Maxmudov Timur Baxodirovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Buqoqning toksik shakllarini tashxislash va jarrohlik davolashga kompleks yondashuv», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.DSc/Tib1149.
Ilmiy rahbar: Sherbekov Ulugbek Axrarovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.17.03.
Rasmiy opponentlar: Sattarov Oybek Toxirovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc), professor. Jong Woo Kim, tibbiyot fanlari doktori, professor (Koreya Respublikasi). Raxmanov Qosim Erdanovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy xirurgiya markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: 
buqoqning toksik shakllari bilan og‘rigan bemorlarni jarrohlik amaliyoti ko‘lamini aniqlash, jarrohlik texnikasi va operatsiyadan oldingi tayyorgarlikni takomillashtirishga kompleks yondashuvni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali jarrohlik davolashning uzoq muddatli natijalarini yaxshilashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ilk bor qalqonsimon bez to‘qimasidagi o‘zgarishlarning morfologik shakllari, tireotrop antitanachalar (AT rTTG) faolligi darajasi va bajarilgan operatsiya hajmiga bog‘liq holda tireotoksikoz residivining prognostik omillari aniqlangan;
ilk bor qalqonsimon bez to‘qimasining morfologik o‘zgarishlari qalqonsimon bezning autoimmun stimulyasiyasi darajasiga bevosita bog‘liqligi va qalqonsimon bezning autoimmun stimulyasiyasi darajasi past bo‘lganda (AT rTTG<1,5 Ed/l) tireoid epiteliyning sklerozlanish va almashinish jarayonlari ustunlik qilishi, autoimmun stimulyasiya darajasi yuqori bo‘lganda esa proliferativ va giperplastik jarayonlar ustunlik qilishi aniqlangan;
ilk bor toksik bo‘qoqda AT rTTG titri yuqori bo‘lganda (≥1,5 Ed/l) TE bajarish maqsadga muvofiqligi va ≈1,5 Ed/l darajasida qalqonsimon bezning subtotal rezeksiyasi bilan operatsiya hajmini tanlash mezonlari taklif etilgan;
buqoqning toksik shakllari bo‘lgan, kechishi tireostatiklarga dorilarni ko‘tara olmaslik bilan asoratlangan bemorlarni operatsiyadan oldingi tayyorlashda diskret plazmaferezning yuqori samaradorligi isbotlangan;
ul`tratovushli dissektor-aspirator (CUSA) yordamida strumektomiyani bajarishning texnik jihatlarini takomillashtirish qalqonsimon arteriya tuzilmalarini xavfsiz ajratish, qaytuvchi hiqildoq nervi, qalqonsimon oldi bezlarini aniqlash va shu bilan intraoperatsion asoratlar xavfini kamaytirishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Buqoqning toksik shakllarini tashxislash va jarrohlik davolashga kompleks yondashuv bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida (O‘zbekiston Respublikasi SSV huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 12.01.2026 y. 01/42-son xulosasi):
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor qalqonsimon bez to‘qimasidagi o‘zgarishlarning morfologik shakllari, tireotrop antitanachalar (AT rTTG) faolligi darajasi va bajarilgan operatsiya hajmiga bog‘liq holda tireotoksikoz residivining prognostik omillari aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand shahar sog‘liqni saqlash bo‘limi (20.08.2025 y. 2996-7-107-TB/2025-son) va “Zarmed Pratiksha Hospitals Group” klinikasi (12.03.2025 y. 148 – son) buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: toksik bo‘qoqni jarrohlik yo‘li bilan davolashning uzoq muddatli natijalarini o‘rganish asosida kasallikning qaytalanishi rivojlanishi bilan davolashning qoniqarsiz natijalari chastotasi autoimmun stimulyasiya darajasi va jarrohlik aralashuvi hajmi bilan bog‘liq bo‘lgan qalqonsimon bez to‘qimalarining morfologik o‘zgarishlariga bog‘liqligi aniqlangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: bo‘qoq qaytalanishining prognostik omillarini aniqlash orqali davolash hamda diagnostika algoritmi bilan davolash odatda umumiy o‘rtacha 3 894 562 so‘m (Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasi preyskurantiga ko‘ra). Bemorlarning barcha laborator-instrumental tekshirishlariga jami 732 400 so‘m sarflanadi. Bemorlarda to‘liq iqtisod qilingan qiymat 824 600 so‘mni tashkil etadi (bir nafar bemor uchun). Xulosa: qalqonsimon bezning subtotal rezeksiyasi operatsiyasidan keyin tireotoksikoz residivi rivojlanishining prognostik ahamiyatga ega omili TTG reseptorlariga nisbatan operatsiyadan oldingi antitanachalar titrining me’yor chegarasiga teng yoki undan yuqori bo‘lishi hisoblanadi (referens qiymat 1,5 Ed/l). AT rTTG darajasi va kasallikning qaytalanishi rivojlanishi o‘rtasida yuqori darajadagi to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liqlik aniqlandi (+0,715, p<0,05).
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor qalqonsimon bez to‘qimasining morfologik o‘zgarishlari qalqonsimon bezning autoimmun stimulyasiyasi darajasiga bevosita bog‘liqligi va qalqonsimon bezning autoimmun stimulyasiyasi darajasi past bo‘lganda (AT rTTG<1,5 Ed/l) tireoid epiteliyning sklerozlanish va almashinish jarayonlari ustunlik qilishi, autoimmun stimulyasiya darajasi yuqori bo‘lganda esa proliferativ va giperplastik jarayonlar ustunlik qilishi aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand shahar sog‘liqni saqlash bo‘limi (20.08.2025 y. 2996-7-107-TB/2025-son) va “Zarmed Pratiksha Hospitals Group” klinikasi (12.03.2025 y. 148 – son) buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: TT bilan og‘rigan bemorlarda qalqonsimon bezda operatsiya hajmini individual tanlash usuli ishlab chiqilgan, shu bilan birga morfologik nuqtai nazardan tireotrop gormon retseptorlariga (AT rTTG) antitanachalar titri referens qiymatdan (1,5 Ed/l) yuqori bo‘lgan bemorlarda tireotoksikozning qaytalanish xavfi yuqori ekanligi tasdiqlangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: tireoperoksidazaga qarshi antitanachalar titri yuqori bo‘lgan bemorlarda total tireoidektomiyaning bajarilishi kasallik qaytalanishini oldini olishi hisobiga bemorlarni shifoxonaga takroriy yotqizilishi, hamda operatsiya o‘tkazilishini oldini olishi hisobiga har bir bemorda o‘rtacha 3,768,000 so‘m (Samarqand SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasi ko‘ra) iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: qalqonsimon bez to‘qimasining morfologik o‘zgarishlari bevosita qalqonsimon bezning autoimmun stimulyasiyasi darajasiga bog‘liq. Qalqonsimon bez autoimmun stimulyasiyasining past darajasida (AT rTTG 1,5 Ed/l) proliferativ o‘zgarishlar yaqqol namoyon bo‘lmaydi, balki sklerozlanish va tireoid epiteliyning almashinish jarayonlari ustunlik qiladi. Qalqonsimon bezning autoimmun AT stimulyasiyasi darajasi oshganda rTTG≥1,5 Ed/l bo‘lsa, proliferativ va giperplastik jarayonlar ustunlik qiladi.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor toksik bo‘qoqda AT rTTG titri yuqori bo‘lganda (≥1,5 Ed/l) TE bajarish maqsadga muvofiqligi va ≈1,5 Ed/l darajasida qalqonsimon bezning subtotal rezeksiyasi bilan operatsiya hajmini tanlash mezonlari taklif etilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand shahar sog‘liqni saqlash bo‘limi (20.08.2025 y. 2996-7-107-TB/2025-son) va “Zarmed Pratiksha Hospitals Group” klinikasi (12.03.2025 y. 148 – son) buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: qalqonsimon bezning subtotal rezeksiyasi operatsiyasini kasallikning qaytalanish xavfini minimallashtirish imkoniyati bilan bajarish mumkinligi asoslangan va isbotlangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: ultratovushli dissektor aspirator (CUSA) ning qo‘llanilishi tireoidektomiya operatsiyasidan keyin kuzatilishi mumkin bo‘lgan qon ketish, gipoparatireoz, qaytuvchi hiqildoq nervining vaqtinchalik, yoki turg‘un parezi kabi asoratlarni oldini olish imkonini bergan. Natijada bemorlarning shifoxonada bo‘lish davomiyligining 3 kunga qisqartirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 775,000 so‘mga (Samarqand ShTB ning preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 225,000 so‘mni tashkil qiladi), reabilitatsiya sarf xarajatlariga 2,350,000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: DTB bilan og‘rigan bemorlarda operatsiya hajmini tanlash mezoni TTG reseptorlariga antitanachalar darajasi deb hisoblanishi kerak. AT rTTG titri yuqori bo‘lgan bemorlarga (≥1,5 Ed/l) tireoidektomiya, autoimmun stimulyasiya darajasi past bo‘lgan bemorlarga (<1,5 Ed/l) qalqonsimon bezning subtotal rezeksiyasi operatsiyasini o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. Bunday taktika salbiy natijalar rivojlanishining nisbiy xavfini 63,4% ga kamaytirishga imkon beradi va nisbiy foydaning 15,2% ga oshishiga olib keladi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: buqoqning toksik shakllari bo‘lgan, kechishi tireostatiklarga dorilarni ko‘tara olmaslik bilan asoratlangan bemorlarni operatsiyadan oldingi tayyorlashda diskret plazmaferezning yuqori samaradorligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand shahar sog‘liqni saqlash bo‘limi (20.08.2025 y. 2996-7-107-TB/2025-son) va “Zarmed Pratiksha Hospitals Group” klinikasi (12.03.2025 y. 148 – son) buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: bo‘qoqning toksik shakllari bilan og‘rigan bemorlarni operatsiyadan oldin tayyorlashda diskret plazmaferezdan foydalanish taklif etilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: tireostatiklarnining nojo‘ya ta’siri bo‘lgan, hamda uzoq muddat davomida tireotoksikozni medikamentoz bartaraf etish imkonsiz bo‘lgan toksik bo‘qoq bilan bemorlarni davolashda plazmaning bilvosita elektrokimyoviy oksigenatsiyasi va qo‘shimcha ozonlashtirilishi orqali diskret plazmaferezi, hamda detoksikatsiya qilingan plazmaning keyingi reinfuziyasi usulining amaliyotda qo‘llanilishi: bemorning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 5 kunga qisqartirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 1,125,000 so‘mga kamaytirgan (Samarqand SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasi ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 225,000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 130 000 so‘m dori vositalari sarflanadi). Xulosa: ultratovushli dissektor-aspirator (CUSA) yordamida qalqonsimon bezda jarrohlik amaliyotlarini bajarishning texnik jihatlarini takomillashtirish tomirlarni xavfsiz ajratish, qaytuvchi hiqildoq nervi tutamini, paratireoid bezlarni identifikatsiya qilish va operatsiyadan keyingi yaqin asoratlar (qon ketish, qaytuvchi hiqildoq nervi parezi, gipoparatireoz) chastotasini 19,6% dan 2,8% gacha kamaytirish imkonini berdi, operatsiyaning murakkab bosqichlarini 15,8±0,9 dan 6,7±0,5 daqiqagacha (r<0,001), operatsiyaning umumiy davomiyligini 92,7±4,8 dan 63,4±3,6 daqiqagacha (r<0,001) qisqartirishga erishildi. Jarrohlik davolashda ishlab chiqilgan kompleks yondashuv bo‘qoqning toksik shakllarida tireotoksikoz residivini bartaraf etish bilan davolash natijalarini yaxshilashga imkon berdi, taqqoslash guruhida esa bu ko‘rsatkich 16,1% ni tashkil etdi. 
beshinchi ilmiy yangilik: ul`tratovushli dissektor-aspirator (CUSA) yordamida strumektomiyani bajarishning texnik jihatlarini takomillashtirish qalqonsimon arteriya tuzilmalarini xavfsiz ajratish, qaytuvchi hiqildoq nervi, qalqonsimon oldi bezlarini aniqlash va shu bilan intraoperatsion asoratlar xavfini kamaytirishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand shahar sog‘liqni saqlash bo‘limi (20.08.2025 y. 2996-7-107-TB/2025-son) va “Zarmed Pratiksha Hospitals Group” klinikasi (12.03.2025 y. 148 – son) buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: ul`tratovushli dissektor-aspiratorni qo‘llash qalqonsimon tomirlarni ajratish va traxeyaning oldingi yuzasini bo‘shatish bosqichlarini sezilarli darajada soddalashtirdi va bu bilan operatsiyaning murakkab bosqichlarini 2 martadan ko‘proq va operatsiyaning umumiy davomiyligini 1,5 baravarga qisqartirishga, operatsiyadan keyingi yaqin asoratlar (qon ketish, qaytuvchi hiqildoq nervi parezi, gipoparatireoz) chastotasini kamaytirishga erishildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: operatsiya hajmini tanlashning prognostik omillariga asoslangan tavsiya etilgan davolash-diagnostika algoritmining qo‘llanilishi bemorning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 4 kunga qisqartirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 1,100,000 so‘mga kamaytirgan (Samarqand SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasi ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 225,000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bemorlarni tekshirishga ketgan o‘rtacha xarajatni 465,000 so‘mga (Samarqand SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasi ko‘ra umumiy tekshiruv xarajatlari 1,236,000 so‘m) iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: tireotoksikozning og‘ir shakllari va tireostatiklarni ko‘tara olmasligi bo‘lgan bemorlar guruhida plazmaferez usulini qo‘llash eutireozga erishishga, yurak-qon tomir tizimi funksiyasini normallashtirishga olib keladi va operatsiyadan keyingi erta davrda tireotoksik kriz holatlarini bartaraf etishga imkon beradi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish