Berdiev Amon Norkulovichning
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kichik o‘lchamli vilkali yuk ko‘tarish va tashish mashinasini takomillashtirish va parametrlarini asoslash” mavzusida 05.08.06 – “G‘ildirakli va gusenisali mashinalar va ularni ishlatish”. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/T5744
Ilmiy rahbar: Baxadirov Gayrat Ataxanovich texnika fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zR FA M.T.O‘rozboev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat texnika instituti, PhD.03/2025.27.12.T.18.01
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, professor Alimuxamedov Shavkat Pirmuxamedovich, texnika fanlari falsafa doktori, dotsent Baynazarov Xayrullo Rahimovich.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti.  
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sanoat tarmoqlari, logistik markazlar va omborxonalarning tor yo‘laklarida murakkab harakatlarni bajaradigan va turli xil vazndagi yuklarni tashishda turg‘unligi yuqori bo‘lgan kichik o‘lchamli VYKTMni takomillashtirish va parametrlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uch g‘ildirakli burilish usuli va gorizontal qismi harakatlanuvchi vilka qo‘llanilishi asosida amaldagi konstruksiyalarga nisbatan tor yo‘laklarda harakatlanish imkoniyati 25 % ga yaxshilangan hamda burilish radiusi 14 % ga kamaytirilgan kichik o‘lchamli VYKTMning takomillashtirilgan parametrlari asoslangan;
mashinaning old g‘ildiraklariga ta’sir etuvchi reaksiya kuchi amaldagi VYKTMsiga nisbatan o‘rtacha 40% ga kamayishi va orqa g‘ildiraklaridagi yuklanish o‘rtacha 3.6 barobarga ortishini ta’minlovchi kichik o‘lchamli VYKTM uchun gorizontal qismi harakatlanuvchi vilka konstruksiyasi hamda uning harakat matematik modeli ishlab chiqilgan;
yuk ko‘tarish mexanizmi(YKM) orqaga to‘liq surilganda to‘rtala g‘ildiraklarga tushuvchi og‘irlik kuchlarining deyarli teng taqsimlanishini aniqlash imkonini beruvchi kichik o‘lchamli VYKTMning qiya va tekis yuzalardagi harakatining dinamik hamda matematik modellari ishlab chiqilgan;
nazariy va tajriba tadqiqotlari natijasida kichik o‘lchamli VYKTMning minimal burilish radiusi, tor yo‘laklarda tashiladigan yuklarning eni (600–1600 mm) va uzunligi (800–1600 mm) o‘zgarishiga bog‘liq holda mashina harakati uchun zarur bo‘lgan yo‘lak eni amaldagi modellarga nisbatan 37 % ga kamayishi asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tor yo‘laklarda harakatlana oladigan, kichik burilish radiusiga ega kichik o‘lchamli VYKTMsining takomillashgan yangi konstruksiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida: 
VYKTMsiga O‘zR Adliya Vazirligi qoshidagi Intellektual Mulk Agentligidan foydali modelga patent olingan (№ UZ FAP 2547, 2024 y.). Natijada kichik o‘lchamli VYKTMsi amaliyotga joriy etilganda mashinaning funksionalligi va turg‘unligi ortishi bilan bir qatorda harakatlanayotgan yo‘lak enini kichraytirish imkonini bergan;
 kichik o‘lchamli VYKTMsining takomillashgan yangi konstruksiyasi Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi MChJ “ARTEL ELECTRONICS MANUFACTURING” omborxonasida joriy etilgan (“O‘zeltexsanoat” uyushmasining 2025 yil 7 avgustdagi 04-3/997-sonli ma’lumotnomasi). Natijada MChJ “ARTEL ELECTRONICS MANUFACTURING” omborxonasida mashina harakatlanadigan yo‘lak enini 30% ga kichrayishiga, yuk joylashtirish hajmini esa 20% oshirishga erishilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish