Jumanov Rustam Mahramqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Avtomobil bosh uzatmasi shesternyalarining, podshipniklarining eyilishbardoshliligini va rostlash davriyligini hisoblash uslubini ishlab chiqish”, 05.02.02 – Mexanizmlar va mashinalar nazariyasi. Mashinashunoslik va mashina detallari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T1677
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti xuzuridagi DSc.03/2025.27.12.T.02.04 raqamli Ilmiy Kengash.
Ilmiy rahbar: Mirzaev Qahramon Qarshiboevich texnika fanlari doktori, dotsent.
Rasmiy opponentlar: Kushimov Baxtiyor Alishovich texnika fanlari doktori, professor, Babashev Qutlimurod Aytmuratovich texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi avtomobil bosh uzatmasi detallarining eyilishi va ularning rostlash davriyligini konussimon shesternyalar juftligining va konussimon rolikli podshipnik elementlarining eyilishbardoshliligi asosida baholash uslubini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
rostlash chastotasi va asosiy tishli moyni almashtirish muddatini hisobga olgan holda bir ta’mirlash davri uchun konussimon tishli uzatmalar, rolikli podshipniklarning eskirishini aniqlash usuli agregat moyi tarkibidagi abraziv zarrachalarning miqdorini aniqlash asosida ishlab chiqilgan;
yuk avtomobilining asosiy uzatmalarini sozlashning optimal chastotasi uzatma detali materialining suyuq mihitda va havoda tebranish hosil qilish farqi asosida ishlab chiqilgan;
ishlov berishning oqilona chastotasi ishlov berilayotgan detal materialining tebranishda hosil qiladigan tebranishlar chastotasining qiymatlari asosida ishlab chiqilgan;
bosh uzatma dumalash podshipniklarining radial tirqishini baholash imkonini beruvchi uslub podshipnik diametri va tirqish diametri orasidagi farq qiymati asosida ishlab chiqilgan;
bosh uzatma tishli g‘ildirak namunalarini agregat moyidagi abraziv zarrachalarning miqdorini aniqlash usuli bosh uzatmaning bir me’yorda ishlashini uchun zarrachalarning miqdor chegara qiymatlari asosida ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Avtomobil bosh uzatmasi detallarining eyilishbardoshliligi va ularni rostlash davriyligini asoslash usulini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar asosida:
rostlash chastotasi va bosh uzatmadagi moyni almashtirish muddatini hisobga olgan holda bir ta’mirlash davri uchun konussimon tishli uzatmalar, rolikli podshipniklarning eskirishini aniqlash usulu “NKMK” AJning 7-sonli avtokorxonasida joriy etilgan (Navoiy kon-metallurgiya kombinati aksiyadorlik jamiyatining 2022-yil 4-noyabrdagi 23.01-01-07/731-son ma’lumotnomasi). Joriy qilish natijasida avtomobilning behuda turish vaqti 23-29% ga kamaygan;
yuk avtomobilining asosiy uzatmalarini sozlashning optimal chastotasi “NKMK” AJ ning 7-sonli avtokorxonasiga joriy qilingan (Navoiy kon-metallurgiya kombinati aksiyadorlik jamiyatining 2022 yil 4-noyabrdagi 23.01-01-07/731-son ma’lumotnomasi). Joriy qilish natijasida eskirgan konussimon rolikli podshipniklar va tishli uzatmalarni almashtirish uchun ehtiyot qismlar sarfini bitta kapital ta’mirlash davrida 17-22% ga kamaygan;
ishlov berishning oqilona chastotasi “NKMK” AJ 7-sonli avtokorxonada joriy etilgan (Navoyi kon-metallurgiya kombinati aksiyadorlik jamiyatining 2022 yil 4- noyabrdagi 23.01-01-07/731-son ma’lumotnomasi). Joriy qilish natijasida avtomashinalarning ish sharoitida eskirgan konussimon rolikli podshipniklari va tishli uzatmalarini almashtirish uchun ehtiyot qismlar sarfi 7-9% ga kamaygan.