Abdullazizova Umidaxon Saloxiddin qizining
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tarqoq sklerozni erta tashxislash va og‘irligini prognozlashda yallig‘lanish biomarkerlarini ahamiyati», 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Tib4553.
Ilmiy rahbar: Musaeva Yulduz Alpisovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.01.04.
Rasmiy opponentlar: Madjidova Yakutxon Nabievna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ismoilova Ra’no Olimdjanovna, tibbiyot fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot nomi: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tarqoq skleroz kasalligini erta tashxislashda oligoklonal zanjirlar va κ-erkin engil zanjirlarining (κFLC) diagnostik sezgirligini hamda kasallik faolligi va kechish og‘irligini bashoratlashdagi ahamiyatini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tarqoq sklerozni erta tashxislashda oligoklonal zanjirlarning  intratekal IgG sintezining va yallig‘lanish jarayonini aks ettiruvchi sezgir immunologik biomarker sifatida kasallik faolligini erta bosqichlarda aniqlash va klinik natijalarni yaxshilashi  isbotlangan;
oligoklonal zanjirlar asosida shakllantirilgan erta tashxis va bemorlarni differensial olib borish yondashuvi, kasallikning progressiyalanish sur’atini sekinlashtirishi hamda EDSS shkalasi bo‘yicha nevrologik nogironlik darajasining ortishini ishonchli kamaytirishi isbotlangan;
oligoklonal zanjirlar musbat holatning markaziy asab tizimidagi intratekal immun faollik darajasini aks ettirishi va kasallikning klinik faolligi hamda MRT ko‘rsatkichlari bilan intratekal yallig‘lanish va demielinizatsiya faolligini aks ettirishi tufayli musbat korrelyasion bog‘liqligi mavjudligi aniqlangan; 
tarqoq sklerozni oligoklonal zanjirlar asosida erta tashxislash va tavsiya etilgan ko‘rsatmalarni qo‘llash, terapevtik yondashuvni optimallashtirish xisobiga takroriy xurujlar chastotasini kamaytirishi, og‘ir va progressiv shakllarga o‘tish xavfini pasaytirishi aniqlangan.   
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Tarqoq skleroz bilan kasallangan bemorlarni erta tashxislash, kasallikning noqulay kechish xavfini baholash va nogironlik darajasini kamaytirish buyicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: tarqoq sklerozni erta tashxislashda oligoklonal zanjirlarning intratekal IgG sintezi va yallig‘lanish jarayonini aks ettiruvchi sezgir immunologik biomarker sifatida kasallik faolligini erta bosqichlarda aniqlash hamda klinik natijalarni yaxshilashdagi ahamiyati bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Ilmiy-texnik ekspert komissiyasining 2025 yil 29 oktyabrdagi № 4-sonli xulosasiga muvofiq Andijon viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi amaliyotiga (2025 yil 7noyabrdagi 01/7/44-sonli buyruq) va Farg‘ona jamoat salomatligi instituti ko‘p tarmoqli klinikasi amaliyotiga (2025 yil 7 noyabrdagi 37-sonli buyruq) joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: tarqoq sklerozni erta tashxislash imkoniyatlarini oshirish va kasallikni kech aniqlash xavfini kamaytirish orqali bemorlarning funksional faolligini saqlab qolish va nogironlik shakllanishini sekinlashtirishda namoyon bo‘ldi. Iqtisodiy samaradorligi: 15 nafar bemorni tekshirishda iqtisodiy foyda 9750000 so‘mni, iqtisodiy samaradorlik darajasi esa 76,5% ni tashkil etdi. Xulosa: diagnostik algoritmni optimallashtirish hisobiga takroriy instrumental va laborator tekshiruvlar bilan bog‘liq xarajatlarni kamaytirishda ifodalanadi.
ikkinchi ilmiy yangilik: oligoklonal zanjirlar asosida shakllantirilgan erta tashxis va bemorlarni differensial olib borish yondashuvi, kasallikning progressiyalanish sur’atini sekinlashtirishi hamda EDSS shkalasi bo‘yicha nevrologik nogironlik darajasining ortishini ishonchli kamaytirishi bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Ilmiy-texnik ekspert komissiyasining 2025 yil 29 oktyabrdagi № 4-sonli xulosasiga muvofiq Andijon viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi amaliyotiga (2025 yil 7 noyabrdagi 01/7/44-sonli buyruq) va Farg‘ona jamoat salomatligi instituti ko‘p tarmoqli klinikasi amaliyotiga (2025 yil 7 noyabrdagi 37-sonli buyruq) joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: erta tashxis qo‘llanilishi nevrologik nogironlikning oldini olish va bemorlarning hayot sifatini saqlashga xizmat qildi. Iqtisodiy samaradorligi: o‘z vaqtida davolashni boshlash orqali asoratlar va gospitalizatsiyalar kamayib, 975000 so‘mgacha tejamkorlik ta’minlandi. Xulosa: oligoklonal zanjirlar asosida ishlab chiqilgan erta tashxis va differensial yondashuv kasallikning progressiya sur’atini statistik ishonchli darajada sekinlashtirishi hamda EDSS shkalasi bo‘yicha nevrologik defisitning ortishini cheklashda yuqori klinik samaradorlikka ega ekanligi ilmiy jihatdan asoslandi.
uchinchi ilmiy yangilik: oligoklonal zanjirlar musbat holatning markaziy asab tizimidagi intratekal immun faollik darajasini aks ettirishi va kasallikning klinik faolligi hamda MRT ko‘rsatkichlari bilan intratekal yallig‘lanish va demielinizatsiya faolligini aks ettirishi tufayli musbat korrelyasion bog‘liqligi mavjudligi bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Ilmiy-texnik ekspert komissiyasining 2025 yil 29 oktyabrdagi № 4-sonli xulosasiga muvofiq Andijon viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi amaliyotiga (2025 yil 7 noyabrdagi 01/7/44-sonli buyruq) va Farg‘ona jamoat salomatligi instituti ko‘p tarmoqli klinikasi amaliyotiga (2025 yil 7 noyabrdagi 37-sonli buyruq) joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: terapevtik taktikani personallashtirib tanlash imkoniyati va nogironlik sur’atlarini kamaytirish imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: davolash-diagnostika jarayonini ratsionallashtirish va asoratlangan shakllarni olib borish xarajatlarini 975000 so‘mga kamaytirish imkonini berdi. Xulosa: oligoklonal zanjirlarning markaziy asab tizimida intratekal immun faollik markeri sifatida klinik faollik va neyrovizual ko‘rsatkichlar bilan korrelyasion bog‘liqligi aniqlanib, ularning kasallik kechishini baholash va prognozlashdagi yuqori diagnostik va prognostik ahamiyati isbotlanadi. 
to‘rtinchi ilmiy yangilik: tarqoq sklerozni oligoklonal zanjirlar asosida erta tashxislash va tavsiya etilgan ko‘rsatmalarni qo‘llash, terapevtik yondashuvni optimallashtirish xisobiga takroriy xurujlar chastotasini kamaytirishi, og‘ir va progressiv shakllarga o‘tish xavfini pasaytirishi bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Ilmiy-texnik ekspert komissiyasining 2025 yil 29 oktyabrdagi № 4-sonli xulosasiga muvofiq Andijon viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi amaliyotiga (2025 yil 7 noyabrdagi 01/7/44-sonli buyruq) va Farg‘ona jamoat salomatligi instituti ko‘p tarmoqli klinikasi amaliyotiga (2025 yil 7 noyabrdagi 37-sonli buyruq) joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: ixtisoslashtirilgan nevrologik yordam sifati va bemorlarning o‘tkazilayotgan diagnostik tadbirlarga bo‘lgan ishonchini oshirish imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: davolash-diagnostika jarayonini ratsionallashtirish va asoratlangan shakllarni olib borish xarajatlarini 975000 so‘mga kamaytirish imkonini berdi. Xulosa: oligoklonal zanjirlarga asoslangan erta tashxis va klinik olib borish algoritmini qo‘llash takroriy xurujlar chastotasini kamaytirish, kasallikning progressiv shakllariga transformatsiya xavfini pasaytirish va umumiy klinik natijalarni yaxshilaydi. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish