Ravshanov Jahongir Azimjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ximoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sintetik katinonlarga qaram bemorlarda suisidal xulq-atvorning o‘ziga xosligi», 14.00.18 – Psixiatriya va narkologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Tib3856.
Ilmiy rahbar: Ashurov Zarifjon Sharifovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzuridagi DSc.06/2025.27.12.Tib.16.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Tursunxodjaeva Lyudmila Aleksandrovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Abdullajanova Shaxlo Djuraxanovna, tibbiyot fanlari doktori. 
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi: sintetik katinonlarga qaram bemorlarda suisidal xulq-atvorni klinik-psixologik jihatdan tadqiq etish, uning o‘ziga xos xususiyatlari aniqlash hamda samarali psixokorreksion aralashuv dasturini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sintetik katinonlarga qaram bemorlarda suisidal xulq-atvorning antivital kechinmalar, suisidal fikrlar, suisidal rejalar, suisidal niyatlar va suisidal urinishlarni qamrab olgan klinik kontinuumi aniqlangan hamda suisidal jarayonning surunkali presuisidal davr, affektiv-redusirlangan tip, tashqi verbal signallarning cheklanganligi va intoksikatsiya holatidan tashqarida shakllanishi bilan kechishi isbotlangan;
suisidal tendensiyalarning mavjudligi abstinent sindrom tuzilmasida affektiv buzilishlarning klinik ifodalanish darajasi va sintetik katinonlarga qaramlikning yuqori progredient kechishi bilan o‘zaro bog‘liqligi aniqlangan;
sintetik katinonlarga qaram bemorlarda suisidal xulq-atvor shakllanishiga emotsional yuklamalarga tolerantlikning pasayishi, ijtimoiy-psixologik dezadaptatsiyaning yuqori darajasi hamda suisidogen konfliktlarning kompleks ta’siri isbotlangan;
sintetik katinonlarga qaram bemorlarda suisidal xulq-atvorni klinik-psixologik korreksiya qilish dasturi suisidogen omillar ta’sirini kamaytirish, antisuisidal bar`erni kuchaytirish va takroriy suisidal harakatlarning oldini olishga yo‘naltirilgan maqsadli psixokorreksion bloklar bilan takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi. 
Sintetik katinonlarga qaram bemorlarda suisidal xulq-atvorning o‘ziga xosligi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: sintetik katinonlarga qaram bemorlarda suisidal xulq-atvorning antivital kechinmalar, suisidal fikrlar, suisidal rejalar, suisidal niyatlar va suisidal urinishlarni qamrab olgan klinik kontinuumi aniqlangan hamda suisidal jarayonning surunkali presuisidal davr, affektiv-redusirlangan tip, tashqi verbal signallarning cheklanganligi va intoksikatsiya holatidan tashqarida shakllanishi bilan kechishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat tibbiyot universiteti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 27 oktabrda №10-25/724-t son bilan tasdiqlangan «Algoritm otsenki riska i korreksii suisidal`nogo povedeniya u patsientov s zavisimost`yu ot sinteticheskix katinonov» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining narkologik xizmati bo‘yicha Toshkent viloyati filiali 21.11.2025 yilda №36-sonli hamda Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining narkologik xizmati bo‘yicha Toshkent shahar filiali 15.12.2025 yilda №55-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2026 yil 16 fevralda №03/20-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: sintetik katinonlarga qaram shaxslarda suisidal xavfni erta bosqichda aniqlash orqali suisidal xulq-atvorning og‘ir formalari va takroriy suisidal harakatlarning oldini olish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: depressiv simptomatika, umidsizlik hissi va shaxsiy xavotir darajasini baholash orqali suisidal xavfni erta aniqlash takroriy gospitalizatsiyalar sonini kamaytiradi, ya’ni 1 ta takroriy gospitalizatsiyani oldini olish orqali 936630 so‘m to‘g‘ridan-to‘g‘ri tibbiy xarajatlarni tejash imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: suisidal tendensiyalarning mavjudligi abstinent sindrom tuzilmasida affektiv buzilishlarning klinik ifodalanish darajasi va sintetik katinonlarga qaramlikning yuqori progredient kechishi bilan o‘zaro bog‘liqligi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat tibbiyot universiteti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 27 oktabrda №10-25/724-t son bilan tasdiqlangan «Algoritm otsenki riska i korreksii suisidal`nogo povedeniya u patsientov s zavisimost`yu ot sinteticheskix katinonov» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining narkologik xizmati bo‘yicha Toshkent viloyati filiali 21.11.2025 yilda №36-sonli hamda Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining narkologik xizmati bo‘yicha Toshkent shahar filiali 15.12.2025 yilda №55-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2026 yil 16 fevralda №03/20-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: abstinent sindrom davrida affektiv buzilishlari yaqqol ifodalangan bemorlarni erta xavf guruhiga ajratish orqali suisidal urinishlar, takroriy suisidal harakatlar va ijtimoiy dezadaptatsiyaning oldini olish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: xavf guruhiga kiruvchi bemorlarni erta aniqlash orqali takroriy suisidal urinish hamda reanimatsiya va intensiv terapiya bo‘limiga gospitalizatsiyalar sonini kamayishi natijasida har bir bemor uchun 1682800 so‘mni tejash imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: sintetik katinonlarga qaram bemorlarda suisidal xulq-atvor shakllanishiga emotsional yuklamalarga tolerantlikning pasayishi, ijtimoiy-psixologik dezadaptatsiyaning yuqori darajasi hamda suisidogen konfliktlarning kompleks ta’siri isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat tibbiyot universiteti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 27 oktabrda №10-25/724-t son bilan tasdiqlangan «Algoritm otsenki riska i korreksii suisidal`nogo povedeniya u patsientov s zavisimost`yu ot sinteticheskix katinonov» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining narkologik xizmati bo‘yicha Toshkent viloyati filiali 21.11.2025 yilda №36-sonli hamda Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining narkologik xizmati bo‘yicha Toshkent shahar filiali 15.12.2025 yilda №55-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2026 yil 16 fevralda №03/20-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: sintetik katinonlarga qaram bemorlarda shaxsiy xususiyatlar va suisidogen konfliktlarni erta aniqlash orqali suisidal xulq-atvor shakllanish xavfini kamaytirish, bemorlarning ijtimoiy moslashuvini yaxshilash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: sintetik katinonlarga qaram bemorlarda shaxsiy xususiyatlar va suisidogen konfliktlarni erta aniqlash asosida individual profilaktika va psixokorreksiyani to‘g‘ri yo‘naltirish, reabilitatsiya samaradorligini oshirish hamda takroriy reabilitatsiya kursiga ehtiyojni kamaytirish orqali har bir bemor uchun 6664000 so‘m tejash imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: sintetik katinonlarga qaram bemorlarda suisidal xulq-atvorni klinik-psixologik korreksiya qilish dasturi suisidogen omillar ta’sirini kamaytirish, antisuisidal bar`erni kuchaytirish va takroriy suisidal harakatlarning oldini olishga yo‘naltirilgan maqsadli psixokorreksion bloklar bilan takomillashtirilganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat tibbiyot universiteti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 27 oktabrda №10-25/724-t son bilan tasdiqlangan «Algoritm otsenki riska i korreksii suisidal`nogo povedeniya u patsientov s zavisimost`yu ot sinteticheskix katinonov» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining narkologik xizmati bo‘yicha Toshkent viloyati filiali 21.11.2025 yilda №36-sonli hamda Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining narkologik xizmati bo‘yicha Toshkent shahar filiali 15.12.2025 yilda №55-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2026 yil 16 fevralda №03/20-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: klinik-psixologik dasturni amaliyotga joriy etish orqali sintetik katinonlarga qaram bemorlarda takroriy suisidal harakatlar xavfini pasaytirish, remissiya barqarorligini oshirish, oilaviy-ijtimoiy moslashuvni yaxshilash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: klinik-psixologik dasturni amaliyotga joriy etish orqali bemorlarda qayta gospitalizatsiya va takroriy reabilitatsiyaga ehtiyojni kamaytirish hisobiga qayta statsionar davolanish va reabilitatsiya kursi xarajatlari bo‘yicha 8389500 so‘m xarajatlarni qisqartirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish