Sultonov Sanjar O‘razalievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oziq-ovqat sanoati uskunalarini korroziyadan himoya qilish maqsadida kompozision polimer materiallari hamda ular asosidagi qoplamalarning samarali tarkibi va olish texnologiyalarini yaratish», 02.00.07–«Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi»; 02.00.06–«Yuqori molekulyar birikmalar» (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/T1392.
Ilmiy rahbarlar: Negmatov Soyibjon Sodiqovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik; Negmatova Komila Soyibjonovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.27.06.2017.K/T.03.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ibodullaev Axmadjon Sobirovich, texnika fanlari doktori, professor; Babaev Tuyg‘un Mirzaaxmedovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oziq-ovqat sanoati uskunalarini korroziyadan himoya qilish uchun kompozision polimer materiallar va ular asosidagi qoplamalarning samarali tarkibi va olish texnologiyalarini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor oziq-ovqat sanoati ichimliklari ishlab chiqarish uskunalarini korroziyadan himoya qilish uchun samarali KPM va ularni termodinamik jihatdan mos kelmaydigan (epoksi-polietilen) va termodinamik jihatdan mos keladigan polimerlar (epoksi-epoksipolimerlar) asosida olish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
epoksi-epoksid kompozisiyalarni qo‘llash jarayonida birinchi marta rezervuar, sisterna va boshqa uskunalarning texnik xizmat ko‘rsatishsiz ishlash muddatini 2–2,5 baravarga oshirish imkonini beradigan sinergizm jarayonining samaradorligi aniqlangan;
ichimliklar ishlab chiqaruvchi oziq-ovqat korxonalari uskunalari va kommunikatsiyalarining ishchi qismlarini qoplash uchun qo‘llanilgan antikorrozion kompozision polimer qoplamalarning shakllanish jarayoni o‘rganilgan;
epoksipolietilen va epoksi-epoksid kompozion polimer materiallarni hosil qilishning optimal tarkibi va texnologik rejimlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Oziq-ovqat ichimliklarini ishlab chiqarish uskunalari uchun himoya qoplamalarini yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Antikorrozion kompozision materiallar va ular asosida qoplamalar» uchun tashkilot standarti ishlab chiqilgan va «O‘zstandart» agentligi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan (Ts 25239558-11:2019). Natijada, oziq-ovqat ichimliklarini ishlab chiqaruvchi uskunalarni ishlab chiqarishda antikorrozion polimer qoplamalardan foydalanish imkonini bergan;
antikorrozion polimer qoplamalar anor sharbati ishlab chiqaruvchi «Dexqonobod Asl Anori» ishlab chiqarish korporativida amaliyotga joriy etilgan (Sirdaryo viloyati Hokimligi boshqaruv apparatining 2020 yil 20 yanvardagi 8/38-38-son ma’lumotnomasi). Natijada, alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqaruvchi korxonalarda himoyalangan uskunalar va jihozlar uchun qulay ish sharoitlarini yaratish imkonini bergan.