Saidova Muxayyo Umediloevnaning
filologiya fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi,ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i):
“Ingliz badiiy diskursida kogerensiya ta’minotida kogeziv vositalar funksionalligi”, 
10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan: № B2025.2.DSc/Fil1003
Ilmiy maslahatchi: Mirzaev Ibodullo Kamolovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti DSc.03/2025.27.12.Fil.08.08
Rasmiy opponentlar: Xajieva Feruza Melsovna, filo1ogiya fanlari doktori (DSc), professor; Nasrullaeva Nafisa Zafarovna, filo1ogiya fanlari doktori (DSc), professor; Satimova Dilafruz Numonjonovna filo1ogiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. ingliz badiiy diskursida kogerensiya ta’minotida kogeziv vositalar funksionalligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz badiiy diskursida kogeziv vositalarning kogerensiyani shakllantirishdagi funksional roli grammatik vositalar: referensiya, ellipsis, substitusiya, bog‘lovchilar hamda leksik vositalar: sinonim, antonim, giponim, meronim, leksik bog‘lanma (kollokatsiya)lar badiiy matn izchilligi va mazmuniy yaxlitligini ta’minlashda birlamchi qiymat kasb etishi aniqlangan;
ingliz badiiy diskursdagi ma’no va mazmun yaxlitligini ta’minlovchi diskurs markerlar va deiktik birliklar matnni idrok etishga taʼsir koʻrsatadigan omil hamda uning  kontekstual-pragmatik salohiyatini belgilashda ustuvor vositalar ekanligi isbotlangan;
ingliz badiiy diskursida gaplar o‘rtasidagi mantiqiy bog‘lig‘lanishlar, kommunikativ maqsadlar aniq ifodalanmagan, biroq tushunilishi lozim bo‘lgan tagma’no, implikatura hamda oldindan mavjud bo‘lgan bilimlarga asoslangan tushuncha, presuppozisiya kogerensiyaning pragmatik asosda namoyon bo‘lishidagi samaradorligi dalillangan;
mental model nazariyasi negizida ingliz badiiy diskursining subekt bilim, tajriba va idroki darajasiga qarab, turlicha talqin qilinishi mumkinligini aniqlashda freym, skript, ssenariy, sxema kabi kognitiv mexanizmlar ta’sirida resipient ongida yuzaga keladigan izchillik qoliplarining shakllanishi kogerensiya darajasiga bevosita ta’sir ko‘rsatishi asoslangan;
ingliz badiiy diskursida kognitiv mantiqiy xulosa (inferensiya) resipientga matn ma’nolari tizimini, mavzuning kutilmaganda o‘zgarishi natijasida yuzaga keladigan lisoniy va g‘ayrilisoniy holatlarni tushunishda, hikoyaning kontekstual ma’no qirralari va kogerensiyasini ta’minlashda muhim omil ekanligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Dissertatsiyada Ingliz badiiy diskursida kogerensiya ta’minotida kogeziv vositalar funksionalligi tadqiqini amalga oshirish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
ingliz badiiy diskursida kogeziv vositalarning kogerensiyani shakllantirishdagi funksional roli grammatik vositalar: referensiya, ellipsis, substitusiya, bog‘lovchilar hamda leksik vositalar: sinonim, antonim, giponim, meronim, leksik bog‘lanma (kollokatsiya)lar badiiy matn izchilligi va mazmuniy yaxlitligini ta’minlashda birlamchi qiymat kasb etishiga doir nazariy xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan OT-F1-029 sonli “O‘zbek davlatchiligi tarixida sug‘diy til va yozuvining tutgan o‘rni (mil.av.II – milodiy XII asrlar)” mavzuidagi fundamental loyihasida foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 3-iyundagi №01/4-2269-son ma’lumotnomasi). Natijada badiiy diskursga oid nazariy bilimlarni amaliy tahlil bilan uyg‘unlashtirish orqali kommunikativ kompetensiyani oshirish imkoniyati yaratilgan;
ingliz badiiy diskursdagi ma’no va mazmun yaxlitligini ta’minlovchi diskurs markerlar va deiktik birliklar matnni idrok etishga taʼsir koʻrsatadigan omil hamda uning  kontekstual-pragmatik salohiyatini belgilashda ustuvor vositalar ekanligi bilan bog‘liq xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2020-2023-yillarda bajarilgan AM-F3-201908172 “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” mavzuidagi amaliy loyihasida foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 3-iyundagi №01/4-2270-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz badiiy diskursga oid nazariy ma’lumotlarni pragmatik tahlili orqali diskursiv kompetensiyani o‘rganish imkoniyati yaratilgan;
ingliz badiiy diskursida gaplar o‘rtasidagi mantiqiy bog‘lig‘lanishlar, kommunikativ maqsadlar aniq ifodalanmagan, biroq tushunilishi lozim bo‘lgan tagma’no, implikatura hamda oldindan mavjud bo‘lgan bilimlarga asoslangan tushuncha, presuppozisiya kogerensiyaning pragmatik asosda namoyon bo‘lishidagi ustivorligiga doir xulosalardan Buxoro davlat universitetida AQSh Elchixonasi tomonidan moliyalashtirilgan  SUZ80021IN3103-raqamli loyiha doirasida tashkil etilgan “Amerika adabiyoti klubi”da o‘tkazilgan Jon Steynbek, Frensis Skott Fisdjerald va Ernest Xeminguey kabi amerika yozuvchilarining adabiy mahorati tahliliga bag‘ishlangan xorijiy loyihani bajarishda foydalanilgan (Urganch davlat universitetining 2025-yil 12-maydagi № 06/3059-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarga xorijiy til o‘rgatishda o‘qituvchilar tomonidan lingvota’limshunoslik terminlaridan samarali foydalanish imkoniyati yaratilgan. 
mental model nazariyasi negizida ingliz badiiy diskursining subekt bilim, tajriba va idroki darajasiga qarab, turlicha talqin qilinishi mumkinligini aniqlashda freym, skript, ssenariy, sxema kabi kognitiv mexanizmlar ta’sirida resipient ongida yuzaga keladigan izchillik qoliplarining shakllanish kogerensiya darajasiga bevosita ta’sir ko‘rsatishiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-noyabrdagi 673-sonli buyrug‘iga asosan berilgan №673-13 raqamli nashr guvohnomasi asosida 70230101 – Lingvistika (ingliz) mutaxassisligi talabalari uchun “Textlinguistics” nomli o‘quv qo‘llanmasini yaratishda foydalanilgan (Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2025-yil 16-maydagi №3226-son ma’lumotnomasi). Natijada kogeziya va kogerensiyaning til va nutqdagi o‘rni, qo‘llanishi, funksional xususiyatlariga doir nazariy hamda faktik materiallar orqali o‘quv adabiyoti mazmuni takomillashtirilgan; 
ingliz badiiy diskursida kognitiv mantiqiy xulosa (inferensiya) resipientga matn ma’nolari tizimini, mavzuning kutilmaganda o‘zgarishi natijasida yuzaga keladigan lisoniy va g‘ayrilisoniy holatlarni tushunishda, hikoyaning kontekstual ma’no qirralari va kogerensiyasini ta’minlashda muhim omil ekanligiga oid xulosalardan “Buxoro” telekanalining “Assalom, Buxoro”, “Najot bilimda” teleko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2025-yil 13-maydagi  №01-09-100-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashtirilib, ilmiy dalillarga boy bo‘lishiga erishilgan va ko‘rsatuvning ilmiy-ommabopligi ta’minlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish