Atanazarova Shoxida Baxramovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):  “Reklama matnida perlokusiya va illokusiya (ingliz va o‘zbek tillari misolida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Fil4615. 
Ilmiy rahbar: Xamroeva Shahlo Mirdjanovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat chet tillari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, DSc.03/2025.27.12.Fil.32.02.
Rasmiy opponentlar: Shaxabitdinova Shoxida Xoshimovna, filologiya fanlari doktori, professor; Kurbanov Elbek Elmuradovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillarida reklama matnida illokusiya va perlokusiya xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
reklama matni nutqiy akt nazariyasi asosida kompleks tarzda tahlil qilinib, unda illokusiya reklama beruvchining strategik kommunikativ niyati va maqsadli yo‘naltirilgan ta’sirini ifodalovchi asosiy komponent, perlokusiya esa adresat ongida yuzaga keladigan kognitiv, emotsional va xulqiy reaksiyalar majmuyi sifatida talqin qilinib, ularning o‘zaro bog‘liqligi yagona lingvopragmatik model doirasida asoslangan;
ingliz va o‘zbek tili reklama matnlarida illokutiv va perlokutiv aktlarni ifodalovchi leksik, morfologik va sintaktik vositalar majmuyi aniqlanib, funksional-semantik jihatdan tizimlashtirilgan, ushbu vositalarning reklama matnida ta’sirchanlikni kuchaytirish, auditoriyani ishontirish va harakatga undashdagi o‘zaro integratsiyalashgan roli dalillangan;
ingliz va o‘zbek reklama diskursi qiyosiy-pragmatik aspektda o‘rganilib, ingliz tilida individuallik, to‘g‘ridan-to‘g‘ri va tezkor ta’sir strategiyalarining ustuvorligi, o‘zbek tilida esa milliy-madaniy qadriyatlar, ijtimoiy munosabatlar va bilvosita ta’sir mexanizmlariga asoslangan kommunikativ strategiyalarning yetakchiligi aniqlanib, ularning farqlovchi lingvopragmatik xususiyatlari ochib berilgan;
sun’iy intellekt, maishiy xizmat va ta’lim yo‘nalishidagi reklama matnlari asosida reklama diskursida illokusiyadan perlokusiyaga o‘tishning bosqichli pragmatik mexanizmi (kommunikativ niyat ‒ lingvistik vositalar orqali ifodalash ‒ adresat ongiga ta’sir ‒ xulqiy reaksiyaga undash) modeli ishlab chiqilib, mazkur modelning amal qilish qonuniyatlari real til materiallari asosida dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Reklama matnida illokusiya va perlokusiya (ingliz va o‘zbek tillari misolida) mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
dissertatsiyada reklama matnida nutqiy aktlarning ifodalanish usullari, ularning lingvistik xususiyatlarini avtomatik tahlil qilish, tasniflash va til ta’limida ta’limiy resurslarni shakllantirish vositasi sifatida qo‘llashga doir xulosalaridan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida 2020-2023-yillarda bajarilgan AM-F3-201908172. “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” mavzusidagi loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 15-aprelrdagi 01/4-1391-sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek tilidagi ijobiy/salbiy/betaraf so‘zlar o‘quv lug‘ati”ni yaratishda muhim manba  xulosalari asosida chiqarilgan taklif va tavsiyalarning amaliyotga tadbiq etilishi yuzasidan erishilgan ijobiy natijalar amaliy loyiha doirasida elektron platforma, nazariy va amaliy materiallar tayyorlashda muhim manba bo‘lib xizmat qilgan;
dissertatsiyada ingliz tili reklama matnida illokusiya va perlokusiyani ifodalovchi leksik, morfologik vositalar, sintaktik qurilmalar va ularning vazifalari, shuningdek, o‘zbek tilida qoldirilgan ijtimoiy tarmoq sharhlarini ijobiy, salbiy va betaraf tarzida uch guruhga ajratish, bu orqali foydalanuvchilar fikrini o‘rganish, xizmat sifatini yaxshilash hamda vaqt sarfini qisqartirishda asosiy vosita sifatida qo‘llashga doir xulosalaridan Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida “G‘o‘zaning Orol bo‘yi tuproq-iqlim sharoitiga mos, tola sifati jahon talablariga javob beruvchi hamda yuqori tola chiqimiga ega mahalliy navlarni yaratish va davlat nav sinoviga berish” mavzusidagi 2023-2024 yillarga mo‘ljallangan ilmiy-amaliy loyihasida belgilangan vazifalarga ko‘ra loyiha mutaxassisligiga oid ilmiy adabiyotlarni tarjima qilishda foydalanildi (O‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 13-maydagi 36/11-32-sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek tilida ijobiy, salbiy va betaraf so‘zlar bo‘yicha o‘quv lug‘atini yaratishda asosiy manbalar asosida ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalarni amalda qo‘llash natijasida muvaffaqiyatli natijalarga erishildi. Ushbu yutuqlar loyiha doirasida elektron platforma va nazariy-amaliy materiallar ishlab chiqarishda muhim resurs sifatida xizmat qilgan.
dissertatsiyada dunyo tilshunosligida turli tizimli tillarda reklama matnida perlokusiya va illokusiyani ifodalovchi vositalarni tadqiq etish, ingliz tilida sun’iy intellekt sohasi, maishiy xizmat va marketingga oid reklama matnlari misolida illokusiya va perlokusiyaning ifodalanish xususiyatlarini o‘rganish, reklama sohasi terminologik lug‘atlarini ishlab chiqish hamda turli tizimli tillarda soha terminlarining ekvivalentligini o‘rganish masalalari yoritilgan. Ushbu masalalarning dolzarbligiga doir xulosalar Davlat texnik dasturlari doirasida Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida “Qoraqalpog‘iston mahalliy qovun navlari genefondini tashkil etish va eksportbob navlarining elita urug‘larini tezkor usulda etishtirish” mavzusidagi 2023-2025 yillarga mo‘ljallangan ilmiy-innovatsion loyihasida belgilangan vazifalarga ko‘ra loyiha mutaxassisligiga oid ilmiy adabiyotlarni tarjima qilishda foydalanildi (O‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 13-maydagi 36/11-36-sonli ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqot xulosalari asosida chiqarilgan taklif va tavsiyalarning amaliyotga tadbiq etilishi yuzasidan erishilgan ijobiy natijalaridan amaliy loyiha doirasida elektron platform, nazariy va amaliy materialllar tayyorlashda muhim manba bo‘lib xizmat qilgan.
dissertatsiyada o‘zbek tili reklama matnining lingvistik va struktur belgilari, maishiy va ta’lim mavzusidagi reklama matnlarida illokusiya va perlokusiyani ifodalovchi leksik, morfologik vositalar hamda sintaktik qurilmalar tahlil qilingan. Reklama matnlarining illokutiv va perlokutiv xususiyatlarini bilish lingvistik ekspertiza o‘tkazish, reklama matnlarining qonunchilikka muvofiqligini tekshirish uchun ham muhim ekanligi bo‘yicha ilmiy xulosalar Qoraqalpog‘iston teleradiokanalining “Hayal ham jamiet” dasturida har bir soha uchun alohida terminologik bir tilli va ko‘p tilli lug‘atlar ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokanalining 2025-yil 5-maydagi 2264-sonli ma’lumotnomasiga muvofiq). Natijada, illokusiya (so‘zlovchining niyati) va perlokusiyani (tinglovchiga ta’siri) o‘rganish reklama ta’sirining yashirin mexanizmlarini ochib berishga xizmat qilgan. Reklama matnining lingvistik xususiyatlarini tadqiq etish lingvistikaning pragmalingvistika, matn lingvistikasi va madaniyatlararo muloqot kabi bo‘limlarining rivojlanishiga amaliy hissa qo‘shishi masalalari dissertatsiyada atroflicha yoritib berilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish