Sharipova Nilufar Egamnazarovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar: Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ingliz, nemis va o‘zbek tillaridagi maqollarning struktur-semantik va lingvokulturologik tadqiqi (Yaxshilik va yomonlik ma’nosini ifodalovchi maqollar misolida)”, 10.00.06 - Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Fil5160
Ilmiy rahbar: Mahmudova Nigora Bahromovna, Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Fil.22.04.
Rasmiy opponentlar: Sarimsaqov Xurshid Abdimalikovich, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Akmal Xamidjonovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: Nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
II.Tadqiqotning maqsadi Ingliz, nemis va o‘zbek tillaridagi maqollarning struktur-semantik va lingvomadaniy xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ingliz, nemis va o‘zbek tillaridagi maqollarning strukturaviy tahlilini amalga oshirish natijasida aniqlangan sintaktik struktura asosan darak, so‘roq, buyruq, his-hayajon gaplar, ot kesimli gaplar, sodda yig‘iq va sodda yoyiq gaplar singari katta guruhlarda bo‘lingan holda aniqlangan.  
ingliz, nemis va o‘zbek tillaridagi yaxshilik va yomonlik ma’nosini ifoda etgan maqollarning semantik xususiyatlarini tahlili yordamida ularni good-bad, gut-schlecht, yaxshi-yomon kabi semantik maydonlarda dikki asosli oppozisiyalarda asoslangan;
chog‘ishtirilayotgan tillardagi maqollarning mavzulashtirish muammolari o‘rganilib, tahlil uchun somatik, flora, fauna, toponim, numerativ, kasbga oid komponentlar ishtirokidagi maqollar guruhlarda tasniflanib, traslotologik muammolarini o‘rganish hamda ularni bartaraf etish usullari dalillangan; 
chog‘ishtirilib o‘rganilayotgan tillardagi yaxshilik va yomonlik ma’nosini ifodalovchi maqollar tarkibidan madaniyatni o‘zida aks ettirgan turli lingvokulturemalar aniqlanib, ularning mutanosibligi va o‘zaro farqlari misollar yordamida asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz, nemis va o‘zbek tillaridagi maqollarning lingvokulturologik xususiyatlarini tadqiq qilish jarayonida olingan nazariy ishlanmalar va amaliy natijalar asosida: 
ingliz, nemis va o‘zbek tillaridagi maqollarning o‘rganilish tarixi sharhlari, ularning strukturaviy va semantik tahlili natijasida o‘xshash va farqli xususiyatlari aniqlanishi hamda chog‘ishtirilayotgan  tillaridagi maqollarning mavzulashtirish muammolarini o‘rganilib, tahlil uchun olingan maqollar turli mavzular ko‘lamida guruhlangan holda tasnif etilishi natijalariga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan olib borilgan FA-F1-G003 «Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi» («Funksional`noe slovoobrazovanie v sovremennom karakalpakskom yazike») hamda FA-A1-G007 «Qoraqalpoq naql - maqollari lingvistik tadqiqot obekti sifatida» mavzularidagi fundamental va ilmiyamaliy loyihalarda tatbiq etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2022-yil 16-martdagi 53-son ma’lumotnomasi). Natijada  ingliz, nemis va o‘zbek tili mutaxassislariga tillardagi milliy maqollarning tarixi tizimli sharhlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni etkazib berish hamda tillarni o‘zaro chog‘ishtirish jarayonidagi muammolarni bartaraf etib adekvatlikka erishishga asos bo‘lgan;
ingliz, nemis va o‘zbek tillaridagi maqollarning lingvokulturologik xususiyatlarini tahlil qilib, ular o‘rtasidagi o‘xshash va farqli jihatlari xususidagi ilmiy xulosalardan ilmiy – nazariy xulosalaridan O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi “Foreign languaGES” telekanalining “GOOD MORNING UZBEKISTAN!”, “Classic stories”, “Speaking” va “Master English” dasturlari kabi ko‘rsatuvlarning ssenariylarini yozishda foydalanilgan. Natijada ilmiy natijalarning qo‘llanilishi teleko‘rsatuvlarning xalqchilligi va qiziqarliligini oshirgan, tarjima jarayonidagi tavsiyalar xorijiy ko‘rsatuvlar tarjimasi sifatini oshirishga xizmat qilgan. (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi “Foreign languaGES” telekanalining 2024-yilning 25-apreldagi     05-05-561-son dalolatnomasi);     
chog‘ishtirilib o‘rganilayotgan tillardagi maqollarning o‘zaro qiyosiy lingvokulturologik xususiyatlari, ular tarkibidan xalq madaniyatini o‘zida aks ettirgan turli lingvokulturemalarni aniqlab, amalga oshirilgan qiyosiy tahlil natijalaridan  2023yil davomida va 2024-yilning fevral va mart oylarida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining “Adabiy do‘stlik – abadiy do‘stlik” xalqaro loyihasida, “Xiyobon oqshomlari”, “Ijodiy bahs” nomli to‘garak va qator ma’naviy-ma’rifiy dasturlarida keng foydalanildi. Natijada bu yosh ijodkorlarning ushbu yo‘nalishdagi bilimlari, tasavvurlari boyishiga ijobiy ma’noda xizmat qildi. (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2024-yilning 5-apreldagi 01-03/418-son ma’lumotnomasi).    

Yangiliklarga obuna bo‘lish