Turaeva Dilafruz Xolmurodovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): "Semiz bolalarda gepatobiliar tizim holatini o‘ziga xos xususiyatlari", 14.00.09 – Pediatriya  (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Tib2102.
Ilmiy raxbar: Garifulina Lilya Maratovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajargan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.17.01.
Rasmiy opponentlar: Sharipova Oliya Asqarovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Sa’dulloeva Iroda Kurbanovna tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bolalarda semizlik fonida gepatobiliar tizim holatini o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish, metabolik assotsiirlangan jigar yog‘ kasalligini tashxisi va davolashini optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor mintaqamizda abdominal semizligi bo‘lgan bolalarning 62,5%da va teng taqsimlangan tipdagi semizligi bo‘lgan bolalarning 31,4%da metabolik assotsiirlangan jigar yog‘ kasalligi uchrashi aniqlangan;
metabolik assotsiirlangan jigar yog‘ kasalligi bo‘lgan bolalarda, yog‘ to‘qimasining taqsimlanish tipidan qat’iy nazar, Yung modulining o‘rtacha ko‘rsatkichlari jigar steatozi bo‘lmagan bolalar ko‘rsatkichidan oshishi (r<0,01), jigar to‘qimasining zichligi ko‘rsatkichlari insulin faolligi va insulinorezistentlik, PZLP XS, trigliseridlar, ALT, IL-6, TNF-α va leptin miqdori orasida yuqori korrelyasion bog‘liqlik aniqlangan; 
ilk bor semizligi bor bolalarda FTO (rs9939609) geni polimorfizmi bilan metabolik assotsiirlangan jigar yog‘ kasalligini rivojlanishida bog‘liqlik borligi va jigar steatozi rivojlanishida A mutant alleli hamda A/A genotipi tashuvchilarida kasallik rivojlanishida moyillik mavjudligi isbotlangan; 
bolalarda steatoz rivojlanish xavfi darajasini bashorat qiluvchi matematik model asosida erta tashxislash usuli hamda semizligi bo‘lgan bolalarda metabolik assotsiirlangan jigar yog‘ kasalligini davolash usuli an’anaviy davo usuliga qo‘shimcha ursodezoksixol kislota va glisirrizin kislota kombinatsiyasini qo‘llash orqali takomillashtirilgan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Semiz bolalarda gepatobiliar tizim holatining xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor mintaqamizda abdominal semizligi bo‘lgan bolalarning 62,5%da va teng taqsimlangan tipdagi semizligi bo‘lgan bolalarning 31,4%da metabolik assotsiirlangan jigar yog‘ kasalligi uchrashi aniqlangan va ular bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ilmiy kengashining 2025 yil 5 noyabrdagi 3-soni bilan tasdiqlangan “Semizligi bo‘lgan bolalarda gepatobiliar tizim zararlanishini erta tashxislash mezonlari” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 25.10.2025 yil 193-U§ 1-sonli buyrug‘i bilan, Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasining 25.10.2025 yildagi 161-sonli buyrug‘i bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2026 yil “29” Aprel` 07/10 - son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: turli tipdagi semizligi bo‘lgan bolalarda antropometrik, bioximik va instrumental ko‘rsatkichlarni kompleks o‘rganish, bolalarda jigar steatozi, hamda, o‘t qopi va oshqozon osti bezi patologiyasini rivojlanishini va oqibatini erta tashxislashga imkon berdi. Iqtisodiy samaradorligi: bolalarda semizlikda jigar steatozi fibrozga o‘tishidan oldin o‘z vaqtida tashxis qo‘yilganligi sababli, stetatozning erta subklinik bosqichlarini o‘z vaqtida ambulator davolash statsionar davolanishning oldini olishga yordam beradi va bunda butun davolash kursi uchun bir bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 908000 so‘mga  iqtisodiy samaradorlikka erishilgan. 
ikkinchi ilmiy yangilik: metabolik assotsiirlangan jigar yog‘ kasalligi bo‘lgan bolalarda, yog‘ to‘qimasining taqsimlanish tipidan qat’iy nazar, Yung modulining o‘rtacha ko‘rsatkichlari jigar steatozi bo‘lmagan bolalar ko‘rsatkichidan oshishi (r<0,01), jigar to‘qimasining zichligi ko‘rsatkichlari insulin faolligi va insulinorezistentlik, PZLP XS, trigliseridlar, ALT, IL-6, TNF-α va leptin miqdori orasida yuqori korrelyasion bog‘liqlik aniqlangan va ular bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ilmiy kengashining 2025 yil 5 noyabrdagi 3-soni bilan tasdiqlangan “Semizligi bo‘lgan bolalarda gepatobiliar tizim zararlanishini erta tashxislash mezonlari” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 25.10.2025 yil 193-U§ 1-sonli buyrug‘i bilan, Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasining 25.10.2025 yildagi 161-sonli buyrug‘i bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2026 yil “29” Aprel` 07/10 - son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: semizligi bo‘lgan bolalarda jigar zararlanishi skriningi sifatida tranzient elastografiya usulini qo‘llash, kompleks ravishda bioximik tahlillar o‘tkazish hamda leptin va qondagi sitokinlar miqdorini aniqlash ushbu patologiyani o‘z vaqtida davolashni boshlash imkonini bergan, natijada fibroz rivojlanishi va uni sirrozga aylanishini va katta yoshda bolani nogiron bo‘lib qolishini oldi olingan. Iqtisodiy samaradorligi: elastografiyani qo‘llash takroriy kasalxonaga yotqizish va tekshiruvlar bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlarsiz terapiya samaradorligi monitoringi va davolash taktikasini tuzatishni ta’minlaydi, bu esa 1 kurs kasalxonaga yotqizilishining oldini olib, kamida 1800000 so‘m davlat byudjeti mablag‘larini iqtisod qilishga erishilgan.  
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor semizligi bor bolalarda FTO (rs9939609) geni polimorfizmi bilan metabolik assotsiirlangan jigar yog‘ kasalligini rivojlanishida bog‘liqlik borligi va jigar steatozi rivojlanishida A mutant alleli hamda A/A genotipi tashuvchilarida kasallik rivojlanishida moyillik mavjudligi isbotlangan va ular bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ilmiy kengashining 2025 yil 5 noyabrdagi 3-soni bilan tasdiqlangan “Semizligi bo‘lgan bolalarda gepatobiliar tizim zararlanishini erta tashxislash mezonlari” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 25.10.2025 yil 193-U§ 1-sonli buyrug‘i bilan, Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasining 25.10.2025 yildagi 161-sonli buyrug‘i bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2026 yil “29” Aprel` 07/10 - son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: olingan natijalar bolalarda semizlik fonida steatoz, fibroz rivojlanishini bashorat qilishda individual yondashishga, profilaktika va davolash usullariga optimal yondashishga, hamda, qaytalanishni va jigar kasalliklarini surunkaliga o‘tishi hamda erta nogiron bo‘lib qolishini oldini olish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: semiz bolalarda erta bolalik davridan boshlab steatoz va jigar fibrozi rivojlanishining oldini olish ham statsionar, ham ambulator davolanish xarajatlarini oldini olish imkonini bergan. Metabolik buzilishlar fonida steatozning erta bosqichlarini o‘z vaqtida davolash bilan ambulator murojaat qilish chastotasi yiliga 1 martagacha kamayishi va iqtisodiy samaradorlik bir bemor uchun taxminan 450000 so‘mni tashkil etishi aniqlangan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: bolalarda steatoz rivojlanish xavfi darajasini bashorat qiluvchi matematik model asosida erta tashxislash usuli hamda semizligi bo‘lgan bolalarda metabolik assotsiirlangan jigar yog‘ kasalligini davolashda an’anaviy davo usuliga qo‘shimcha ursodezoksixol kislota va glisirrizin kislota kombinatsiyasini qo‘llash orqali takomillashtirilgan va ular bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ilmiy kengashining 2025 yil 5 noyabrdagi 3-soni bilan tasdiqlangan “Semizligi bo‘lgan bolalarda gepatobiliar tizim zararlanishini erta tashxislash mezonlari” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 25.10.2025 yil 193-U§ 1-sonli buyrug‘i bilan, Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasining 25.10.2025 yildagi 161-sonli buyrug‘i bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2026 yil “29” Aprel` 07/10 - son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: takomillashtirilgan davolash sxemasini qo‘llash bioximik ko‘rsatkichlarni yaxshilash, jigar va o‘t qopi funksional holatini yaxshilash, jigar zichligi ko‘rsatkichlarini pasaytirish, shikoyatlarni kamaytirish, shu bilan semizligi bo‘lgan bolalarni hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: samarali davolash sxemasini qo‘llash, statsionarda davolanish va qayta ambulator murojaatlar uchun sarflanadigan davlat byudjeti mablag‘larini 2-3 barobarga iqtisod qilish imkonini bergan.  

Yangiliklarga obuna bo‘lish