Musaev Sardorbek Muxtarbekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘tkir gemorragik insul`tda uchokning joylashuvi,xajmi va davolash taktikasiga kura uzok muddatli okibatlarning taxlili, 14.00.13 – Nevrologiya, (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/Tib6579.
Ilmiy rahbar: Raximbaeva Gulnora Sattarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.01.04.
Rasmiy opponentlar: Madjidova Yakutxon Nabievna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Nazarova Janna Avzarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘tkir gemorragik insul`tda o‘choq lokalizatsiyasi, gematoma hajmi, davolash taktikasini boshqarish xususiyatlari hamda neyroyallig‘lanish markerlari darajalariga bog‘liq holda uzoq muddatli funksional natijalarni tahlil qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘tkir miya ichi qon quyilishi bilan og‘rigan bemorlarning mintaqaviy klinik kogortasida neyroyallig‘lanish markerlari (IL-6, IL-1β, MMP-9) klinik og‘irlik darajasi, o‘choqning neyrovizualizatsion xususiyatlari va uzoq muddatli funksional natijalar bilan qiyosiy ravishda kompleks isbotlangan;
IL-6, IL-1β va MMP-9 darajalarining oshishi gematoma hajmining kattalashishi, perifokal shishning kuchayishi va dislokatsion o‘zgarishlar bilan bog‘liqligi, ikkilamchi miya shikastlanishida neyroyallig‘lanish javobining patogenetik axamiyati aniqlangan;
kengaytirilgan neyroprotektiv terapiya standart davolash bilan qiyoslaganda miyaning ikkilamchi shikastlanishi dinamikasi, perifokal shish regressi va uzoq muddatli funksional natijalarga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan;
klinik, neyrovizualogik va biokimyoviy ko‘rsatkichlar integratsiyasiga asoslangan, erta xavf stratifikatsiyasi aniqligini oshirish imkonini beruvchi va salbiy funksional oqibatni prognozlash modeli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: o‘tkir gemorragik insul`t bilan kassallangan bemorlarni erta tashxislash, kasallikning nokulay kechish xavfini baholash va nogironlik darajasini kamaytirish buyicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: o‘tkir miya ichi qon quyilishi bilan og‘rigan bemorlarning mintaqaviy klinik kogortasida neyroyallig‘lanish markerlari (IL-6, IL-1β, MMP-9) klinik og‘irlik darajasi, o‘choqning neyrovizualizatsion xususiyatlari va uzoq muddatli funksional natijalar bilan qiyosiy ravishda kompleks isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat tibbiyot universitetining 2025 yil 23 sentyabrdagi 09-25/678 t sonli kengashi qarori bilan tasdiqlangan “Optimizatsiya kombinirovannoy terapii gemorragicheskogo insul`ta na osnove pokazateley markerov vospaleniya” uslubiy tavsiyanoma mazmuniga kiritilgan. Mazkur takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgik angionevrologiya markazi (2025 yil 14 oktyabrdagi №56-sonli buyruq) hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi (2026 yil 10 oktyabrdagi №173-T-sonli buyruq) amaliyotiga joriy etildi (TDTU Ilmiy kengashining 2026 yil mart oyidagi №01-02/u-t-51-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: neyroyallig‘lanish markerlari (IL-6, IL-1β, MMP-9) ni klinik va neyrovizualizatsion ko‘rsatkichlar bilan kompleks baholash bemorlarni erta stratifikatsiya qilish, davolash va reabilitatsiyani individuallashtirish imkonini berib, funksional tiklanishni yaxshilaydi hamda nogironlik darajasini kamaytirdi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur yondashuvni amaliyotga joriy etish asoratlar va takroriy gospitalizatsiyalarni kamaytirib, davolash xarajatlarini 240000 mingga iqtisod qilib, tibbiy xizmat qiymatini pasaytirdi. Xulosa: kompleks baholash usuli o‘tkir intramiya qon quyilishida prognozni aniqlashni yaxshilab, davolash samaradorligi va hayot sifati oshishiga xizmat qiladi.
ikkinchi ilmiy yangilik: IL-6, IL-1β va MMP-9 darajalarining oshishi gematoma hajmining kattalashishi, perifokal shishning kuchayishi va dislokatsion o‘zgarishlar bilan bog‘liqligi, ikkilamchi miya shikastlanishida neyroyallig‘lanish javobining patogenetik axamiyati aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat tibbiyot universitetining 2025 yil 23 sentyabrdagi 09-25/678 t sonli kengashi qarori bilan tasdiqlangan “Optimizatsiya kombinirovannoy terapii gemorragicheskogo insul`ta na osnove pokazateley markerov vospaleniya” uslubiy tavsiyanoma mazmuniga kiritilgan. Mazkur takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgik angionevrologiya markazi (2025 yil 14 oktyabrdagi №56-sonli buyruq) hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi (2026 yil 10 oktyabrdagi №173-T-sonli buyruq) amaliyotiga joriy etildi (TDTU Ilmiy kengashining 2026 yil mart oyidagi №01-02/u-t-51-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: taklif etilayotgan usul kasallikning og‘irlik darajasi va davrlariga mos ravishda davolash taktikasini tanlash, kasallikning og‘irlashishini kamaytirishga, bemorlarning salomatligini tiklash va hayot sifatini yaxshilash imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: xavf stratifikatsiyasi mezonlarini qo‘llash noqulay prognozli bemorlarni erta aniqlash va davolash taktikasini individuallashtirishga, og‘ir asoratlar chastotasini kamaytirishga xizmat qildi. Xulosa: bemorlarni stratifikatsiya qilish algoritmini joriy etish statsionarda davolanish muddatini optimallashtirish va tibbiy muassasalar resurslaridan samarali foydalanish imkonini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: kengaytirilgan neyroprotektiv terapiya standart davolash bilan qiyoslaganda miyaning ikkilamchi shikastlanishi dinamikasi, perifokal shish regressi va uzoq muddatli funksional natijalarga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat tibbiyot universitetining 2025 yil 23 sentyabrdagi 09-25/678 t sonli kengashi qarori bilan tasdiqlangan “Optimizatsiya kombinirovannoy terapii gemorragicheskogo insul`ta na osnove pokazateley markerov vospaleniya” uslubiy tavsiyanoma mazmuniga kiritilgan. Mazkur takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgik angionevrologiya markazi (2025 yil 14 oktyabrdagi №56-sonli buyruq) hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi (2025 yil 10 oktyabrdagi №173-T-sonli buyruq) amaliyotiga joriy etildi (TDTU Ilmiy kengashining 2026 yil mart oyidagi №01-02/u-t-51-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: davolash taktikasi (standart davolash va kengaytirilgan neyroprotektiv terapiya) ni optimal tanlash miyaning ikkilamchi shikastlanishini cheklashga xizmat qilib, nevrologik defisit og‘irligini kamaytiradi, funksional tiklanishni yaxshilaydi va nogironlik darajasini pasaytirdi. Iqtisodiy samaradorligi: maqsadli davolash yondashuvi asoratlar va uzoq muddatli reabilitatsiya ehtiyojini kamaytirib, statsionar davolash muddati va xarajatlarini qisqartirdi. Xulosa: standart davolash va kengaytirilgan neyroprotektiv terapiyani differensial qo‘llash kasallik kechishini barqarorlashtirib, uzoq muddatli funksional natijalarni yaxshilashga xizmat qiladi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: klinik, neyrovizualogik va biokimyoviy ko‘rsatkichlar integratsiyasiga asoslangan, erta xavf stratifikatsiyasi aniqligini oshirish imkonini beruvchi va salbiy funksional oqibatni prognozlash modeli ishlab chiqilganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat tibbiyot universitetining 2025 yil 23 sentyabrdagi 09-25/678 t sonli kengashi qarori bilan tasdiqlangan “Optimizatsiya kombinirovannoy terapii gemorragicheskogo insul`ta na osnove pokazateley markerov vospaleniya” uslubiy tavsiyanoma mazmuniga kiritilgan. Mazkur takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgik angionevrologiya markazi (2026 yil 14 oktyabrdagi №56-sonli buyruq) hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi (2025 yil 10 oktyabrdagi №173-T-sonli buyruq) amaliyotiga joriy etildi (TDTU Ilmiy kengashining 2026 yil mart oyidagi №01-02/u-t-51-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: klinik, neyrovizualizatsion va biokimyoviy ko‘rsatkichlar integratsiyasiga asoslangan ko‘p omilli prognostik shkala erta xavf stratifikatsiyasini aniqlashni ta’minlab, yuqori xavf guruhidagi bemorlarni o‘z vaqtida ajratish, davolash va reabilitatsiyani individuallashtirish orqali funksional natijalarni yaxshilaydi va nogironlik darajasini kamaytiradi. Iqtisodiy samaradorligi: erta va aniq prognozlash orqali asoratlar, uzoq muddatli davolash va takroriy gospitalizatsiya holatlari kamayib, tibbiy xizmat xarajatlari 5317680 so‘mga iqtisod qildi. Xulosa: ko‘p omilli prognostik shkala noqulay funksional natijani erta aniqlash imkonini berib, klinik qaror qabul qilish samaradorligini oshiradi va davolash natijalarini yaxshilashga xizmat qiladi.