Xomidov Ibrohimbek Olimjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “RDB dastgohlarida murakkab yuzali detallarga ishlov berish uchun adaptiv boshqaruv tizimni ishlab chiqish”,
 05.02.05 – «Mexanik va fizik-texnik ishlov berish texnologiyalari va jarayonlari. Stanoklar va asbob uskunalar» ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/T3126
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti xuzuridagi DSc.03/2025.27.12.T.02.04  raqamli Ilmiy Kengash.
Ilmiy rahbar: Mamadjonov Alisher Mamadjonovich   texnika fanlari doktori, professor                                          Rasmiy opponentlar: Xusanov Yunusali Yuldashovich  texnika fanlari doktori, dotsent , Toirov Murtozo Shavkidinovich.  texnika fanlari doktori, dotsent.  Yetakchi tashkilot: Andijon davlat texnika instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi RDB dastgohlarida murakkab yuzali detallarga ishlov berish uchun adaptiv boshqaruv tizimni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
RDB dastgohlari bilan ishlov berish jarayonidagi xatoliklarini kompleks ravishda aniqlash asosida eksperimental aniqlash va tahlil qilish metodikasi ishlab chiqilgan; 
murakkab yuzali detallarga RDB frezerlik dastgohida mexanik barmoq frezalarida ishlov berishda kelib chiqadigan xatoliklar kesish kuchlari, asbob elastik deformatsiyasi va issiqlik omillarining ta’siri asosida  matematik modeli  ishlab chiqilgan;
RDB  dastgoxida  adaptiv  boshqaruv  tizimining real vaqt rejimida ishlov berish parametrlari hosil  bo‘ladigan  tebranishlar xarakteriga moslashtirish asosida ishlab chiqilgan; 
murakkab yuzali detallarga RDB frezerlik dastgohlarida ishlov berish tezlik rejimlari keskich va detal yuzalarida hosil bo‘ladigan issiqlik qiymati asosida ishlab chiqilgan. 
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. RDB dastgohlarida murakkab yuzali detallarga ishlov berish uchun adaptiv boshqaruv tizimni ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
xatoliklarni  kamaytirish  algoritmi va dasturi «O‘zmetkombinat» AJ ga joriy qilingan («O‘ZMETKOMBINAT» AJ ning 1.11.2024 yildagi 01/05-01-01/1264-sonli ma’lumotnomasi). Natijada yuzaga keladigan xotoliklar 10-20% ga kamaygan;
murakkab yuzali detallarga RDB frezerlik dastgoxida barmok frezalarida ishlov berish texnologiyasi «O‘zmetkombinat» AJ ga  joriy  qilingan («O‘ZMETKOMBINAT» AJ ning   1.11.2024 yildagi 01/05-01-01/1264-sonli ma’lumotnomasi). Natijada yuza tekisligi 8-10% ga oshgan;
RDB  dastgoxda  adaptiv  boshqaruv  tizimi «O‘zmetkombinat» AJ ga  joriy  qilingan («O‘ZMETKOMBINAT» AJ ning 1.11.2024 yildagi 01/05-01-01/1264-sonli ma’lumotnomasi).  Natijada murakkab yuzalarga ishlov berish samaradorligi 12-14% ga oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish