Mamatqurbonov Shokirjon Bahodirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Epilepsiya kasalligini Surxondaryo viloyatining tog‘li-cho‘lli hududlarida kechishi va xususiyatlari», 14.00.13-Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tib2473.
Ilmiy rahbar: Madjidova Yoqutxon Nabievna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.01.04.
Rasmiy opponentlar: Muratov Faxmitdin Xayritdinovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Djurabekova Aziza Taxirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Surxondaryo viloyatining tog‘li va cho‘lli hududlarida yashovchi bemorlarda epilepsiyaning klinik kechishi xususiyatlarini kasallik shakli va miya likvor suyuqligi indeksi ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Surxondaryo viloyatining turli iqlim-geografik sharoitlarda (tog‘li va cho‘l hududlari) yashovchi bemorlarda epilepsiya kasalligining kechish xususiyatlari (tog‘li hududdagi simptomatik epilepsiya og‘ir kechadi ya’ni, epileptik xurujlar chastotasi ko‘p, epistatus darajasigacha, cho‘l hududlarida simptomatik epileptik hurujlar chastotasi kam, lokal xurujlar tipida kechadi) epilepsiya shakliga bog‘liqligi aniqlangan;
turli iqlim hududlarida yashovchi bemorlarga xos bo‘lgan strukturaviy (bosh miya jarohatidan so‘ng va BMQA ni o‘tkir buzilishidan keyingi) va neyrofiziologik o‘zgarishlar (EEG dagi diffuz o‘zgarishlar) epilepsiya shakllari bo‘yicha farq qilishi isbotlangan;
Surxondaryo viloyatining turli iqlim-geografik sharoitlarda yashovchi bemorlarda epilepsiya kasalligining klinik kechishi miya likvor suyuqligi indeks darajasiga bog‘liqligi ya’ni, miya likvor suyuqligi indeksi qanchalik kichik bo‘lsa, kasallik shunchalik og‘ir kechishi aniqlangan;
epilepsiya bilan og‘rigan bemorlarni kompleks davolash uchun optimallashtirilgan yondashuvi N-PEP-12 (peptonlar) va antikonvul`sant dori vositalari bilan birgalikda qo‘llanganda, epileptik xurujlarning davomiyligi, chastotasi va postepileptik kognitiv buzilishlarning kamayishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Surxondaryo viloyatida epilepsiya bilan og‘rigan bemorlarda o‘ziga xos kechishini o‘rganish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik: Surxondaryo viloyatining turli iqlim-geografik sharoitlarda (tog‘li va cho‘l hududlari) yashovchi bemorlarda epilepsiya kasalligining kechish xususiyatlarini kompleks baholash bo‘yicha takliflar Toshkent pediatriya tibbiyot institutini muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2024 yil 3 yanvardagi 03/161-son xulosasi bilan tasdiqlangan “Surxondaryo viloyatida epilepsiya kasalligini tashhislash va davolashda zamonaviy yondashuvlar” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik Kengashining 2025 yil 22 sentyabrdagi 25/11-sonli xulosasi berilgan. Mazkur takliflar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filiali 23.01.2024 yildagi 2-son va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filiali 15.08.2024 yildagi 105-T-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: iqlim-geografik sharoitlarni hisobga olgan holda epilepsiya kechishini kompleks baholashni amaliyotga joriy etish kasallikni erta aniqlash, xurujlar chastotasi va og‘irligini kamaytirish hamda bemorlarning hayot sifati va ijtimoiy moslashuvini yaxshilashga xizmat qildi. Iqtisodiy samaradorligi: ishlab chiqarilgan algoritmdan olingan natijalar bir nafar bemor uchun o‘rtacha nogironlik nafaqasi oyiga 805306 ni tashkil etadi. Taklif etilgan algoritm yordamida 30% nogironlikni kamaytirishga erishildi, ya’ni 241592 so‘m iqtisodiy samaradorligini berdi. Shuningdek, ushbu algoritmni amaliyotda qo‘llash bemor koyka kunlarini ham 10 kundan 7 kunga qisqarilishiga ham erishildi, ya’ni 556551 so‘mgacha mablag‘ni tejash imkonini berdi. Xulosa: epilepsiya kechish xususiyatlarini iqlim omillari bilan birgalikda baholash davolashni shaxsiylashtirish va uning samaradorligini oshirish imkonini beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: turli iqlim hududlarida yashovchi bemorlarga xos bo‘lgan strukturaviy-morfologik va neyrofiziologik o‘zgarishlar bo‘yicha takliflar Toshkent pediatriya tibbiyot institutini muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2024 yil 3 yanvardagi 03/161-son xulosasi bilan tasdiqlangan “Surxondaryo viloyatida epilepsiya kasalligini tashhislash va davolashda zamonaviy yondashuvlar” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filiali 23.01.2024 yildagi 2-son va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filiali 15.08.2024 yildagi 105-T-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: turli iqlim hududlarida yashovchi bemorlarga xos bo‘lgan strukturaviy-morfologik va neyrofiziologik o‘zgarishlarni aniqlash aholining xavf guruhlarini erta saralash, mintaqaviy xususiyatlarni hisobga olgan holda profilaktika va davolash choralarini samarali tashkil etish, tibbiy yordam sifatini oshirish hamda bemorlarning hayot sifati va ijtimoiy moslashuvini yaxshilash imkonini yaratdi. Iqtisodiy samaradorligi: ishlab chiqarilgan algoritmdan olingan natijalar bir nafar bemor uchun o‘rtacha nogironlik nafaqasi oyiga 805306 ni tashkil etadi. Taklif etilgan algoritm yordamida 30% nogironlikni kamaytirishga erishildi, ya’ni 241592 so‘m iqtisodiy samaradorligini berdi. Shuningdek, ushbu algoritmni amaliyotda qo‘llash bemor koyka kunlarini ham 10 kundan 7 kunga qisqarilishiga ham erishildi, ya’ni 556551 so‘mgacha mablag‘ni tejash imkonini berdi. Xulosa: turli iqlim hududlariga xos strukturaviy-morfologik va neyrofiziologik o‘zgarishlarni aniqlash kasallik patogenezini chuqurroq anglash, differensial tashxisni takomillashtirish va individuallashtirilgan davolash strategiyalarini ishlab chiqish imkonini berib, tibbiy amaliyotda diagnostika aniqligi va davolash samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
uchinchi ilmiy yangilik: yashash joyining iqlimi va miya likvor suyuqligi indeks darajasiga bog‘liq kognitiv va neyropsixologik buzilishlar xususiyatlari bo‘yicha takliflar Toshkent pediatriya tibbiyot institutini muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2024 yil 3 yanvardagi 03/161-son xulosasi bilan tasdiqlangan “Surxondaryo viloyatida epilepsiya kasalligini tashhislash va davolashda zamonaviy yondashuvlar” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filiali 23.01.2024 yildagi 2-son va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filiali 15.08.2024 yildagi 105-T-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: yashash joyining iqlimi va miya likvor suyuqligi indeks darajasiga bog‘liq kognitiv va neyropsixologik buzilishlar xususiyatlarini aniqlash aholini erta skrining qilish, xavf guruhlarini aniqlash va individual profilaktika choralarini samarali tashkil etish imkonini yaratib, kognitiv buzilishlar progressiyasini sekinlashtirish, bemorlarning hayot sifati va ijtimoiy faolligini saqlab qolishga xizmat qildi. Iqtisodiy samaradorligi algoritm yordamida 30% nogironlikni kamaytirishga erishildi, ya’ni 241592 so‘m iqtisodiy samaradorligini berdi. Xulosa: yashash joyining iqlimi va miya likvor suyuqligi indeksi bilan bog‘liq kognitiv va neyropsixologik buzilishlarning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash kasallik patogenezini chuqurroq anglash, erta tashxis mezonlarini takomillashtirish hamda individuallashtirilgan davolash va reabilitatsiya strategiyalarini ishlab chiqish imkonini berib, klinik natijalarni yaxshilashga xizmat qiladi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: epilepsiya bilan og‘rigan bemorlarni kompleks davolash uchun optimallashtirilgan taktika, shu jumladan N-PEP-12 (peptonlar) epileptik xurujlarning davomiyligi va chastotasi pasayganligi orkali davolash samaradorligi bo‘yicha takliflar Toshkent pediatriya tibbiyot institutini muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2024 yil 3 yanvardagi 03/161-son xulosasi bilan tasdiqlangan “Surxondaryo viloyatida epilepsiya kasalligini tashhislash va davolashda zamonaviy yondashuvlar” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filiali 23.01.2024 yildagi 2-son va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filiali 15.08.2024 yildagi 105-T-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: epilepsiya bilan og‘rigan bemorlarda optimallashtirilgan kompleks davolash taktikasini, jumladan N-PEP-12 (peptonlar) qo‘llash orqali xurujlar chastotasi va davomiyligini kamaytirish bemorlarning hayot sifati va ijtimoiy faolligini oshirishga, mehnat qobiliyatini saqlab qolishga hamda oilaviy va ijtimoiy yuklamani kamaytirishga xizmat qildi. Iqtisodiy samaradorligi: algoritm yordamida 30% nogironlikni kamaytirishga erishildi, ya’ni 241592 so‘m iqtisodiy samaradorligini berdi. Xulosa: N-PEP-12 (peptonlar) qo‘shilgan kompleks davolash epileptik xurujlarning davomiyligi va chastotasini kamaytirish orqali davolash samaradorligini oshirishga va klinik natijalarni yaxshilashga imkon beradi.