Abidova Dildora Baxtier kizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bolalarda atopik dermatitda psixosomatik holatning klinik va diagnostik jihatlari va davolash usullarini takomillashtirish”, 14.00.09 – Pediatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Tib5902
Ilmiy rahbar: Mirraximova Maktuba Xabibullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.01.05.
Rasmiy opponentlar: Shamansurova Elmira Amanullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Mirsaidova Munisa Abdushukurovna, tibbiyot fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi atopik dermatit bilan og‘rigan bolalarda psixosomatik statusning klinik-diagnostik xususiyatlarini aniqlash hamda birlamchi bo‘g‘in pediatri amaliyotida ularni olib borish taktikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Ilmiy tadqiqotning ilmiy yangiligi:
AtD bilan og‘rigan 7–12 yoshli bolalarda 86,9% holatlarda situativ xavotir darajasining oshgani aniqlangani isbotlangan, bunda kasallikning klinik jarayoni og‘irlashgani sari og‘ir shakllarda yuqori xavotir darajasiga ega bolalar ulushi ishonchli ravishda 60,0% gacha ortishi (p < 0,001) isbotlangan;
AtD bilan og‘rigan bolalarda validizatsiya qilingan Spilberger–Xanin shkalasini qo‘llash psixoemotsional buzilishlarni ob’ektiv baholash imkonini bergani isbotlangan, og‘ir kechishda shaxsiy xavotirning yuqori darajasi 25,7% bolada aniqlangani va o‘rta og‘ir kechishda 12,3% ni tashkil etgani hamda kasallik klinik shakli og‘irlashgan sari yaqqol shaxsiy xavotir namoyonlarining ikki barobar ortishi (p < 0,05) isbotlangan;
AtD bilan og‘rigan bolalarda SCORAD indeksi va xavotir darajalari o‘rtasida statistik ahamiyatli bog‘liqlik (r = 0,74; p < 0,001), shuningdek umumiy IgE darajasi bilan holatiy (r = 0,72; p < 0,001) va shaxsiy xavotir (r = 0,62; p < 0,001) o‘rtasidagi bog‘liqlik, hamda mikroelementlar darajasi va xavotir ko‘rsatkichlari o‘rtasida ishonchli manfiy bog‘liqlik sink uchun r = -0,63 (HX) va r = -0,59 (ShH), magniy uchun r = -0,67 (HX) va r = -0,64 (ShH) (p < 0,01-0,001) isbotlangan;
AtD bilan og‘rigan 7–12 yoshli bolalarni olib borish bo‘yicha ishlab chiqilgan kliniko-diagnostik algoritmni amaliyotga joriy etish, psixoemotsional baholash va mikroelement tanqisligini korreksiya qilishni o‘z ichiga olgan holda, SCORAD indeksi 41,97 ± 0,78 balldan 20,95 ± 0,37 ballgacha ishonchli kamayishi (p < 0,001), situativ xavotirning yuqori darajasi 65,6% dan 9,4% gacha va shaxsiy xavotir 59,4% dan 9,4% gacha pasayishi kuzatilgani isbotlangan, bu kompleks yondashuvning klinik samaradorligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bolalarda AtDda psixosomatik status va mikroelement muvozanatini kompleks baholash hamda ularni hisobga olgan holda davolash taktikasi takomillashtirildi.
birinchi ilmiy yangilik: AtD bilan og‘rigan 7–12 yoshli bolalarda 86,9% holatlarda situativ xavotir darajasining oshgani aniqlangani isbotlangan, bunda kasallikning klinik jarayoni og‘irlashgani sari og‘ir shakllarda yuqori xavotir darajasiga ega bolalar ulushi ishonchli ravishda 60,0% gacha ortishi (p < 0,001) isbotlanganligi Toshkent davlat tibbiyot universiteti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 26 mayda №05-25/578-t bilan tasdiqlangan «Atopik dermatit bilan og‘rigan bolalarda psixosomatik statusning klinik jihatlari» hamda №05-25/577-t bilan tasdiqlangan «Atopik dermatit bilan og‘rigan bolalarda sink va magniyning psixosomatik buzilishlarga ta’siri usuli» nomli uslubiy tavsiyanomalarda aks ettirilgan va Toshkent shahar 3-sonli bolalar klinik shifoxonasi (2025 yil 17 iyundagi №45-sonli buyruq) hamda Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy pediatriya markazi (2025 yil 20 iyundagi №73-sonli buyruq) asosida klinik amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashining 2025 yil 17 dekabrdagi №31/50-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: 7–12 yoshli AtD bilan og‘rigan bolalarda psixosomatik statusni majburiy kliniko-psixologik baholashni joriy etish og‘ir shakllarda 60,0% gacha etgan yuqori xavotir darajasini erta aniqlash, psixoemotsional xavfni o‘z vaqtida baholash, yaqqol dezadaptatsion holatlarning shakllanishini oldini olish va bolalar hamda ularning oilalari hayot sifatini yaxshilash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: 7–12 yoshli AtD bilan og‘rigan bolalarda situativ xavotir darajasini majburiy kliniko-psixosomatik baholashni joriy etish psixoemotsional korreksiyani o‘z vaqtida amalga oshirish hisobiga takroriy gospitalizatsiyalar chastotasini 20% ga kamaytirish, bir marta statsionar davolash kursi o‘rtacha 1500000 so‘mni tashkil etgan holda har bir bemorga 300000 so‘m iqtisod qilish hamda 92 nafar bemor kuzatilganda umumiy iqtisod taxminan 27600000 so‘mni tashkil etishi orqali iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: 7–12 yoshli AtD bilan og‘rigan bolalarda psixoemotsional statusni majburiy kliniko-psixologik baholashni klinik amaliyotga joriy etish 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 270000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 180000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: AtD bilan og‘rigan bolalarda validizatsiya qilingan Spilberger–Xanin shkalasini qo‘llash psixoemotsional buzilishlarni ob’ektiv baholash imkonini bergani isbotlangan, og‘ir kechishda shaxsiy xavotirning yuqori darajasi 25,7% bolada aniqlangani va o‘rta og‘ir kechishda 12,3% ni tashkil etgani hamda kasallik klinik shakli og‘irlashgan sari yaqqol shaxsiy xavotir namoyonlarining ikki barobar ortishi (p < 0,05) isbotlangan bolalarda AtDda validizatsiya qilingan Spilberger–Xanin shkalasini qo‘llash psixoemotsional buzilishlarni ob’ektiv baholash imkonini berishi isbotlandi: kasallikning og‘ir kechishida shaxsiy xavotirning yuqori darajasi 25,7% bolada aniqlangan bo‘lsa, o‘rta og‘ir kechishda 12,3% ni tashkil etgan, bu AtD klinik shakli og‘irlashgan sari yaqqol shaxsiy xavotir namoyonlarining ikki baravar ortishini (p < 0,05) aks ettiradi hamda psixoemotsional statusning teri jarayoni og‘irligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqligini tasdiqlanganligi Toshkent davlat tibbiyot universiteti Koordinatsion ekspert kengashi tomonidan №05-25/578-t bilan tasdiqlangan «Atopik dermatit bilan og‘rigan bolalarda psixosomatik statusning klinik jihatlari» metodik tavsiyalarida va №05-25/577-t bilan tasdiqlangan «Atopik dermatit bilan og‘rigan bolalarda sink va magniyning psixosomatik buzilishlarga ta’siri usuli»da o‘z aksini topgan hamda 2025 yil 17 iyundagi №45-sonli buyruq (Toshkent shahar 3-sonli bolalar klinik shifoxonasi) va 2025 yil 20 iyundagi №73-sonli buyruq (Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy pediatriya markazi) asosida klinik amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnika kengashining 2025 yil 17 dekabrdagi №31/50-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: bolalarda AtDda psixoemotsional holatni baholash uchun validizatsiya qilingan Spilberger–Xanin shkalasini klinik amaliyotga joriy etish shaxsiy xavotir darajasi va psixoemotsional buzilishlar darajasini aniqlashda ob’ektiv diagnostik mezonlardan foydalanish imkonini beradi, bu esa pediatr, dermatolog va allergolog mutaxassislarga kasallikning klinik shakli og‘irligini inobatga olgan holda differensial va patogenetik jihatdan asoslangan davolash usulini belgilash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: bolalarda AtDda psixoemotsional statusni ob’ektiv baholash maqsadida validizatsiya qilingan Spilberger–Xanin shkalasini amaliyotga joriy etish davolash taktikasini optimallashtirish va statsionar davolashning o‘rtacha davomiyligini 10 kundan 7 kungacha qisqartirish imkonini bergan, bir sutkalik yotish qiymati o‘rtacha 150000 so‘mni tashkil etganda har bir bemorga 450000 so‘m iqtisod qilinishi va 92 nafar bemor uchun umumiy iqtisod 41400000 so‘mni tashkil etishi natijasida iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: bolalarda AtDda psixoemotsional holatni baholash uchun validizatsiya qilingan Spilberger–Xanin shkalasini klinik amaliyotga joriy etish 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 300000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 150000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: AtD bilan og‘rigan bolalarda SCORAD indeksi va xavotir darajalari o‘rtasida statistik ahamiyatli bog‘liqlik (r = 0,74; p < 0,001), shuningdek umumiy IgE darajasi bilan holatiy (r = 0,72; p < 0,001) va shaxsiy xavotir (r = 0,62; p < 0,001) o‘rtasidagi bog‘liqlik, hamda mikroelementlar darajasi va xavotir ko‘rsatkichlari o‘rtasida ishonchli manfiy bog‘liqlik sink uchun r = -0,63 (HX) va r = -0,59 (ShH), magniy uchun r = -0,67 (HX) va r = -0,64 (ShH) (p < 0,01-0,001) isbotlanganli Toshkent davlat tibbiyot universiteti Koordinatsion ekspert kengashi tomonidan №05-25/578-t bilan tasdiqlangan «Atopik dermatit bilan og‘rigan bolalarda psixosomatik statusning klinik jihatlari» metodik tavsiyalarida hamda №05-25/577-t bilan tasdiqlangan «Atopik dermatit bilan og‘rigan bolalarda sink va magniyning psixosomatik buzilishlarga ta’siri usuli»da o‘z aksini topgan va 2025 yil 17 iyundagi №45-sonli buyruq (Toshkent shahar 3-sonli bolalar klinik shifoxonasi) hamda 2025 yil 20 iyundagi №73-sonli buyruq (Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy pediatriya markazi) asosida klinik amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnika kengashining 2025 yil 17 dekabrdagi №31/50-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: bolalarda AtDda SCORAD indeksi, umumiy IgE darajasi, xavotir ko‘rsatkichlari va mikroelement statusi o‘rtasidagi kliniko-psixoimmun bog‘liqliklarni baholash mezonlarini klinik amaliyotga joriy etish dermatolog, pediatr va allergologlarga kasallik og‘irligi va psixoemotsional xavfni kompleks kliniko-laborator mezonlar asosida baholash, shuningdek differensial va patogenetik jihatdan asoslangan davolash usullarini belgilash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: bolalarda AtDda kliniko-psixoimmun bog‘liqliklarni baholash mezonlarini amaliyotga joriy etish kasallik og‘irlashishi xavfini prognoz qilish va og‘ir shakllar hamda takroriy gospitalizatsiyalarning oldini olish imkonini bergan, Toshkent davlat tibbiyot universiteti Ko‘p tarmoqli bolalar klinikasi preyskurantiga muvofiq AtDning og‘ir shaklini statsionarda davolashning o‘rtacha qiymati taxminan 1200000 so‘mni tashkil etishi hisobga olinganda, xavfni stratifikatsiya qilish va takroriy gospitalizatsiyalarning oldini olish natijasida bemorlarning 20% da (92 nafar boladan 18 nafarida) 21600000 so‘m mablag‘ tejalishi ta’minlanib, iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: bolalarda AtDda kasallik og‘irlashishi xavfini prognoz qilish maqsadida kliniko-psixoimmun bog‘liqliklarni baholash mezonlarini joriy etish 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 800000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 400000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: AtD bilan og‘rigan 7–12 yoshli bolalarni olib borish bo‘yicha ishlab chiqilgan kliniko-diagnostik algoritmni amaliyotga joriy etish, psixoemotsional baholash va mikroelement tanqisligini korreksiya qilishni o‘z ichiga olgan holda, SCORAD indeksi 41,97 ± 0,78 balldan 20,95 ± 0,37 ballgacha ishonchli kamayishi (p < 0,001), situativ xavotirning yuqori darajasi 65,6% dan 9,4% gacha va shaxsiy xavotir 59,4% dan 9,4% gacha pasayishi kuzatilgani isbotlangan, bu kompleks yondashuvning klinik samaradorligi asoslanganligi Toshkent davlat tibbiyot universiteti Koordinatsion ekspert kengashi tomonidan №05-25/578-t bilan tasdiqlangan «Atopik dermatit bilan og‘rigan bolalarda psixosomatik statusning klinik jihatlari» metodik tavsiyalarida hamda №05-25/577-t bilan tasdiqlangan «Atopik dermatit bilan og‘rigan bolalarda sink va magniyning psixosomatik buzilishlarga ta’siri usuli»da aks ettirilgan va 2025 yil 17 iyundagi №45-sonli buyruq (Toshkent shahar 3-sonli bolalar klinik shifoxonasi) hamda 2025 yil 20 iyundagi №73-sonli buyruq (Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy pediatriya markazi) asosida klinik amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnika kengashining 2025 yil 17 dekabrdagi №31/50-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi bolalarda AtDda ishlab chiqilgan kliniko-diagnostik algoritmni klinik amaliyotga joriy etish pediatrlarga majburiy psixoemotsional baholash va mikroelement disbalansini korreksiya qilishni o‘z ichiga olgan strukturalashtirilgan kompleks yondashuvdan foydalanish, shu orqali kasallikning klinik faolligini sezilarli kamaytirish, bolalarda xavotir darajasini pasaytirish va pediatriya bo‘g‘inida davolash samaradorligini oshirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: bolalarda AtDda ishlab chiqilgan kliniko-diagnostik algoritmni amaliyotga joriy etish kasallik klinik faolligining sezilarli pasayishi hisobiga takroriy gospitalizatsiyalar chastotasini va medikamentoz terapiya hajmini qisqartirish imkonini bergan, Toshkent davlat tibbiyot universiteti Ko‘p tarmoqli bolalar klinikasi preyskurantiga muvofiq statsionarda davolashning o‘rtacha qiymati 1200000 so‘mni tashkil etishi hisobga olinganda, algoritmni qo‘llash va takroriy gospitalizatsiyalarning oldini olish natijasida bemorlarning 25% da (92 nafar boladan 23 nafarida) 27600000 so‘m mablag‘ tejalishi ta’minlanib, iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: bolalarda AtDda ishlab chiqilgan kliniko-diagnostik algoritmni klinik amaliyotga joriy etish 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 900000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 300000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.