Turakulova Shaxzodaxon Shuxratxon qizining  
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bepushtligi bo‘lgan ayollarda endometriozning kichik shakllarini tashxislash va davolash usullarini optimallashtirish”, 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Tib4811.
Ilmiy rahbar: Zufarova Shaxnoza Alimdjanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.01.05.
Rasmiy opponentlar: Paxomova Janna Evgen`evna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Karimova Feruza Djavdatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bepushtligi bo‘lgan ayollarda endometriozning "kichik shakllari"ni erta tashxislash va davolash taktikasini klinik-instrumental usullarni to‘qima gomeostazini ta’minlovchi jarayonlar va endometriy to‘qimasining geterotopik ko‘chishi uchun mas’ul genlar polimorfizmining molekulyar-genetik tahlili bilan integratsiyalash asosida optimallashtirishdan iborat.
III. Ilmiy tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bepushtligi bo‘lgan ayollarda endometriozning kichik shakllarini erta tashxislash algoritmi va xavfni stratifikatsiya qilishning kompleks mezonlari asoslab, bepushtlik qayd etilgan bemorlar orasidan endometriozning kichik shakllari ehtimoli yuqori ayollarni tizimli tartibda aniqlash, tashxislashdagi kechikishlarni minimallashtirish hamda shaxsiylashtirilgan taktikani, xususan, sinov gormonal supressiyasidan tortib, diagnostik-terapevtik laparoskopiyagacha, shuningdek, reproduktiv texnologiyalarni erta rejalashtirishgacha o‘z vaqtida tanlash imkonini bergani asoslangan;
endometriy to‘qimasining geterotopik implantatsiyasi, surunkali yallig‘lanish va bepushtlik shakllanishi uchun eng yuqori nisbiy xavf (RR>2,5) va ishonchli ahamiyatlilik darajasiga (p≤ 0,01) ega bo‘lgan eng muhim triada kombinatsiyasining (NOS3C + SOD2Val + IL6*C va EDN1Asn + IL1BC + IL6*C) nihoyatda muhim o‘zaro ta’siri isbotlangan;
birlamchi bepushtlikda endotelial-angiogen va redoks-disfunksiyani yuzaga keltiruvchi NOS3–SOD2–IL6 kompleksi yetakchi ekanligi, ikkilamchi bepushtlikda esa endometriyning persistirlanuvchi yallig‘lanishi va fibrozi bilan bog‘liq EDN1–IL1B–IL6 o‘qi ustivorlik qilishi aniqlangan;
davolash samaradorligi bemorning molekulyar-genetik profiliga bevosita bog‘liq ekanligi aniqlandi: “noxush” allellar birikmasi (NOS3C, EDN1Asn, IL6C, IL1BC) mavjud bo‘lganda, kombinatsiyalangan terapiyani qo‘llash 70–79% holatda klinik yaxshilanishni ta’minlaydi, standart gormonal sxemada esa bu ko‘rsatkich 30–40% dan oshmagani aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Olingan ilmiy natijalar bepushtligi bo‘lgan ayollarda endometriozning “kichik shakllari”ni erta tashxislash va davolash taktikasini optimallashtirish imkonini berdi:
birinchi ilmiy yangilik: bepushtligi bo‘lgan ayollarda endometriozning kichik shakllarini erta tashxislash algoritmi va xavfni stratifikatsiya qilishning kompleks mezonlari asoslab, bepushtlik qayd etilgan bemorlar orasidan endometriozning kichik shakllari ehtimoli yuqori ayollarni tizimli tartibda aniqlash, tashxislashdagi kechikishlarni minimallashtirish hamda shaxsiylashtirilgan taktikani, xususan, sinov gormonal supressiyasidan tortib, diagnostik-terapevtik laparoskopiyagacha, shuningdek, reproduktiv texnologiyalarni erta rejalashtirishgacha o‘z vaqtida tanlash imkonini bergani asoslanganligi Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Ilmiy kengashining 2025 yil 4 iyundagi 10-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Bepusht ayollarda endometriozning “kichik shakllari”ni noinvaziv tashxislash va davolash algoritmi” nomli uslubiy tavsiyanomaga kiritilgan. Mazkur algoritm Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy markazi Xorazm filialining 2025 yil 15 iyuldagi 65-1-sonli hamda Andijon filialining 2025 yil 24 iyuldagi 103-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 2026 yil 3 fevraldagi 02/09-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: bepusht ayollarda endometriozning kichik shakllarini erta tashxislash uchun ishlab chiqilgan xavfni stratifikatsiyalash mezonlari va algoritmining joriy etilishi kasallikni o‘z vaqtida aniqlashga, davolash taktikasini optimallashtirishga, bepushtlikni davolash samaradorligini oshirishga va bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: endometriozning kichik shakllarini erta tashxislash bo‘yicha ishlab chiqilgan algoritmni joriy etish tashxis qo‘yishdagi kechikishlarni qisqartirish, asossiz diagnostik muolajalar sonini va davolash muddatini kamaytirish imkonini beradi. Bu esa sog‘liqni saqlash tizimi xarajatlarini hamda bemorlarning moliyaviy sarflarini 5704200 so‘mga kamaytiradi. Xulosa: ishlab chiqilgan algoritmni joriy etish endometriozning kichik shakllarini erta tashxislashni ta’minlaydi va bepushtlikni davolash samaradorligini oshiradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: endometriy to‘qimasining geterotopik implantatsiyasi, surunkali yallig‘lanish va bepushtlik shakllanishi uchun eng yuqori nisbiy xavf (RR>2,5) va ishonchli ahamiyatlilik darajasiga (p≤ 0,01) ega bo‘lgan eng muhim triada kombinatsiyasining (NOS3C + SOD2Val + IL6*C va EDN1Asn + IL1BC + IL6*C) nihoyatda muhim o‘zaro ta’siri isbotlanganligi Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Ilmiy kengashi tomonidan 2025 yil 4 iyundagi 10-sonli bayonnoma bilan tasdiqlangan “Bepusht ayollarda endometriozning «kichik shakllari»ni noinvaziv diagnostika qilish va davolash algoritmi” nomli uslubiy tavsiyanomaga kiritilgan. Xorazmdagi RIAI va ATM filiali 2025 yil 15 iyuldagi 65-1-sonli hamda Andijondagi RIAI va ATM filiali 2025 yil 24 iyuldagi 103-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnika kengashining 2026 yil 3 fevraldagi 02/09-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: endometrioz va bepushtlik rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan eng muhim genetik o‘zaro ta’sirlarning aniqlanishi kasallik xavfini erta prognozlashga, reproduktiv yoshdagi ayollarda o‘z vaqtida profilaktika o‘tkazish va davolash samaradorligini oshirishga yordam beradi, bu esa ularning reproduktiv salomatligi va hayot sifatini yaxshilashga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: endometrioz va bepushtlik rivojlanishining yuqori xavfiga ega genetik markerlarni aniqlash diagnostika jarayonini optimallashtirish, uzoq muddatli va takroriy tekshiruvlar xarajatlarini kamaytirish, shuningdek, davolash tadbirlari va yordamchi reproduktiv texnologiyalardan foydalanish samaradorligini oshirish imkonini beradi. Asosiy guruhda residivlarni davolash xarajatlari 4753500 so‘mni, taqqoslash guruhida esa 10457700 so‘mni tashkil etdi. Iqtisodiy samaradorlik 5704200 so‘mni tashkil qiladi. Xulosa: aniqlangan genetik o‘zaro ta’sirlar endometrioz va bepushtlik rivojlanishi xavfini erta tashxislash va prognozlashni takomillashtirishga imkon beradi, bu esa davolash-profilaktika chora-tadbirlari samaradorligini oshirishga yordam beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: birlamchi bepushtlikda endotelial-angiogen va redoks-disfunksiyani yuzaga keltiruvchi NOS3–SOD2–IL6 kompleksi yetakchi ekanligi, ikkilamchi bepushtlikda esa endometriyning persistirlanuvchi yallig‘lanishi va fibrozi bilan bog‘liq EDN1–IL1B–IL6 o‘qi ustivorlik qilishi aniqlanganligi Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Ilmiy kengashining 2025 yil 4 iyundagi 10-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Bepusht ayollarda endometriozning “kichik shakllari”ni noinvaziv diagnostika qilish va davolash algoritmi” nomli uslubiy tavsiyanomaga kiritilgan. Mazkur tavsiyanoma RIIAIOIM Xorazm filialining 2025 yil 15 iyuldagi 65-1-sonli hamda Andijon filialining 2025 yil 24 iyuldagi 103-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnikaviy kengashining 2026 yil 3 fevraldagi 02/09-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: endometriozning kichik shakllarida gen-gen o‘zaro ta’sirlarining aniqlanishi bepushtlikka erta tashxis qo‘yish, davolashni individuallashtirish va ayollarning reproduktiv salomatligini yaxshilashga yordam beradi, bu esa o‘z navbatida ularning reproduktiv salomatligi va hayot sifatini oshirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: gen-gen o‘zaro ta’sirlarining aniqlanishi endometriozning kichik shakllari diagnostikasini optimallashtirish, asossiz tekshiruvlar hajmini kamaytirish va bepushtlikni davolash samaradorligini oshirish orqali sog‘liqni saqlash tizimi xarajatlarini pasaytirish imkonini beradi. Asosiy guruhda residivlarni davolash xarajatlari – 4753500 so‘mni, taqqoslash guruhida esa – 10457700 so‘mni tashkil etdi. Iqtisodiy samaradorlik 5704200 so‘mni tashkil qiladi. Xulosa: aniqlangan gen-gen o‘zaro ta’sirlari bepushtlikda endometriozning kichik shakllariga erta tashxis qo‘yish imkoniyatlarini kengaytirib, davolash samaradorligini oshiradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: davolash samaradorligi bemorning molekulyar-genetik profiliga bevosita bog‘liq ekanligi aniqlandi: “noxush” allellar birikmasi (NOS3C, EDN1Asn, IL6C, IL1BC) mavjud bo‘lganda, kombinatsiyalangan terapiyani qo‘llash 70–79% holatda klinik yaxshilanishni ta’minlaydi, standart gormonal sxemada esa bu ko‘rsatkich 30–40% dan oshmagani aniqlanganligi Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Ilmiy kengashining 2025 yil 4 iyundagi 10-sonli bayoni bilan tasdiqlangan «Bepusht ayollarda endometriozning “kichik shakllari”ni noinvaziv tashxislash va davolash algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanomaga kiritilgan. RIAIATM Xorazm filialining 2025 yil 15 iyuldagi 65-1-sonli va RIAIATM Andijon filialining 2025 yil 24 iyuldagi 103-sonli buyruqlari bilan amaliyotga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnikaviy kengashining 2026 yil 3 fevraldagi 02/09-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: terapiyani tanlashda bemor ayollarning molekulyar-genetik profilini hisobga olish endometrioz va bepushtlikni davolash samaradorligini oshirishga, yanada individuallashgan yondashuvni ta’minlashga hamda ayollarning reproduktiv salomatligi va hayot sifatini yaxshilashga imkon beradi. Iqtisodiy samaradorligi: terapiyani tanlashda bemor ayollarning molekulyar-genetik profilini hisobga olish davolash natijadorligini oshirish, gormonal terapiyaning samarasiz kurslari va takroriy davolash-tashxislash muolajalari sonini kamaytirish imkonini beradi, bu esa sog‘liqni saqlash tizimi va bemorlarning moliyaviy xarajatlarini kamaytiradi. Asosiy guruhda residivlarni davolash xarajatlari – 4753500 so‘mni, taqqoslash guruhida esa – 10457700 so‘mni tashkil etdi. Iqtisodiy samaradorlik 5704200 so‘mga teng. Xulosa: bemor ayollarning molekulyar-genetik profilini hisobga olish endometriozni davolash samaradorligini oshirishga va terapevtik taktikani tanlashni maqbullashtirishga imkon yaratadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish