Zokirova Nargiza Savrievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i):
“Muallif tafakkurini resipient lingvokognitiv olam manzarasiga moslashda tarjima transformatsiyalarining roli”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan: №B2022.4.PhD/Fil2943
Ilmiy rahbar: Qosimova Nafisa Farhodovna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.08.08
Rasmiy opponentlar: Jo‘raeva Malohat Muhammadovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Davlatova Muhayyo Hasanovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi. Muallif tafakkurini resipient kognitiv olam manzarasiga moslashda tarjima transformatsiyalarining rolini aniqlashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
muallif tafakkurini resipient kognitiv olami manzarasiga moslashda mutarjim va resipient olami manzaralari orasidagi tafovutlarni hisobga olgan holda grammatik, leksik, pragmatik, madaniy kabi tarjima transformatsiyalarining amaliyoti tarjimonning lisoniy, kognitiv va lingvomadaniy kompetensiyalari negizida amalga oshishi dalillangan;
tarjimon muallifning olamni idrok etishdagi kognitiv modelini anglash va uni resipientning dunyoqarashi va madaniy tajribasiga moslashtirish uchun tarjima amaliyotini semantik, sintaktik, pragmatik va stilistik transformatsiyalarga murojaat qilib amalga oshirishi asoslangan;
milliylikni ifodalovchi realiyalar, tarixiy so‘zlar va madaniy kodlangan lisoniy birliklarni tarjima qilishda transkripsiya, kalkalash, perifrazalash, ekvivalensiya, analog, kompensatsiya, generalizatsiya singari tarjima transformatsiyalarining funksionalligi ustivorlik kasb etishi aniqlangan;
badiiy tarjima jarayonida til egalari tafakkuridagi tafovut, til birligini nutqda qo’llashning turli tendensiyalari, so’z, so’z birikmasi, gapning ma’no va qiymatidagi farqlar tufayli yuzaga keladigan madaniyatlararo va lingvistik nomutanosiblik holatlarini bartaraf etishda lingvomadaniy, pragmatik, kognitiv transformatsiyalarning mahsuldorligi isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Muallif tafakkurini resipient lingvokognitiv olam manzarasiga moslashda tarjima transformatsiyalarining roli tadqiqini amalga oshirish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
muallif tafakkurini resipient kognitiv olam manzarasiga moslashda mutarjim va resipient olam manzaralari orasidagi tafovutlarni hisobga olgan holda grammatik, leksik, pragmatik, madaniy kabi tarjima transformatsiyalarining amaliyoti tarjimonning lisoniy, kognitiv va lingvomadaniy kompetensiyalari negizida amalga oshishiga oid nazariy xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2017-2020-yillarga bajarilgan OT-F1-030 “O‘zbek adabiyoti tarixi” ko‘p jildlik monografiyasini (7 jild) chop etish” mavzuidagi fundamental loyihasida foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 27-oktyabrdagi 01/10-2268-son ma’lumotnomasi). Natijada milliy va jahon adabiyotlari tarjimasining millat hamda tarjimon tafakkurini shakllantirishdagi rolini asoslashga xizmat qilgan;
tarjimon muallifning kognitiv modelini anglash va uni resipientning dunyoqarashi va madaniy tajribasiga moslashtirish uchun semantik, sintaktik, pragmatik, stilistik transformatsiyalarga murojaat qilib amalga oshirishiga oid nazariy xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida Evropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi doirasida 2016-2018-yillarda amalga oshirilgan “561624-ERR-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS + CBHE IMEP: “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” nomli xalqaro loyihada foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023-yil 31-oktyabrdagi №995/02-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha ishtirokchilari va mutaxassislarining o‘zbek va ingliz tillarida qo‘llaydigan bilimlarini oshirishga, matnlarning leksik, semantik qatlamidagi lingvopragmatik xususiyatlarini til o‘zlashtirish asosi sifatida talqin etishga imkon bergan;
milliylikni ifodalovchi realiyalar, tarixiy so‘zlar, milliy koloritni ifodalovchi so‘zlarni tarjima qilishda transkripsiya, kalkalash, perifrazalash, ekvivalensiya, analog, kompensatsiya, generalizatsiya singari tarjima transformatsiyalarining funksionalligi tarjimon lisoniy shaxsi kognitivlik nuqtai nazaridan tanlanishi bilan bog‘liq xulosa va natijalardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasida “Assalom, Buxoro”, “Ayol va jamiyat” ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyat teleradiokampaniyasining 2023-yil 20-sentyabrdagi 02-09-266-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashtirilib, ilmiy dalillarga boy bo‘lishiga erishilgan va ko‘rsatuvning ilmiy-ommabopligi ta’minlangan;
badiiy tarjima jarayonida til egalari tafakkuridagi tafovut, til birligini nutqda qo’llashning turli tendensiyalarining mavjudligi, so’z, so’z birikmasi, gapning ma’no va qiymatidagi farqlar tufayli yuzaga keladigan madaniyatlararo va lingvistik nomutanosiblik holatlarini bartaraf etishda lingvomadaniy, pragmatik, kognitiv transformatsiyalar samarali usul ekanligiga doir ilmiy xulosalaridan Oliy ta’limning 60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili) ta’lim yo‘nalishi talabalariga mo‘ljallangan “Tarjima nazariyasi va amaliyoti” nomli darslikni yaratishda foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2024-yil 19-sentyabrdagi 02/5488-son ma’lumotnomasi). Natijada muallif tafakkurini resipient lingvokognitiv olam manzarasiga moslashtirish tarjimonning tajribasi va mohirligi orqali shakllanishi, tarjimaning lingvomadaniy jihatlari talqiniga doir materiallar orqali “Tarjima nazariyasi va amaliyoti” fanining amaliy qismlari takomillashtirilgan.