Axmadjon Abduma’ruf Isoq o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalardagi vertebrogen og‘riq sindromlarining klinik-epidemiologik axamiyati va neyrofiziologik xususiyatlari», 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Tib5157.
Ilmiy rahbar: Mavlyanova Zilola Farxadovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.17.03.
Rasmiy opponentlar: Butko Dmitriy Yur`evich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Niyozov Shuxrat Tashmirov, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Akademik E.A. Vagner nomidagi Perm davlat tibbiyot universiteti (Rossiya).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
keyinchalik davolash va reabilitatsiya chora-tadbirlarini ishlab chiqish maqsadida turli etiologiyali vertebrogen og‘riq sindromi bo‘lgan bolalar va o‘smirlarning klinik-nevrologik va psixoemotsional holatini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor vertebrogen og‘riq sindromining turli nozologik shakllari bo‘lgan bolalarda og‘riqning og‘irligi, harakat ko‘nikmalarining pasayishi, hayot sifati ko‘rsatkichlarining pasayishi, shuningdek, ENMG faolligining amplitudasi va assimetriyasining oshishi o‘rtasidagi korrelyasiya bilan namoyon bo‘ladigan klinik-nevrologik va neyrofunksional ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi bog‘liqlikning miqdoriy qonuniyatlari aniqlangan;
yallig‘lanishning laboratoriya markerlari, mineral va neyrometabolik holat o‘rtasidagi miqdoriy o‘zaro bog‘liqlik va hayot sifatining pasayishi bilan tavsiflangan bolalik davrida vertebrogen og‘riq sindromining multifaktorial tabiati va neyromushak disfunksiyasining nozologik o‘ziga xos profillari aniqlangan;
vertebrogen og‘riq sindromi bilan og‘rigan bolalarda mushaklar faollashuvining assimetriyasini, yuzaki mushaklarning giperfaolligini va standart klinik-nevrologik tekshiruvda mavjud bo‘lmagan chuqur stabilizatorlar faolligining tanqisligini aniqlash imkonini beradigan neyromushak disbalansini baholash uchun ENMGdan foydalanishning klinik ahamiyati isbotlangan;
ilk bor vertebrogen og‘riq sindromining turli nozologik variantlari bo‘lgan 7-15 yoshli bolalarda klinik, neyromushak, kognitiv va psixosotsial ko‘rsatkichlarni ko‘p o‘lchovli baholashga asoslangan individual davolash va reabilitatsiya dasturlarining samaradorligi asoslangan
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bolalardagi vertebrogen og‘riq sindromlarining klinik-epidemiologik axamiyati va neyrofiziologik xususiyatlari bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor vertebrogen og‘riq sindromining turli nozologik shakllari bo‘lgan bolalarda og‘riqning og‘irligi, harakat ko‘nikmalarining pasayishi, hayot sifati ko‘rsatkichlarining pasayishi, shuningdek, ENMG faolligining amplitudasi va assimetriyasining oshishi o‘rtasidagi korrelyasiya bilan namoyon bo‘ladigan klinik-nevrologik va neyrofunksional ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi bog‘liqlikning miqdoriy qonuniyatlari aniqlangan va bu bo‘yicha tavsiyalar Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti 2025 yil 26 avgustdagi 1-sonli Ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlangan «Metodi lechebno-vosstanovitel`nix programm na osnove algoritma kliniko-nevrologicheskoy i funksional`noy korreksii detey s vertebrogennim bolevim sindromom» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Bu takliflar Respublika travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali (20.10.2025 y. 461-U-son buyrug‘i) va Andijon viloyati nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazi (10.11.2025 y. 128-son buyrug‘i) bilan amaliy faoliyatga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 05.03.2026 y. 04/67-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorlik og‘riqni kamaytirish va mushaklar tonusini tiklash, hayot sifatini yaxshilash va oilalarga yuklamani kamaytirish orqali vertebrogen og‘riq sindromi bilan og‘rigan bolalarning kundalik hayotdagi faolligi va ijtimoiy ishtirokini oshirishdan iborat. Iqtisodiy samaradorlik vertebrogen og‘riq sindromi bilan og‘rigan bolalarda davolanish va uzoq muddatli reabilitatsiya xarajatlarini kamaytirish, shuningdek, kasalxonaga yotqizish chastotasini kamaytirishdan iborat. Shunday qilib, har bir bemor uchun tejamkorlik taxminan 3500000 so‘mni tashkil etadi va 100 nafar bemorni davolashda umumiy iqtisodiy samara taxminan 350000000 so‘mga etishi mumkin. Xulosa: aniqlangan korrelyasion bog‘liqliklar yallig‘lanish, neyromushak shikastlanishi va vitamin-mineral almashinuvi ko‘rsatkichlaridan vertebrogen og‘riq sindromi bilan og‘rigan bolalarning nevrologik holatini aniqroq baholash va salbiy o‘zgarishlarni o‘z vaqtida aniqlash uchun foydalanish imkonini beradi, bu esa nozologik sindromga qarab davolash va reabilitatsiya dasturlarini individual tanlashga yordam beradi;
ikkinchi ilmiy yangilik: yallig‘lanishning laboratoriya markerlari, mineral va neyrometabolik holat o‘rtasidagi miqdoriy o‘zaro bog‘liqlik va hayot sifatining pasayishi bilan tavsiflangan bolalik davrida vertebrogen og‘riq sindromining multifaktorial tabiati va neyromushak disfunksiyasining nozologik o‘ziga xos profillari aniqlangan va bu bo‘yicha tavsiyalar Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti 2025 yil 26 avgustdagi 1-son Ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlangan «Metodi lechebno-vosstanovitel`nix programm na osnove algoritma kliniko-nevrologicheskoy i funksional`noy korreksii detey s vertebrogennim bolevim sindromom» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Bu takliflar Respublika travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali (20.10.2025 y. 461-U-son buyrug‘i) va Andijon viloyati nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazi (10.11.2025 y. 128-son buyrug‘i) bilan amaliy faoliyatga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 05.03.2026 y. 04/67-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: neyromushak shikastlanishini erta aniqlash va uni o‘z vaqtida tuzatish funksional cheklanishlar va asoratlar paydo bo‘lishini kamaytiradi, shuningdek, bolaning ijtimoiy moslashuv darajasini oshiradi. Iqtisodiy samaradorlik yallig‘lanish va neyromushak shikastlanishi belgilarini, shuningdek vitamin va minerallar etishmovchiligini erta aniqlash orqali vertebrogen og‘riq sindromi bilan og‘rigan bolalarda asoratlarni davolash va uzoq muddatli reabilitatsiya xarajatlarini kamaytirishdan iborat. Yo‘ldosh neyromushak asoratlari bo‘lgan bolalarda bitta holatni davolashning o‘rtacha narxi taxminan 2800000 so‘mni tashkil qiladi. Ushbu buzilishlarni o‘z vaqtida tuzatish kasalxonaga yotqizish chastotasini kamaytirish, tibbiy aralashuvlar davomiyligini qisqartirish va sog‘liqni saqlash tizimining xarajatlarini optimallashtirish imkonini beradi. Bu yiliga 100 nafar bemorga hisoblanganda taxminan 15-20 ta asoratlarning oldini olish imkonini beradi, bu esa 42000000 so‘mni tejashni ta’minlaydi. Xulosa: aniqlangan korrelyasion bog‘liqliklar yallig‘lanish, neyromushak shikastlanishi va vitamin-mineral almashinuvi ko‘rsatkichlaridan vertebrogen og‘riq sindromi bilan og‘rigan bolalarning nevrologik holatini aniqroq baholash va salbiy o‘zgarishlarni o‘z vaqtida aniqlash uchun foydalanish imkonini beradi, bu esa nozologik sindromga qarab davolash va reabilitatsiya dasturlarini individual tanlashga yordam beradi;
uchinchi ilmiy yangilik: vertebrogen og‘riq sindromi bilan og‘rigan bolalarda mushaklar faollashuvining assimetriyasini, yuzaki mushaklarning giperfaolligini va standart klinik-nevrologik tekshiruvda mavjud bo‘lmagan chuqur stabilizatorlar faolligining tanqisligini aniqlash imkonini beradigan neyromushak disbalansini baholash uchun ENMGdan foydalanishning klinik ahamiyati isbotlandi, uni amalga oshirish shartlari Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti 2025 yil 26 avgustdagi 1-son Ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlangan «Metodi lechebno-vosstanovitel`nix programm na osnove algoritma kliniko-nevrologicheskoy i funksional`noy korreksii detey s vertebrogennim bolevim sindromom» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Bu takliflar Respublika travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali (20.10.2025 y. 461-U-son buyrug‘i) va Andijon viloyati nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazi (10.11.2025 y. 128-son buyrug‘i) bilan amaliy faoliyatga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 05.03.2026 y. 04/67-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorlik nozologik shakl va klinik-nevrologik va neyrofiziologik holatlarda aniqlangan og‘ishlarni hisobga olgan holda vertebrogen og‘riq sindromi bilan og‘rigan bolalarni individuallashtirilgan davolash dasturlarining afzalligidan iborat bo‘lib, bu og‘riq sindromining og‘irligini kamaytirish, mushak muvozanatini tiklash va bolalarning neyropsixologik holati ko‘rsatkichlarini yaxshilashda ifodalanadigan standart terapiya bilan solishtirganda tiklanish samaradorligini bir necha baravar oshirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: asoratlarni davolash xarajatlarini kamaytirish, reabilitatsiya davomiyligini qisqartirish va standart tiklanish usullari o‘rniga individual davolash dasturlarini qo‘llash orqali terapiya samaradorligini oshirishda namoyon bo‘ladi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, har bir bemor uchun taxminan 1200000 so‘m va 100 bemor uchun 120000000 so‘mgacha mablag‘ tejaladi. Xulosa: aniqlangan korrelyasion bog‘liqliklar yallig‘lanish, neyromushak shikastlanishi va vitamin-mineral almashinuvi ko‘rsatkichlaridan vertebrogen og‘riq sindromi bilan og‘rigan bolalarning nevrologik holatini aniqroq baholash va salbiy o‘zgarishlarni o‘z vaqtida aniqlash uchun foydalanish imkonini beradi, bu esa nozologik sindromga qarab davolash va reabilitatsiya dasturlarini individual tanlashga yordam berdi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor vertebrogen og‘riq sindromining turli nozologik variantlari bo‘lgan 7-15 yoshli bolalarda klinik, neyromushak, kognitiv va psixosotsial ko‘rsatkichlarni ko‘p o‘lchovli baholashga asoslangan individual davolash va reabilitatsiya dasturlarining samaradorligi asoslangan va bu bo‘yicha tavsiyalar Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti 2025 yil 26 avgustdagi 1-sonli Ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlangan «Metodi lechebno-vosstanovitel`nix programm na osnove algoritma kliniko-nevrologicheskoy i funksional`noy korreksii detey s vertebrogennim bolevim sindromom» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Bu takliflar Respublika travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali (20.10.2025 y. 461-U-son buyrug‘i) va Andijon viloyati nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazi (10.11.2025 y. 128-son buyrug‘i) bilan amaliy faoliyatga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 05.03.2026 y. 04/67-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorlik: klinik-nevrologik, funksional va laboratoriya ko‘rsatkichlari o‘rtasida aniqlangan qonuniyatlarni hisobga olgan holda nozologik moslashtirilgan davolash va reabilitatsiya dasturlarini qo‘llashdan iborat bo‘lib, bu vertebrogen og‘riq sindromining turli shakllari bo‘lgan bolalarda harakat ko‘nikmalarini yaxshilashga yordam beradi, kundalik hayotda faolroq ishtirok etish imkonini beradi, shu bilan hayot sifatini yaxshilaydi, ularning ijtimoiy integratsiyasini osonlashtiradi va oilalar hamda sog‘liqni saqlash tizimiga yuklamani kamaytiradi. Iqtisodiy samaradorligi: vertebrogen og‘riq sindromi bilan og‘rigan bolalarda nozologik moslashtirilgan davolash va reabilitatsiya dasturlarini qo‘llashning iqtisodiy samaradorligi takroriy kasalxonaga yotqizishlarni kamaytirish, kasalxonada bo‘lish muddatini qisqartirish va sog‘liqni saqlash tizimi xarajatlarini kamaytirish bilan namoyon bo‘ladi, bu esa har bir bemor uchun taxminan 3200000 so‘mni va 100 bemor uchun 320000000 so‘mni tejashni ta’minlaydi. Xulosa: aniqlangan korrelyasion bog‘liqliklar yallig‘lanish, neyromushak shikastlanishi va vitamin-mineral almashinuvi ko‘rsatkichlaridan vertebrogen og‘riq sindromi bilan og‘rigan bolalarning nevrologik holatini aniqroq baholash va salbiy o‘zgarishlarni o‘z vaqtida aniqlash uchun foydalanish imkonini beradi, bu esa nozologik sindromga qarab davolash va reabilitatsiya dasturlarini individual tanlashga yordam beradi va davolash samaradorligini oshirishga xizmat qilishi ilmiy jixatdan asoslandi.