlar vositasida talabalarning kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish texnologiyasi kasbiy yo‘naltirilgan intellektual tizim konfiguratsiyasini tanlov fanlarini belgilash jarayoniga qo‘llash, kurs loyihasi va amaliyot bosqichlarini raqamli formatga integratsiyalashgan refleksiya tizimi orqali mashg‘ulot topshiriqlarini kasbiy faoliyatning funksional segmentlari bilan konvergensiyalash hamda sun’iy intellekt asosida shaxsiylashtirilgan mustaqil ta’lim topshiriqlari tanlovi tizimini diversifikatsiya qilish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangier filialining 01/15-003 raqamli “Bo‘lajak muhandis kadrlarning umumkasbiy kompetensiyalarini innovatsion va raqamli texnologiyalar vositasida takomillashtirish mexanizmi” nomli amaliy loyihasida foydalanilgan (Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangier filialining 2026-yil 13-apreldagi № 01-22/356-sonli ma’lumotnomasi). Natijada kasbiy tayyorgarlik jarayoni raqamli-refleksiv asosda tashkil etilib, talabalarning amaliy kompetensiyalari, mustaqil o‘rganish faolligi va kasbiy faoliyatga moslashuvchanligi sezilarli darajada oshishiga erishilgan.
intellektual tizimlar vositasida talabalarning kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish metodikasi kognitiv-analitik yondashuvga asoslangan raqamli rejalashtirish, texno-didaktik kompleks muhitida ta’lim jarayonining barqarorligi va moslashuvchanligini ta’minlash hamda kasbiy rivojlanish jarayonining individuallashtirilgan tuzulmasini bir butun metodologik tizimda mujassamlashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari” nomli darsligi mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 23-yanvardagi 01/01-01-29-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim jarayonining metodik yaxlitligi va adaptivligi kuchayib, talabalarning kasbiy kompetensiyalarni ongli egallashi hamda o‘z-o‘zini rivojlantirishga yo‘naltirilgan faoliyati samaradorligi oshishiga xizmat qilgan
intellektual tizimlar vositasida talabalarning kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish samaradorligi kasbiy baholash mezonlariga tayangan holda intellektual monitoring bosqichlarida yuqori, o‘rta va quyi darajalarni aniqlash hamda kasbiy tayyorgarlik komponentlarini spiral-metodologik jarayonida progresiv rivojlantirish parametrlarini sinergetik transformatsiyalash va bilim darajasining dinamikasini ta’minlash asosida oshirishga oid takliflar “Kompyuterli boshqarish tizimlari” nomli darsligi mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 23-yanvardagi 01/01-01-29-sonli ma’lumotnomasi). Natijada baholashning tizimli va intellektual monitoringga asoslangan mexanizmlari orqali talabalarning kasbiy tayyorgarlik darajalari aniq differensiallashib, ularning barqaror va bosqichma-bosqich kasbiy rivojlanishi ta’minlangan.