Topvoldiev Fayzulla Foziljonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Noregulyar konus egriligi va u bilan bog‘liq tiklash masalalari», 01.01.04-Geometriya va topologiya (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/FM1067.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti va Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi DSc.03/2025.27.12.FM.01.02 raqamli Ilmiy kengash.
Ilmiy rahbar: Sharipov Anvarjon Solievich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: fizika-matematika fanlari doktori, professor Zaitov Adilbek Ataxanovich; fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent Ismoilov Sherzodbek Shokirjon o‘g‘li.
Yetakchi tashkilot: Osh davlat universiteti, Qirg‘iz Respublikasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi shartli tashqi egrilikning berilgan qiymati orqali kesimlari bo‘yicha izometrik bo‘lgan sirtlarni tiklashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bitta va ikkita maxsusliklarga ega bo‘lgan qavariq ko‘pyoqli burchakning shartli to‘la burchagi uchun baholar olingan holda bunday qavariq ko‘pyoqli burchaklarning shartli to‘la burchaklarini hisoblash formulalari topilgan;
shartli to‘la burchakning qiymati evklid harakati bo‘lmagan almashtirishga nisbatan invariantligi va bu qiymat h argumentning monoton o‘suvchi funksiyasi bo‘lishi isbotlangan;
bitta va ikkita maxsusliklarga ega bo‘lgan konuslar ta’riflari asosida noregulyar konus tushunchasi kiritilgan bo‘lib, bunday noregulyar konuslarning shartli egriligini hisoblash formulasi topilgan va bu egrilik qiymatning musbat aniqlanganligi hamda chekliligi ko‘rsatilgan;
uchlarida berilgan shartli tashqi egriligi bo‘yicha qavariq ko‘pyoqning mavjudligi va bu ko‘pyoqning evklid harakati bo‘lmagan almashtirishga nisbatan yagonaligi isbotlangan.
sirtning shartli tashqi egriligining to‘la additivligi va berilgan almashtirishga nisbatan invariantligi ko‘rsatilib, ko‘pyoqlarning sirtga kesimlari bo‘yicha yaqinlashishi ta’rifi yordamida Dirixle masalasiga ekvivalent bo‘lgan masala echimi bilan ifodalanuvchi sirtning mavjudligi va bu sirtning evklid harakati bo‘lmagan almashtirishga nisbatan yagonaligi isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Dissertatsiya tadqiqoti jarayonida olingan ilmiy natijalar quyidagi yo‘nalishda amaliyotga joriy qilingan:
sirt shartli tashqi egriligi (sirt silindrik tasviri yuzasi) ning to‘la additivlik xossasiga doir natijalardan FZ-202-009-2870 “Yuqori sezgir bo‘yoqli quyosh elementlar ishchi qatlamlarini fotoelektrik xarakteristikalariga haroratni, ultratovushni va ulardagi moddalar miqdorining ta’sirini o‘rganish orqali ulardan respublikamizda optimal foydalanish tavsiyalari ishlab chiqish” mavzusidagi fundamental loyihada silindrik yuzadagi ishchi qatlamlarini fotoelektrik xarakteristikalariga harorat va ultratovushning ta’sirini modellashtirishda foydalanilgan (Namangan muhandislik texnologiya institutining 2024 yil 14 avgustdagi № 1961-024 raqamli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi silindrik yuzadagi ishchi qatlamlarini fotoelektrik xarakteristikalariga harorat va ultratovushning ta’sirini modellashtirish imkonini bergan;
noregulyar konus shartli egriligining maxsuslik xossasiga doir natijalardan Rossiya fan fondining 22-11-00064 (2022-2024) “Geosferalarda xotira xossasini hisobga olgan holda dinamik jarayonlarni modellashtirish” loyihasi doirasida konussimon tuzilmalarda akustika va to‘lqin dinamikasi masalalarini o‘rganishda konusning geometriyasi bo‘lgan sirtlarda tovushning maxsus tarzda yo‘nalishini tadqiq etishda foydalanilgan (Kosmofizik tadqiqotlar va radioto‘lqinlarning tarqalishi instituti 2025 yil 30 apreldagi № 194 raqamli ma’lumotnomasi, Rossiya). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi noregulyar konus uchidagi egrilik cheksizlikka intilgan yagona nuqtada differensial tenglamalar echimlarining maxsusliklarini aniqlash hamda tovushning maxsus tarzda yo‘nalishini tadqiq etish imkonini bergan.