Yunusxodjaeva Xilolaxon Sayfuddinxo‘ja qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «COVID-19 infeksiyasi sababli rivojlangan obsessiv-kompul`siv buzilishlar klinik strukturasini o‘rganish va tibbiy psixologik yordam ko‘rsatish tizimini ishlab chiqish», 19.00.04 – Tibbiy psixologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Tib1844.
Ilmiy rahbar: Ibodullaev Zarifboy Rajabovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti huzuridagi DSc.06/2025.27.12.Tib.01.04 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Magzumova Shaxnoza Shaxzadeevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ilhamova Dilfuza Ilyasovna psixologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi COVID-19 infeksiyasi sababli rivojlangan obsessiv-kompul`siv buzilishlar klinik strukturasini o‘rganish va tibbiy psixologik yordam ko‘rsatish tizimini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
COVID-19 infeksiyasi sababli rivojlangan obsessiv-kompulsiv buzilishlarni klinik strukturasi uyqusizlik, xavotir, xotira buzilishi, depressiya, diqqat va konsentratsiya buzilishi bilan yonma-yon kechishi aniqlangan;
COVID-19 infeksiyasi sababli rivojlangan psixoemotsional buzilishlarning klinik ko‘rinishida klinik ifodalangan xavotir va subklinik depressiya ko‘rsatkichlari yuqori ekanligi aniqlangan;
COVID-19 infeksiyasi sababli rivojlangan psixoemotsional buzilishlarni shaxs turi va jins xususiyatlari bilan bog‘liqligi, ya’ni yaqqol introvert va introversiyaga moyillikda ko‘proq, hamda ayollarda ko‘proq kuzatilishi isbotlangan;
COVID-19 infeksiyasi sababli rivojlangan obsessiv-kompulsiv buzilishlar tashxislangan bemorlarda KBT va Mindfullness kombinatsiyasi monopsixofarmakoterapiyadan ko‘ra samaraliroq ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
COVID-19 sababli rivojlangan obsessiv-kompul`siv buzilishlar klinik strukturasini o‘rganish va tibbiy-psixologik yordam ko‘rsatish tizimini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: COVID-19 infeksiyasi sababli rivojlangan obsessiv-kompulsiv buzilishlarni klinik strukturasi uyqusizlik, xavotir, xotira buzilishi, depressiya, diqqat va konsentratsiya buzilishi bilan yonma-yon kechishi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar 2025 yil 26 iyundagi Toshkent tibbiyot akademiyasi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 03-25/543-t-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlanib, “COVID-19 infeksiyasi sababli rivojlangan psixoemotsional buzilishlarni psixodiagnostika va psixokorreksiyasining zamonaviy algoritmi” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga kiritilgan. Olingan ilmiy natijalar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnikaviy kengashning 2025 yil 17 dekabrdagi №31/05-sonli xulosasiga muvofiq tasdiqlanib, 2-son shahar ruhiy-asab kasalliklari dispanseri (2025 yil 13 may, 75/01-07/03-sonli buyruq) va Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi psixiatriya xizmati bo‘yicha Jizzax viloyati filialida (2025 yil 26 may, №398-sonli buyruq) amalda qo‘llanildi. Ijtimoiy samaradorligi: ishlab chiqilgan differensial-psixodiagnostik algoritm asosida psixoterapevtik yondashuvni individuallashtirish COVID-19 dan keyingi psixoemotsional buzilishlari bo‘lgan bemorlarda erta aniqlash, o‘z vaqtida psixokorreksiya, ijtimoiy moslashuv va mehnat faoliyatiga qayta integratsiyani ta’minlash imkonini yaratdi. Natijada hayot sifati ko‘rsatkichlari yaxshilandi va takroriy murojaatlar soni kamaydi. Iqtisodiy samaradorligi: psixoemotsional buzilishlarni erta tashxislash va kompleks psixokorreksion dasturlarni qo‘llash orqali asoratlarning oldini olish hamda uzoq muddatli davolash xarajatlarini kamaytirish hisobiga har bir bemor uchun o‘rtacha 1000000–1200000 so‘m miqdorida byudjet mablag‘larini tejash imkoni yaratildi. Xulosa: ushbu ilmiy yangilikni COVID-19 infeksiyasidan keyin rivojlangan psixoemotsional buzilishlari bo‘lgan bemorlarda qo‘llash sog‘liqni saqlash tizimida zamonaviy psixodiagnostika va psixokorreksiya modelini joriy etishga xizmat qiladi. Shuningdek, har bir bemorga o‘rtacha 1000000-1200000 so‘m mablag‘ni tejash imkonini berib, byudjet va byudjetdan tashqari xarajatlarni optimallashtiradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: COVID-19 infeksiyasi sababli rivojlangan psixoemotsional buzilishlarning klinik ko‘rinishida klinik ifodalangan xavotir va subklinik depressiya ko‘rsatkichlari yuqori ekanligi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar 2025 yil 26 iyundagi Toshkent tibbiyot akademiyasi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 03-25/543-t-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlanib, “COVID-19 infeksiyasi sababli rivojlangan psixoemotsional buzilishlarni psixodiagnostika va psixokorreksiyasining zamonaviy algoritmi” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga kiritildi.Olingan ilmiy natijalar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnikaviy kengashning 2025 yil 17 dekabrdagi №31/05-sonli xulosasiga muvofiq tasdiqlanib, 2-son shahar ruhiy-asab kasalliklari dispanseri (2025 yil 13 may, 75/01-07/03-sonli buyruq) va Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi psixiatriya xizmati bo‘yicha Jizzax viloyati filialida (2025 yil 26 may, №398-sonli buyruq) amalda qo‘llanildi. Ijtimoiy samaradorligi: COVID-19 infeksiyasidan keyin paydo bo‘luvchi psixoemotsional buzilishlarning - xavotir, depressiya, obsessiv fikrlar, majburiy xatti-harakatlar, stress va kognitiv o‘zgarishlarning - erta aniqlanishi va klinik tarkibi bo‘yicha to‘g‘ri baholanishi bemorlarda holat og‘irlashuvining oldini oladi. Pandemiyadan keyingi ruhiy holat o‘z vaqtida korreksiya qilinsa, qayta vrachga murojaat qilish, yordam chaqirish holatlari va ayrim hollarda ambulator yoki statsionar davolanish ehtiyoji kamaydi. Iqtisodiy samaradorligi: COVID-19 bilan bog‘liq psixoemotsional buzilishlar o‘z vaqtida aniqlanmasa, xavotir, depressiya va obsessiv-kompul`siv buzilishlar kuchayib, bemor holati og‘irlashsa, statsionar yotqizishga to‘g‘ri keladi. “Asab va ruxiyat” ilmiy-amaliy tibbiyot markazida o‘rtacha davolanish davomiyligi 10 kun bo‘lib, 1 kunlik davolanish narxi 960000 so‘mni tashkil qildi. Xulosa: psixoemotsional buzilishlarni erta aniqlash va korreksiya qilish har bir bemor uchun 9600000 so‘m byudjet mablag‘ni tejash imkonini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: COVID-19 infeksiyasi sababli rivojlangan psixoemotsional buzilishlarni shaxs turi va jins xususiyatlari bilan bog‘liqligi, ya’ni yaqqol introvert va introversiyaga moyillikda ko‘proq, hamda ayollarda ko‘proq kuzatilishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar 2025 yil 26 iyundagi Toshkent tibbiyot akademiyasi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 03-25/543-t-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlanib, “COVID-19 infeksiyasi sababli rivojlangan psixoemotsional buzilishlarni psixodiagnostika va psixokorreksiyasining zamonaviy algoritmi” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga kiritildi. Olingan ilmiy natijalar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnikaviy kengashning 2025 yil 17 dekabrdagi №31/05-sonli xulosasiga muvofiq tasdiqlanib, 2-son shahar ruhiy-asab kasalliklari dispanseri (2025 yil 13 may, 75/01-07/03-sonli buyruq) va Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi psixiatriya xizmati bo‘yicha Jizzax viloyati filialida (2025 yil 26 may, №398-sonli buyruq) amalda qo‘llanildi. Ijtimoiy samaradorligi: COVID-19 bilan bog‘liq psixoemotsional buzilishlarda shaxs turi va gender xususiyatlarini hisobga olish aholi orasida xavf guruhlarini erta aniqlash, individual profilaktika choralarini samarali tashkil etish hamda psixoemotsional barqarorlikni saqlashga xizmat qildi. Iqtisodiy samaradorligi: COVID-19dan keyingi psixoemotsional buzilishlar (OKB, xavotir, insomniya, kognitiv o‘zgarishlar) uchun an’anaviy 6 oylik kompleks davolash - antidepressantlar, kognitiv preparatlar va uyqu vositalari bilan birgalikda 7180000 so‘mni tashkil qiladi. Xulosa: taklif qilinayotgan KBTni qo‘llash orqali har bir bemor uchun 2277000 so‘mdan ortiq mablag‘ni, umumiy hisobda esa 6955000 so‘mgacha tejash imkoniyati yuzaga keladi. Bu esa COVID-19dan keyingi OKB, xavotir, insomniya va kognitiv o‘zgarishlarni dorilarsiz ham samarali korreksiya qilish imkonini beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: COVID-19 infeksiyasi sababli rivojlangan obsessiv-kompulsiv buzilishlar tashxislangan bemorlarda KBT va Mindfullness kombinatsiyasi monopsixofarmakoterapiyadan ko‘ra samaraliroq ekanligi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar 2025 yil 26 iyundagi Toshkent tibbiyot akademiyasi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 03-25/543-t-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlanib, “COVID-19 infeksiyasi sababli rivojlangan psixoemotsional buzilishlarni psixodiagnostika va psixokorreksiyasining zamonaviy algoritmi” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga kiritildi. Olingan ilmiy natijalar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnikaviy kengashning 2025 yil 17 dekabrdagi №31/05-sonli xulosasiga muvofiq tasdiqlanib, klinik amaliyotga joriy etildi hamda 2-son shahar ruhiy-asab kasalliklari dispanseri (2025 yil 13 may, 75/01-07/03-sonli buyruq) va Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi psixiatriya xizmati bo‘yicha Jizzax viloyati filialida (2025 yil 26 may, №398-sonli buyruq) amalda qo‘llanildi. Ijtimoiy samaradorligi: ishlab chiqilgan tibbiy-psixologik yordam modeli COVID-19 tufayli yuzaga kelgan obsessiv-kompul`siv buzilishlar, xavotir va depressiya holatlarini kompleks baholash va korreksiya qilish imkonini berdi. Natijada bemorlarda emotsional barqarorlik tiklanishi, ijtimoiy moslashuv yaxshilanishi va ruhiy salomatlik xizmatlariga murojaat qilish samaradorligi oshgani qayd etildi. Iqtisodiy samaradorligi: tadqiqot natijalariga ko‘ra, kompleks KBT va Mindfulness kombinatsiyasi qo‘llanilganda har bir bemor uchun umumiy xarajatlar 9600000 so‘mdan 6955 000 so‘mgacha qisqargani aniqlandi, ya’ni 2645000 so‘m iqtisod qilingan. Xulosa: COVID-19 sababli rivojlangan obsessiv-kompul`siv buzilishlarda integratsiyalashgan tibbiy-psixologik yordam tizimini joriy etish klinik samaradorlikni oshirish, davolash muddatini qisqartirish va sog‘liqni saqlash tizimida sezilarli iqtisodiy tejamkorlikka erishish imkonini beradi. Ushbu yondashuv pandemiyadan keyingi ruhiy salomatlikni muhofaza qilishning amaliy va barqaror modelini shakllantiradi.